Kiyim va poyabzalga bo4gan gigiyena talablari.
Odamning kiyimi va
poyabzali yil fasllariga mos b o 4lib, havoni yaxshi o 4tkazish xossasiga
ega b o iish i kerak. Sintetik m ateriallardan tikilgan kiyim, rezinadan
tay y o rlan g an p o y ab zalla r havo o 4tkazm aydi. Shuning uchun ter
bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug4lanmaydi. Buning oqibatida
ichki kiyim, paypoq xo4l bo 4lib, bola shamollab qolishiga sabab bo'ladi.
Shunga k o 4ra, ayniqsa O'zbekistonning issiq iqlim sharoitida sintetik
materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena
n u q ta i n a z a rid a n ta v siy a etilm ay d i. B unday m a te ria lla rd a n
tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat m ashg'ulot vaqtida
kiyish mumkin.
Issiq sharoitda yoz oylarida ip gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida
esa jun va boshqa tabiiy gazlam alardan tayyorlangan kiyim, charm
poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo4ladi.
Poshnasiz poyabzal (kalish, shippak, slans, keda, krassovka kabilar)ni
butun kun davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi, chunki yassioyoqlik
yuzaga kelishiga sabab b o'ladi. U larni qisqa vaqt kiyish mumkin.
Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassioyoqlik yuzaga
kelishiga sabab bo'ladi. O'quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyabzal
kiyishi natijasida ularning umurtqa pog4onasi va chanoq suyaklari egirlanib
qolishi va yaassioyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Qizlar poyabzalning
poshnasi enliroq, balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor poyabzal
oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun odam tez charchaydi,
qish vaqtida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo4ladi.
XVBOB.
0 ‘QUVCHI VA TALABALAR ORGANIZMINING
MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
X alq t a ’limi xodim lari oldida o 4quv-tarbiya ishlarining sifatini
ko4arish, o 4qitishning yuqori ilmiy darajasini t a ’minlash, m ehnatga
muhabbat uyg'otish, g'oyaviy va m a’naviy tarbiyani yaxshilash, estetik
va jismoniy barkamollikka erishish kabi vazifalar turibdi. Maktabning
258
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosiy vazifasi mehnat, t a ’lim-tarbiya va hunarga jalb etish ishlarini
tamoman yo'lga qo ‘yishni ta ’minlashdir.
0 ‘sayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishlarini ilmiy asosda to ‘g‘ri tashkil
qilish uchun har bir tibbiyot xodimi va pedagog bolalar hamda o ‘smirlar
organizmining rivojlanish xususiyatlarini mukammal bilmogi lozim.
Yuqorida keltirganimizdek, bolalar va o ‘smirlar organizmi kattalar
organizmidan anatomik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o ‘sishi va
rivojlanishi bilan farq qiladi.
0 ‘sish va rivojlanishga tashqi va ichki omillar katta ta ’sir ko4rsatadi.
M a ’lumki, har qaysi a ’zoning holati boshqa a ’zolarga muayyan
darajada ta ’sir ko'rsatib turadi. Chunonchi, nafas a ’zolarining bekamu
k o ‘st rivojlanishi yurak-tomirlar sistemasining vazifaviy holatiga, bu esa
o ‘z navbatida nafas a ’zolarining rivojlanishi va faoliyatiga ta ’sir qiladi.
A ’zolar yoki sistem alarning ch in iq ish ida ham xuddi shunday
aloqadorlik bor.
Bolaning sihat-salom at rivojlanishi uchun badan terisi va unga
aloqador a ’zolarning to ‘g‘ri ishlashi muhim aham iyatga ega. Badan
terisidagi k o ‘pdan-ko‘p retseptorlar organizinning tashqi muhit bilan
aloqa bog‘lab, shu muhitning o ‘zgarishlariga moslashishini ta ’minlab
turadi. Badan terisi himoya vazifasini ado etib, a ’zo va to^qimalarni
zararlanishdan saqlaydi, organizmga mikroblar, suv va unda erigan zaharli
moddalarning o4ishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Badanning ochiq va yopiq joylaridagi terining bakteritsid vazifasi
bolalarda, jumladan 7-9 yashar o ‘quvchilarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Bakteritsidlik indeksi (o'ldirilgan mikroblar soni) kuz va bahorda 85-81
foizni tashkil etsa, qishda 58 foizgacha pasayadi. Badan terisining
bakteritsidlik vazifasi organizmning immunologik reaktivligi holatini aks
ettiradi. Jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar va o'smirlarda
badan terisining bakteritsid vazifasi yilning ham m a fasllarida ham
tengdoshlariga qaraganda ancha past bo4ladi.
Retseptorlar organizmdagi issiqlikni idora etilishida ishtirok etadi, bu
chiniqishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida qayd qilganimizdek, badan
terisida ultrabinafsha nurlar ta ’sirida 7-8 degidroxolesterindan vitamin
D sintezlanadi, vitamin D kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvini idora
etishda qatnashadi.
Bolalarda teri m ugo'z qatlamining yuza hujayralari oson ko‘chib
tushadi. Bular 2-3 qator bo‘lib joylashgan va bir-biri bilan ancha sust
259
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog‘langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7 yashar bolada
ham katta odamlardagi kabi bo‘ladi. Yog' bezlari faoliyati 15-16 yoshga
borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga yetganda xuddi kattalarnikidek
bo4 lib qoladi, ter bezlari 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda kattalardagidan
ko 4ra ko‘proq bo'ladi, keyinchalik kamayadi.
Suyak to ‘qimasi shakllanib, asta-sekin to g ‘ay to 'q im asi o ‘rnini
to ‘ldirib boradi. B olalar suyak to ‘qim asida organik un su rlarn in g
ko ‘pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq vaqt zo‘r
kelib turganida yoki bola gavdasini noto‘g‘ri tutganda shakli o ‘zgaradi.
Skelet, ju m ladan, chanoqning ayrim suyaklari bir-biriga batam om
q o ‘shilm agan b o ‘ladi. 17-18 yoshga borgandan keyingina yonbosh,
quymich va qov suyaklari bir-biriga q o ‘shilib, yagona «nomsiz» suyakka
aylanadi.
K aft usti, y a ’ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina m a’lum
bo‘lib kelayotgan bo‘ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10-13 yoshga
yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham huddi shu vaqtga
kelib suyakka aylanib bo‘ladi.
Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o ‘rgatishda q o i
panjalarining shu xususiyatlarini hisobga olish zarur, ayniqsa o ‘qishning
birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo‘riqtirmaslik lozim.
Bolalarning muskul sistemasi suyak sistemasi bilan jipslashgan bo'lib,
bular odamning harakatlarini birgalikda ta ’minlab beradi. Badandagi
yirik m ushaklar, asosan orqa, yelka, son m ushaklari va boshqalar
hammadan ilgari rivojlanadi. 6-7 yashar bolalarda bular ancha yaxshi
rivojlangan, biroq m ayda m ushaklar, m asalan, o y o q -q o ‘l panjasi
m ushaklari hali uncha rivojlanm agan bo'ladi. Shu sababdan g o 'dak
bolalar yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish singari asosiy tabiiy harakatlarni
ancha kech
0
‘zlashtiradilar, mayda va aniq harakatlarni esa ancha qiynalib
bajaradilar.
9-12 yoshlarda bolalar turli muskul guruhlariga tushadigan yukni
mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg'unlashib, maromga
moslasha boradi.
Mushak sistemasi bola ulg'aygan sari rivojlanib boradi. Chunonchi,
chaqaloqda barcha mushaklar vazni tana vaznining 23% ini, 8 yashar
bolada 27% ini tashkil etadigan bo'lsa, 17-18 yoshda 43-44% ini tashkil
etadi. M ushaklar vazni ortib, shunga yarasha kuch ham k o ‘payadi,
natijada organizmning uzoq muddat ishlay olish qobiliyati ortadi. Shu
260
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan birga harakatlar tobora uyg4unlashib, murakkablashadi va tanani
boshqara olish ko'nikmasi hosil bo4ladi. Nainki, bolaning mushaklari,
balki markaziy nerv sistemasi ham rivojlanib harakat analizatorlarining
shaklanishiga bog4liq ravishda rivojlanadi.
Bolalarning yuqori nafas yo4llari kattalardagiga qaraganda ancha tor,
nafas a ’zolari to'qimalari nozik, shilliq pardalari qon va limfa tomirlar
bilan m o4l-ko4l ta ’minlangan, saiga jarohatlanadi. Nafas yo'llariga chang
va kasallik q o 4zg4atuvchi mikroorganizmlarning ko 4proq tushishi ham
shunga bog'liq. Burundagi yallig4lanish jarayonlari og4iz bilan nafas olish
tu fay li yuqum li k a sa llik la r q o 4z g 4atu v ch i m ik ro b la r va z a h a rli
moddalarning organizmga tushishi uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Natijada, bola bronxit yoki zotiljam bilan og4rib qolishi mumkin.
O 'pk a bir necha rivojlanish bosqichini o'taydi. Bolalar o 4pkasida
interstitsial to 4qima m o4l-ko4l, limfa tomirlari va retseptorlar bronxiolalar
k o 4p bo 4lganligidan bolalarda yallig'lanish jarayonlari k o4p uchraydi.
Shu sababdan, bolalar muassasalarida havo doimo toza bo4lishi shart,
buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, xo4l latta bilan artib
turish zarur. Bolalarni burundan chuqur va bir maromda nafas olishga
o 4rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yoshgacha zo4r berib o'sadi, 7 yoshdan
10 yoshgacha yurak o 4lchovlari va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana
shu davrda yurakning tayanch to 4qimasi obdon shakllanib, markaziy va
periferik nerv sistem asi yaxshigina rivojlanadi. 7 yashar bolaning
arteriyalari k a tta kishilar tom iridan ancha keng b o 4ladi, a rte ria l
bosimning birmuncha past bo 4lishi R shunga bog4liq.
Hujayralarga daqiqa sayin yetkazib turiladigan qon miqdori kislorod
ehtiyojiga mos kelishi kerak. Yurak har safar qisqarganda arteriyalarga
otilib chiqadigan qon miqdori bolada k atta odam dagiga qaraganda
kam roq bo'ladi. Shu sababli bola yuragi katta yoshli odam yuragiga
qaraganda har daqiqada ko'proq qisqaradi.
K ichik m a k tab yoshidagi b o la la rd a y u rak q isq a rish la ri soni
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga qaraganda turg4un bo4ladi.
Biroq, keskin harakatlar, turli his-hayajonlarda kichik maktab yoshidagi
bolalarda yurak qisqarishlari soni ancha ortadi.
12-15 yoshda yurak vazni tez o 4sadi. 15 yoshga borganda yurak vazni
dastlabki vazniga qaraganda 15 baravar ortadi, yurak hajmi tomirlar
yo4liga uncha mos kelmaydi, chunki tomirlar yurak hajmiga nisbatan
sekinroq rivojlanadi. Bunday rivojlanish qon aylanishini bir qadar
261
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiyinlashtirib qo4yadi, binobarin, mushak faoliyati ortganda qon bosimi
saiga ko4tariladi.
O 'sm irlar yuragi ortiqcha q o 4zg4aluvchan bo'lganidan, jism oniy
mashqlar va jismoniy mehnat qilganda ehtiyot bo4lishi kerak.
Oq qon ta n a ch alari organizm da yuqum li k asallik larg a qarsh i
kurashishda zo4r himoya vazifasini ado etadi. Bolazo4r berib o 4sayotganda
qon yaratish a ’zolari zo4riqib ishlaydigan va tashqi muhitning noxush
t a ’sirotlariga juda sezgir bo'ladi. Bolalarning ochiq havoda yetarli
b o 4lmasligi, haddan tashqari zo 4riqishi va gigiyena talablarining biror
tarzda buzilishi, aksari kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun’iy
nurlardan noto‘g‘ri foydalanish bola organizmiga, jumladan, ko‘migiga
yomon ta ’sir ko4rsatadi, natijada ko 4mik yetilmagan qon tanachalarini
ko4plab ishlab chiqara boshlaydi.
Bolaning o 4sib-unib borishi ko 4p jihatdan hazm a ’zolari ishiga bog4liq.
6-7 yashar bolalarda sut tishlari tushib, o ‘rniga doimiy tishlar chiqa
boshlaydi. Avval 4 ta katta ja g 4 tishi chiqadi, keyin sut tishlari qaysi
tartibda chiqqan bo4lsa, huddi shunday tartibda tushadi va o ‘rniga doimiy
tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qatlami bolalarda kattalardagiga
q a ra g a n d a birm u n ch a k a tta b o 4ladi. Shunga k o 4ra, tish la rn i
zararlanishdan asrash uchun tish parvarishi qoidalariga bekamu k o 4st
rioya qilish kerak. Bolalarning qizilo4ngachi kattalarnikiga qaraganda
kaltaroq va torroq, saiga chaqalanadi, nozik shilliq parda bilan qoplangan
b o 4ladi. Elastik to 4qima ham b o 4ladi. Shuning uchun ham ovqatni
yaxshilab chaynab yutish zarur.
M e’da hayotning birinchi yillarida ancha tez o 4ssa, keyingi o 4n yil
davomida o 4sishi birmuncha sekinlashadi. Bolalarda m e’da shirasidagi
kislotalar va hazm qiluvchi fermentlar miqdori ancha kam, shuning uchun
u ovqatni oz-ozdan, tez-tez yeb turishi kerak.
O'sm irlik davrida qalqonsimon bez bilan jinsiy bezlar faoliyatida
chuqur o 4zgarishlar sodir b o 4ladi, shu tufayli bosh miya katta yarim
sharlari p o‘stlog4i qo4zg4aluvchanligi o 4zgaradi.
7 yashar bolada hamma sezgi a ’zolari yaxshi rivojlangan bo'ladi, biroq,
b a’zilari, jumladan, ko4z o 4ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko4rish uchun ko4zni
m a ’lum bir tarzda moslashtirish zarur. K o 4zning ana shu xususiyati
akkom odatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya k o 4z gavhari shaklining
o 4zgarishiga bog4liq, odam yaqinda turgan narsalarga qaraganda ko4z
262
www.ziyouz.com kutubxonasi
gavhari bo4rtsa, uzoqda turgan narsalarni ko 4rganida aksincha yassilanadi.
Ko'zning turli masofalardagi narsalarni ko‘rishga moslashish xususiyati
yosh ulg‘aygan sari o'zgarib boradi. Bolalarda ko4z gavhari ancha elastik
bo'lganidan o 4z shaklini tez o'zgartirib oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa maktabda o'qishni
endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kesish va ularni
yopishtirish, yozish va o 4qishga tobora ko ‘proq vaqtlarini sarflaydilar.
M a s h g 'u lo tla r p ay tid a b o sh larin i ancha en gashtirib ishlay dilar.
M ashg4ulotlar uzoq davom etganda k o 4z pardasidan qonning aylanib
o'tishi qiyinlashadi, shunga k o 4ra k o 4z ichki bosimi ortib, lco'zning
oldingi-orqa o 4qi asta-sekin uzayib boradi.
Shunday qilib, bolalar muassasalarida, maktab, litsey va kollejlarda
o'tkaziladigan ta ’lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos anatomik-fiziologik
xususiyatlarni va gigiyena talablarini hisobga olmasdan uyushtirilsa, bu
uning organizm rivojlanishida turli salbiy o 4zgarishlar yuzaga kelishi
mumkin.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |