Bolalar va o ‘smirlarning ovqatlanish tartibi
va uni tashkil etish
Bolalar ovqatlanishining asosiy gigiyenik talablari qondirilishi lozim,
chunki shundagina ular yaxshi o ‘sadi va turli kasalliklardan saqlanadi.
T o 4yimli ovqat organizmni unga zarur b o 4lgan oziq m oddalar bilan
ta ’minlashi uchun zarur. Z arur oziq m oddalar tarkibiga oqsil, yog4,
karbonsuv, vitaminlar, mineral moddalar va suv kiradi. Ovqat o 4z vaqtiga
qarab kunda rejasi bilan iste’mol qilinishi kerak.
Yeyilgan ovqat organizm uchun zarur bo4lgan kuch - energiyani to 4la
qondirishi zarur. Ovqat ratsioni to 4 la balanslangan bo4lishi va bola uni
oson hazm qila olishi lozim.
U lg4ayish davrlarida ovqatlanish tartibi bir necha m arta o 4zgaradi
(og4iz suti, k o 4krak bilan emizish, q o 4shimcha ovqat berish, asta-sekin
aralash ovqatlantirishga o 4tish).
Ayniqsa bu qoidaga bolaning maktabgacha va maktabdagi davrlarida
e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Nozik va sog4ligida o 4zgarishlar
bo4lgan bolalarni individual tartibda ovqatlantirish zarur. Shuningdek,
individual tartibda ovqatlantirish sport bilan shug4ullanayotgan bolalar
va o 4sm irlar uchun ham m uhim aham iyat kasb etadi. O 'tkazilgan
tajribalar natijasi oqsil, vitamin, karbonsuvlar, yog4 va mineral moddalar
almashinuvi turli yoshdagi bolalar organizmi sarflagan energiyani qoplash
uchun zarurligini k o 4rsatadi. Bu esa o 4z o 4rnida bolalar ovqatlanishini
tashkil etishda asos bo4lib xizmat qiladi.
208
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ovqatning sifat miqdori va kuchlilik ahamiyati
M uvozanatlangan ratsion tuzishning katta amaliy ahamiyati bor.
Ovqat ratsioni tuzishning 4 asosiy qoidasi mavjud:
1. Muayyan odamning bir kecha-kunduzlik ratsioni kaloriyaliligi bilan
uning energiya sarfiga muvofiq kelishi kerak.
2. Ratsiondagi oqsillar, yog4lar va uglevodlar miqdori loaqal minimal
(eng kam) ehtiyojga mos kelishi kerak.
3. Ratsiondagi vitaminlar, tuzlar va mikroelementlar miqdori minimal
ehtiyojlarga mos kelishi kerak.
4. Ratsiondagi vitaminlar, tuzlar va mikroelementlar miqdori toksinli
darajadan past bo4lishi kerak.
Muvozanatlangan ovqatlanishda ovqatning almashtirib bo4lmaydigan
oziq moddalarga asosiy e’tibor beriladi, ular organizmning o 4zida sintez
qilinmaydi va unga ovqat bilan birga zarur miqdorda kirishi lozim. Ov
qatning bunday tarkibiy qismlariga almashtirib bo4lmaydigan aminokislotalar
va yog4 kislotalar, vitaminlar, ko4p mineral moddalar va suv kiradi. Sog‘lom
odam uchun ratsionda oqsillar, yog4lar va uglevodlarning eng m a’qul nisbati
1:1:4 ga yaqin nisbat hisoblanadi. Ovqat ratsionini belgilashda oqsillar bir
kecha-kunduzlik kaloriyalilikning 15% ni tashkil qilishi kerak, jumladan,
uning yarmi hay von oqsili, yog‘lar - 30% va uglevodlar - 55% bo‘lishi kerak.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 1:1:6, ilk go4dak yoshidagi bolalar
uchun 1:2:3 nisbat eng yaxshi hisoblanadi.
Oziq moddalarning tavsiya etilgan nisbati bir oz o 4zgarganda jiddiy
buzilish yuz bermaydi. Yog4lar va uglevodlar kaloriyasi jihatidan bir-
birining о 4mini bosishi mumkin.
Ovqatning kaloriyasi energiya sarfiga mos kelmagan taqdirda tananing
vazni kamayib boradi, turli kasalliklarga chidamlilik, ish qobiliyati
pasayadi yoki odam semirib ketadi, natijada ovqat hazm qilish organlari,
jigar, me’da osti bezi kasalliklari paydo bo4ladi, yurak muskuli zaiflashadi
ateroskleroz kuzatiladi. Semiz odamlar normal odamlarga qaraganda 5-
12 yil kam umr ko4rishi aniqlangan. Oziq moddalar nisbati buzilganda
ham organizmdagi jarayonlar izdan chiqadi. Yoshlikda yetarli (to4yib)
ovqatlanm aslik o 4sishdan, jism oniy va ruhiy rivojlanishdan orqada
qolishga sabab bo4ladi.
Kaloriyalilikni energiya sarfi bilan muvofiqlashtirish uchun ovqatning
kaloriyasini bilish zarur. Barcha oziq-ovqat m ahsulotlari kaloriyasi
209
www.ziyouz.com kutubxonasi
jihatidan
4
guruhga b o ‘linadi: 1) kaloriyasi eng yuqori - 400 dan 900
kkal gacha bo‘lgan mahsulotlar; 2) kaloriyasi yuqori mahsulotlar - 250
dan 400 kkal gacha; 3) kaloriyali mahsulotlar - 100 dan 250 kkal gacha;
4) kam kaloriyali mahsulotlar - 100 kkal gacha.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |