Fyodor Dostoyevskiy


https://telegram.me/e_kutubxona



Download 400,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/50
Sana18.07.2021
Hajmi400,53 Kb.
#122487
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
Ma’suma

 

https://telegram.me/e_kutubxona

 

33 


Xuddi  o‘chakishganday  o‘sha  paytda  singlimning  eri  Moskvadagi 

shinamgina  mulkimizni,  jumladan,  undagi  mening  ozgina  ulushimni  ham 

butkul sovurib yubordi: men bir  chaqasiz, ko‘chada qoldim. Men xususiy 

xizmatga  yollanishim  mumkin  edi,  xohlamadim,  ofitserlar  libosini  yechib 

qandaydir  temir  yo‘lga  borishni  o‘zimga  or  bildim.  Uyat  bo‘lsa  –  uyat, 

sharmandalik  bo‘lsa  –  sharmandalik,  tushkunlik  bo‘lsa  –  tushkunlik-da, 

qancha  battar  bo‘lsa,  shuncha  yaxshi  dedim.  Mana  shu  battarini 

tanlaganimdan  keyingi  uch  yildan  faqat  qayg‘uli  xotiralar  qolgan,  buning 

ichida  Vyazemskiyning  uyi  xam  bor  edi.  Bir  yarim  yil  muqaddam 

Moskvada  badavlat  kampir  –  cho‘qintirgan  onam  vafot  etishidan  oldin, 

sira  kutilmaganda  boshqa  merosxo‘rlar  qatorida  menga  ham  uch  ming 

so‘m  vasiyat  qildi.  Men  tanamga  o‘ylab  ko‘rib,  o‘shandayoq  yozug‘imni 

belgiladim.  Odamlardan  tilanchilik  qilib  yurmay,  garov  kassasi  ochishga 

ahd  qildim.  Pul  bo‘lsa  bor,  rejam  –  bir  burchakni  ijaraga  olib  –  eski 

xotiralardan  yiroqda  yangi  hayot  boshlash  edi.  Qolaversa,  qayg‘uli 

o‘tmishim butunlay barbod bo‘lgan nomus-orim meni har daqiqa har soat 

iskanjaga  olib  turardi.  Shunday  ahvolda  uylandim.  Bu  tasodifmi,  yo‘qmi 

bilmayman.  Ammo  uni  uyga  boshlab  kirayotganimda,  do‘stni  olib 

kiryapman  deb  o‘ylovdim.  Chunki  chin  do‘stga  juda-juda  zor  edim.  Biroq 

men  bu  do‘stni  hali  ma’nan  tayyorlash,  shakllantirish,  hali  mag‘lub  etish 

lozimligini  aniq-ravshan  bilgan  edim.  O‘n  olti  yoshli  qizga,  noto‘g‘ri 

fikrlarga  ko‘milib  yotgan  go‘dakka  bularning  hammasini  birdaniga 

tushuntirish  mumkinmidi?  Yo‘q!  Aytaylik,  to‘pponcha  bilan  bog‘liq  o‘sha 

halokatli,  tasodifiy  voqea  bo‘lmaganda  o‘zimning  qo‘rqoq  emasligimga, 

polkdoshlarim  qo‘rqoq,  deb  nohaq  ayblashganiga  qanday  ishontira 

olardim.  Baxtimga  o‘sha  halokat  aynan  vaqtida  yuz  berdi.  To‘pponchaga 

chakkamni  xotirjam  tutib,  butkul  zulmat  o‘tmishimdan  qasos  oldim. 

Bundan  hech  kim  xabar  topmasa-da,  u  bildi,  menga  shunisi  kerak  edi, 

chunki  u  mening  borlig‘im,  orzuimdagi  kelajagimning  bor  umidi  edi. 

Menga  undan  boshqaning  keragi  yo‘q,  zero,  u  kelajagim  uchun 

tayyorlanayotgan yagona odam edi. Uning bor haqiqatdan xabar topishi, 

hech  bo‘lmaganda  g‘animlar  safiga  barvaqt,  nohaq  o‘tganini  bilishi  men 





Download 400,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish