Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana29.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#75864
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
jismoniy sifatlar va ularning yosh futbolchilarda rivojlantirish hususiyatl

Harakatlantiruvchi  reaktsiya  tezkorligini  tarbiyalash  metodikasi.  Oddiy 

reaktsiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatlantiruvchi reaktsiya tezligi ta'sirga javob 

berishning latent vaqti bilan belgilanadi. Reaktsiyalar oddiy va murakkab bo’ladi. 

Oddiy  reaktsiya  oldindan  ma'lum  bo’lgan  (to’satdan  paydo  bo’ladigan)  signalga 

ilgaridan  ma'lum  bo’lgan  harakat  bilan  javob  berishdir.  Bunga  yugurishda  start 

olish,  pistoletdan  siluetlarga  qarab  tezkor  otish  va  boshqaar  misol  bo’la  oladi. 

Reaktsiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaktsiyalardir. 

Harakatlantiruvchi  reaktsiyaning  tezkorligi  katta  amaliy  ahamiyatga  ega. 

Hayotda  biror  bir  signalga  daqimal  vaqt  ichida  javob  berish  talab  qilinadigan 

hodisalar  tez-tez  uchrab  turadi.  Masalan,  hozirgi  zamon  texnikasi  ko’pchilik 

hollarda tez reaktsiya bo’lishiga yuqori talablar qo’yadi. 

Tezkorlikning  juda  ko’p  o’tishi  (boshqa  biror  harakatga  o’tishi)  oddiy 

reaktsiyalar  uchun  xarakterlidir:  ayrim  vaziyatlarda  tezda  biror  qarorga  keluvchi 

kishilar  boshqa  sharoitlarda  ham  tezroq  biror  fikrga  keladilar.  Tez  bajariladigan 

xilma-xil  mashqlar  bilan  shug’ullannsh  oddiy  reaktsiya  tezkorligini  yaxshilaydi. 

Biroq  teskari  yo’nalishda  ko’chish  sodir  bo’lmaydi:  reaktsiya  tezkorligiga  doir 

mashqlar amalda harakatlarning tezligiga ta'sir etmaydi. 

Harakatlantiruvchi  reaktsiya  tezkorligini  anchagina  yaxshilash  g’oyat 

murakkab vazifadir. 

Aslida  gap  sekundning  yuzdan,  ba'zida  esa  o’ndan  bir  bo’lagini  yutish 

to’g’risida  bormoqda.  Ko’rib  harakat  qilish  reaktsiyasi  vaqti  sport  bilan 

shug’ullanmaydigan kishilarda o’rtacha 0,25 sek. ga teng bo’lib, 0,25 sek. dan 0,35 




 

33 


sek.  o’rtasida  o’zgarib  turadi.  Sportchilarda  bu  vaqt  kamroq  —  0,15—0,20  sek., 

ba'zilarda esa 0,10—0,12 sek. ga teng. Tovush signaliga reaktsiya ko’rsatish vaqti 

odatda  birmuncha  kamroq  bo’ladi:  mashq  qilmagan  kishilarda  taxdaqan  0,17—

0,27; xalqaro toifadagi ba'zi bir sprinterlarda esa 0,05—0,07 sek. ga teng (Leuvil). 

Ko’p  hollarda  (masalan,  faqat  umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  mashg’ulotlarida) 

harakat  reaktsiyasi  tezkorligining  rivojlanishiga  maxsus  mashqlar  orqali  ta'sir 

etishning  zarurati  qolmaydi,  bunda  tezkorlik  reaktsiyasi  tezlik  mashqlariga  doir 

mashg’ulotlardan  ko’chgani  hisobiga  yaxshilanishining  o’zi  yetarli  bo’ladi.  Bu 

ma'noda  xilma-xil  harakatli  o’yinlar  va  sport  o’yinlari  (bular  orasida  basketbol 

alohida ahamiyatga ega) ayniqsa qimmatlidir. 

Oddiy reaktsiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha metodlardan foydalaniladi. 

Bulardan  eng  ko’p  tarqalgani  to’satdan  paydo  bo’ladigan  signalga  yoki  tevarak-

atrofdagi  vaziyatning  o’zgarishiga  qayta,  mumkin  qadar  tezroq,  reaktsiya 

ko’rsatish  metodidir.  Misollar:  yugurishda  past  start  olishni  qayta  bajarish, 

o’qituvchining  signaliga  binoan  harakat  yo’nalishini  o’zgartirish,  boksda 

raqibining  avvaldan  ma'lum  bo’lgan  hujum  zarbiga  javoban  himoyalanish  va 

hokazo.  Bu  metod  yangi  shug’ullanuvchilar  bilan  o’tkaziladigan  mashg’ulotlarda 

tez  orada  ijobiy  natijalar  ko’rsatadi.  Afsuski,  shundan  keyin  reaktsiya  tezkorligi 

stabillashib qoladi va uning yaxshilanishi ancha qiyin bo’ladi. 

Reaktsiya 

tezkorligi 

katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  hollarda  uni 

takomillashtirish  uchun  maxsus  metodikalardan  foydalaniladi. Bu  metodikalardan 

biri — analitik yondashish metodikasi — resaktsiya tezkorligini yengillashtirilgan 

sharoitlarda  va  undan  keyingi  harakat  tezligini  ayrim-ayrim  takomillashtirishdan 

iboratdir.  Masalan,  yengil  atletika  yugurishlarida  past  startdagi  reaktsiya  vaqti 

boshlang’ich  harakatni  bajarish  qiyin  bo’lganligi  uchun  birmuncha  cho’zilib 

ketadi.  Chunki  sprinterning  qo’liga  anchagina  og’irlik  (bosim)  ta'sir  qiladi,  shu 

sababli  uni  tayanchdan  tez  olish  ancha  qiyin.  Bunday  vaqtlarda  start  signaliga 

binoan qilinadigan harakatlardagi reaktsiya tezkorligini oshirish yuzasidan alohida 

(masalan, qo’llarni biror bir buyumga tirab turib, yuqori start olgan holatda) hamda 



 

34 


start  signalisiz  boshlang’ich  harakat  tezligini  oshirish  yuzasidan  alohida  mashq  

qilish foydalidir. Bunday analitik yondashish yaxshi natijalar beradi. 

Boshqa  metodika  —  uni  shartli  ravishda  «sensomotor  metodika»  deb 

ataymiz—reaktsiya  tezkorligi  bilan  sekundning  o’ndan  bir  va  hatto  yuzdan  bir 

bo’lagigacha qisqa muddatli intervallarni farq qila bilish qobiliyatining mustahkam 

aloqasiga  asoslangan.Vaqt  mikrointervallarini  yaxshi  idrok  qiluvchi  kishilarda 

odatda  reaktsiya  tezkorligi  yuqori  bo’ladi.  Bu  holda  metodika  vaqtni  juda  aniq 

idrok  qilish  qobiliyatini  o’stirishga  va  buning  yordamida  reaktsiya  tezkorligini 

oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak. 

Mashq uch bosqichda olib boriladi: 

-  Birinchi  bosqichda  shug’ullanuvchilar  signalga  maksimal  tezlikda  reaktsiya 

ko’rsatishga  intilib  harakat  qiladilar  (masalan,  startdan  5  m  gacha  otilib  borish). 

har  bir  urinishdan  so’ng  o’qituvchi  shug’ullanuvchiga  uning  ko’rsatgan  vaqtini 

ma'lum qiladi. 

-  Ikkinchi  bosqichda  ham  reaktsiya  va  undan  keyingi  harakatlar  eng  katta 

tezlikda  bajariladi.  Lekin  bu  gal  o’qituvchi  o’quvchidan  uning  fikricha  harakatni 

qancha vaqtda bajarganligini so’raydi. Shundan so’ng unga mashqni bajarishdagi 

haqiqiy  vaqt  ma'lum  qilinadi.  Mashqni  bajarishdagi  haqiqiy  vaqt  bilan  o’zi  his 

qilgan vaqtni doimo taqqoslab borish vaqtni aniq idrok qilishni takomillashtiradi. 

-  Uchinchi  bosqichda  shug’ullanuvchiga  topshiriqlarni  oldindan  belgilangan 

xilma-xil tezlikda bajarish tavsiya etiladi. Natijada u reaktsiya tezkorligini bemalol 

boshqarishga o’rganadi. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish