Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana29.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#75864
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
jismoniy sifatlar va ularning yosh futbolchilarda rivojlantirish hususiyatl

Harakat  tezkorligini  tarbiyalash  metodikasi.  Metodika  asoslari.  Harakatlar 

tezkorligini  tarbiyalash  protsessida  organizmning  harakat  faoliyati  xilma-xil 

turlaridagi  (bevosita  amaliy  va  sport  faoliyatidagi)  tezlik  xarakteristikasini 

belgilovchi funktsional imkoniyatlarini har tomonlama oshirib borish zarur. Inson 

biror bir faoliyatda namoyon qilishi mumkin bo’lgan maksimal tezlik, shu kishida 

faqat  tezkorlik  qanchalik  rivojlanganligiga  emas,  balki  bir  qator  faktorlarga  — 

dinamik  kuchning,  chaqqonlikning,  texnikani  egallaganlikning  darajasiga  va 

boshqalarga bog’liq. Shuning uchun harakat tezligini tarbiyalash boshqa jismoniy 

fazilatlarni tarbiyalash hamda texnikani takomillashtirish bilan mustahkam bog’liq 

bo’lishi kerak. 




 

37 


Maksimal  tezlikda  bajarish  mumkin  bo’lgan  mashqlardan  (bularni  odatda 

tezkor  mashqlar  deb  ataydilar)  tezkorlikni  tarbiyalash  vositasi  sifatida 

foydalaniladi. Ular kam deganda uch talabni qanoatlantirishi kerak: 

1) texnika mashqni juda tez bajarishga imkon beradigan darajada bo’lishi kerak   

(shuning  uchun  ko’pgina  gimnastik  mashqlar,  yurish  va  boshqalar  uncha  yaroqli 

emas); 


2)  mashqlar  harakat    vaqtida    asosiy  irodaviy    zo’r  berish  mashqni  bajarish 

usuliga  emas,  balki  ularni  bajarish  tezligiga  qaratilishi  uchun  mumkin  darajada 

yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerak; 

3)  mashqlarning  davomiyligi  ularni    bajarish  oxirida  charchash  tufayli  tezlik 

kamayib  ketmaydigan  bo’lishi  kerak.  Tezkor  mashqlarni  bajarish  maksimal 

quvvatli  ishlar  toifasidan  bo’lib,  malakali  sportchilar  bunday  mashqni  bajarishga 

20—22  sek.  sarflaydilar  (unchalik  tayyorgarlik  ko’rmagan  kishilarda  esa  bu  vaqt 

bundan ham kam bo’ladi). 

 Tezkorlikni  tarbiyalash  metodlari  ichida  takroriy  mashq  metodi  keng 

qo’llaniladi.  Bundagi  asosiy  tendentsiya  mashg’ulotda  o’z  maksimal  tezligini 

oshirib borishga intilishdir. Metodning barcha xususiyatlari (masofaning uzunligi, 

bajarish  intensivligi,  dam  olish  intervallari,  takrorlash  soni  va  boshqaar)  shunga 

bo’ysundirilgan. Masofaning uzunligi (yoki mashqning qancha davom etishi) har 

galgi mashq bajarish oxirida siljish tezligi (ishning intensivlpigi) kamaymaydigan 

qilib tanlanadn. Harakatlar maksimal tezlikda bajariladi; shug’ullanuvchilar har gal 

o’zlari  uchun  eng  yaxshi  natija  ko’rsatishga  intiladilar.  Mashqni  bajarish  gallari 

o’rtasidagi dam olish intervallari kuchning nisbatan to’la tiklanishini ta'qiqlaydigan 

darajada katta bo’lishi lozim. Harakatlarning tezligi takrorlashlar o’rtasida sezilarli 

darajada kamaya bormasligi kerak. 

Shunday  qilib,  dam  olish  intervallari,  bir  tomondan,  markaziy  nerv 

sistemasining  qo’zg’aluvchanligi  unchalik  pasayishga  ulgurmaydigan  darajada 

qisqa,  ikkinchi  tomondan  vegetativ  funktsiyalar  ko’rsatgichi  ozmi-ko’pmi  to’la 

tiklanadigan  darajada  uzoq  muddatli  bo’lishi  kerak.  Shunday  bo’lishi  mumkin 

ekan,  chunki  ishdan  keyingi  davrdagi  tiklanish  protsesslari  bir  tekisda  bo’lmas 




 

38 


ekan,  chunki  ish  tugagan  zahoti  tiklanish  juda  tez  bo’lib,  keyin  esa  sekinlashar 

ekan.  Tiklanish  davrining  boshlang’ich  uchdan  bir  qismiga  tiklanishning  70%, 

ikkinchi  uchdan  bir  qismiga—25%,  uchinchisiga  esa  5%  to’g’ri  keladi,  deb 

hisoblash  mumkin.  Shuning  uchun,  masalan,  100  m  ga  yugurgandan  keyin 

tiklanishga  1'2  daq.  ketsa,  8  daqutdan  keyin  sportchining  ish  qobiliyati  95% 

tiklangan bo’ladi, bu esa 100 m ga keyingi yugurishni amalda tezlik pasaymasdan 

boshlashga  imkon  beradi.  Takrorlash  o’rtasidagi  intervallarda  faol  dam  olishdan 

foydalanish  kerak  —  bu  markaziy  nerv  sistemasining  yetarlicha  qo’zg’aluvchan 

holatda  bo’lishiga  imkon  beradi.  Faol  dam  olish  uchun  asosiy  mashqda  ishtirok 

etadigan  muskul  guruhlari  ishlaydigan,  lekin  intensivligi  kamroq  mashqlarni 

bajarish  tavsiya  qilinadi.  Bu  holda  afferen  impulsatsiyalarning  doimiy  oqimi 

mazkur harakatdagi asosiy yuklama to’g’ri keladigan harakat nerv markazlarining 

yuqori  darajada  qo’zg’aluvchan  bo’lib  turishini  ta'daqlaydi.  Masalan,  yugurishda 

dam  olishlar  bamaylixotir  yurish  yoki  bemalol  sekin  yugurishdan,  suzishda  esa, 

suvdan chiqmay sekin-asta harakatlar qilishdan iborat bo’lishi kerak. 

Tez bajariladigan mashqlarning takrorlanishida to’la tiklanish uchun dam olish 

intervallarining  yetarli  bo’lmaganligi  sababli  charchash  nisbatan  tez  boshlanadi, 

tashqi tomondan bu tezlikning pasayganligida ifodalanadi. Tezlikning bu pasayishi 

mazkur  mashg’ulotda  tezkorlikni  tarbiyalashni  to’xtatish  uchun  birinchi  signal 

bo’lib  xizmat  qiladi:  bundan  keyin  mashqni  takrorlash  faqat  chidamlilikning 

o’sishiga yordam beradi, xolos. 

Tezkorlik  yuksak  daraja  namoyon  bo’lishning  muhim  sharti  markaziy  nerv 

sistemasi  qo’zg’aluvchanligining  optimal  holatidir.  Bunga  shug’ullanuvchilar 

oldingi faoliyat davomida charchamagan bo’lsalargina erishishi mumkin. Shuning 

uchun  tezkor  mashqlar  mashg’ulotning  boshrog’ida  bajariladi;  mashg’ulotlar 

sistemasida  esa  bu  mashqlarni  asosan  dam  olish  kunidan  keyingi  birinchi  yoki 

ikkinchi kunga rejalashtiradilar. 

Tezkorlikning  namoyon  bo’lishi  uchun  mashg’ulotlarda  o’yin  va  ayniqsa 

musobaqa  metodidan  foydalanish  katta  ahamiyatga  ega.  Musobaqalar  odatda 



 

39 


ko’tarinki ruh paydo qiladi, kishini anchagina zo’r berishga majbur etadi — bu esa 

ko’p hollarda sport natijalarining yaxshilanishiga olib keladi.  

Harakatlar  tezligining  stabillashuvi  va  unga  qarshi  ko’rash  yo’llari.  Bayon 

qilingan  metodikaning  ichki  jihatdan  qarama-qarshiligi  bor.  Bir  tomondan,  biror 

bir  harakatdagi  tezlikni  oshirish  uchun,  uni  ko’p  marta  takrorlash  kerak,  ikkinchi 

tomondan, ko’p marta takrorlash shu harakatda dinamik steriotip hosil bo’lishiga 

olib  keladi  va  buning  natijasida  harakat  parametrlari  stabillashib  qoladi.  Bunda 

harakatning  faqat  makon  xarakteristikalarigina  emas,  balki  vaqt  xarakteristikalari 

ham — tezlik va chastota ham stabillashadi. «Tezlik to’sig’i» deb ataladigan holat 

paydo bo’ladi (R.I.Nurimov). 

Tezlikning  stabillashuvi  tezkor  imkoniyatlarning  ancha  ortishiga  xalaqit 

beruvchi  asosiy  sababdir.  Sport  bilan  yangi  shug’ullanuvchi  va  yuqori  malakali 

sportchilarda buning oldini olish yo’llari boshqa-boshqadir. 

Yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda bunday yo’l bir 

necha  yillar  mobaynida  umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  bilan  shug’ullangandan 

so’nggina sportning biror turida kechroq ixtisoslashishdan iboratdir. 

Yangi shug’ullanuvchilar bilan ishlashning asosiy vazifasi sportchini biror bir 

alohida  mashqni  bajarishda  ixtisoslashtirmay,  balki  boshqa  vositalarni  qo’llab  va 

ularni  ko’p  jihatdan  o’zgartira  borib,  nisbatan  yuqori  natijalarga  erishishdan 

iboratdir. Bunda tezkorlik mashqlardan standart, o’zgartirmagan holda emas, balki 

variativ,  o’zgaruvchan  sharoit  va  formalarda  foydalanish  kerak.  Jumladan, 

harakatli o’yinlar va sport o’yinlari, ochiq joyda bajariladigan mashq va hokazolar 

ayniqsa foydalidir. 

Malakali  sportchilar  trenirovkasida  keyingi  yillarda  ixtisoslashayotgan  mashq 

turidagi ishlar hajdaqi kamaytirib, tezkor-kuchlilik va boshqa umumiy tayyorgarlik 

hamda  maxsus  tayyorgarlik  mashqlarini  ko’paytirish  tendentsiyasi  bor.  Masalan, 

balandlikka sakrash bo’yicha peshqadam sportchilar trenirovkasida rejaka ustidan 

sakrash  barcha  sakrashlarning  12—15  protsentini  tashkil  etadi  (Sh.T.Iseev 

ma'lumotlariga ko’ra). Asosiy vaqt shtanga bilan qilinadigan mashqlarga va xilma-

xil  (standart  bo’lmagan)  sakrashlarga  ketadi.  Shu  yo’l  bilan  balandlikka 




 

40 


sakrashdagi  depsinish  tezligining  stabillashuviga  qarshilik  ko’rsatiladi.  Shunga 

o’xshash tendentsiya qisqa masofaga yugurishda, uloqtirishda, og’ir atletikada ham 

kuzatiladi. 

Shunday  bo’lishiga  qaramay,  tezlikning  stabillashuvi  ro’y  bersa,  «tezlik 

to’sig’i»ni buzish hamda uni so’ndirish kabi maxsus usullar qo’llaniladi. Chegara 

tezlikdan  ortish  imkonini  beradigan  qo’shimcha  sharoitlarning  yaratilishi  «tezlik 

to’sig’i»ni  buzish  usullari  asosini  tashkil  etadi.  Buning  uchun,  masalan,  qiya 

yo’lkadan  pastga  qarab  yugurish,  yetakchi  ketidan  qolmay  ugurish,  tezlanishli 

yugurish, mexanik og’irlikdan foydalanib yugurish, yengillashtirilgan snaryadlarni 

uloqtirish,  goh  og’ir,  goh  odatdagi  snaryadlarni  navbatma-navbat  uloqtirish,  trosi 

qisqartirilgan bosqon uloqtirish va hokazolar qo’llaniladi. 

Bu  yengillashtirish  ortiq  darajada  bo’lmasligi  kerak.  Yengillashtirilgan 

sharoitdagi  tezlik  sportchi  yaqin  vaqt  ichida  shunday  tezlikni  odatdagi  sharoitda 

ko’rsata oladigan darajada bo’lishi kerak. 

«Tezlik  to’sig’i»ni  so’ndirish  usullari  mashq  bajarish  to’xtatilgandan  keyin 

dinamik  stereotip  ma'lum  xususiyatlarining  so’nish  (unutilish)  vaqti  turlicha 

bo’lishiga  asoslangan.  Jumladan,  harakatning  makoniy  xarakteristikalari  vaqt 

xarakteristikalariga  qaraganda  birmuncha  barqarordir.  Ma'lum  vaqtgacha  asosiy 

mashq  bajarilmasa,  «tezlik  to’sig’i»  yo’qolishi  mumkin,  lekin  harakatlar 

texnikasining  makoniy  xususiyatlari  saqlanib  qoladi.  Agar  bu  davr  ichida  tezkor 

kuchlilik  fazilatlari  boshqa  vositalar  yordamida  oshirilsa,  shundan  keyin  bir  oz 

vaqt o’tgach, natija yaxshilanishini kutish mumkin. 

Shunday  qilib,  biror  bir  harakatda  asosan  ikki  yo’l  bilan  tezlikni  oshirish 

mumkin:  1)  maksimal  tezlikni  oshirish  hisobiga,  2)  maksimal  kuchni  oshirish 

hisobiga. Tajriba ko’rsatadiki, maksimal  kuchni  sezilarli oshirish  juda  ham  qiyin; 

kuch  imkoniyatlarini  oshirish  esa  birmuncha  yengil  hal  qilinadi.  Shuning  uchun 

amalda  tezlik  darajasini  oshirish  uchun  kuch  oshiradigan  mashqlardan  keng 

foydalaniladi.  Harakat  vaqtida  yengish  lozim  bo’lgan  qarshilik  qanchalik  ko’p 

bo’lsa, bu mashqlarning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. 



 

41 


Harakatlar  tezligini  oshirishga  qaratilgan  kuch  oshirish  tayyorgarligi 

protsessida ikki asosiy vazifa hal qilinadi: 

- maksimal muskul kuch darajasini (kuch qobiliyatlarining o’zini) oshirish; 

-  tez  harakatlar  sharoitida  eng  ko’p  kuch  namoyon  qilish  qobiliyatini  (tezkor-

kuchlilik qobiliyatlarini) tarbiyalash. 

Tez  harakatlar  sharoitida  eng  ko’p  kuch  namoyon  qilish  qobiliyatini 

tarbiyalashda  takroriy  orta  boruvchi  mashq  metodidan  foydalaniladi.  Bu  holda 

biror  bir  chegara  darajada  bo’lmagan  og’irlikni  eng  yuksak  tezlikda 

harakatlantirish vositasida kuch jihatdan maksimal zo’r berishga erishiladi. Bunda 

mashqlarni  bajarishdagi  harakatlar  amplitudasi  to’liq  bo’lishi  kerak.  Agar  

harakatlar    cheklangan    amplituda    bilan  («to’xtatib  turib»)  bajarilsa,  nomatlub 

koordinatsion  munosabatlar  mustahkamlanib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun 

masalan,  cho’qqayishlarni  yuqori  tomon  sakrash  bilan  tugallash,  uloqtirish 

mashqlari, zarb harakatlari va boshqaardan keng foydalanish tavsiya etiladi. 

Tezkor-kuchlilik  mashqlarini  kuch  mashqlarining  o’ziga  asoslanib,  ular  bilan 

birgalikda  qo’llash  kerak.  Faqat  tezkor-kuchlilik  mashqlaridan  foydalanganda 

maksimal  kuch  darajasini  sezilarli  ravishda  oshirib  bo’lmaydi,  chunki  harakatlar 

juda  tez  bo’lganda  nerv-muskul  apparatiga  ta'sir  etish  vaqti  juda  ham  qisqa 

muddatli  bo’ladi.  Tezlikni  tarbiyalash  uchun  kuch  mashqlaridan  foydalanishda 

kuch  yuklamalari  juda  ko’p  bo’lgan  sharoitda  harakatlar  tezligining  vaqtincha 

kamayishini  e'tiborga  olish  kerak.  Bu  yuklamalar  to’xtatilgandan  yoki  keskin 

kamaytirilgandan  keyin  2—6  hafta  o’tgach,  harakatlar  tezligi  orta  boshlaydi 

(R.A.Akramov  va  boshq.).  Bu  davrda  asosan  chegara  darajasida  bo’lmagan 

og’irliklar bilan bajariladigan tezlik mashqlaridan foydalaniladi. 

Texnik  tayyorgarlik.  Tezlik  harakatlarini  bajarayotgan  vaqtda  holatlarni  his 

etish va tuzatish ancha qiyinlashishi qayd qilingan edi. Shuning uchun harakatlarni 

katta  tezlikda  texnik  jihatdan  to’g’ri  bajarish  juda  murakkab  masaladir.  Amalda 

harakatlarni  tez  bajarish  texnikasini  harakatni  sekin  bajarib  o’rganadilar 

(keyinchalik tezlik maksimal ravishda oshiriladi) yoki mashqni maksimal tezlikda 

bajarib, texnikani o’zlashtirishga urinib ko’radilar. Bu har ikkala yo’lning ham o’z 




 

42 


kamchiliklari  bor.  Birinchi  holda  harakatlarni  sekinroq  bajarishga  o’rgangan 

o’quvchi keyinchalik uni maksimalga yaqin tezlikda texnik jihatdan to’g’ri bajara 

olmaydi.  Bu  shu  tufayli  sodir  bo’ladiki,  sekinroq  va  maksimal  tezlikda 

bajariladigan  harakatlar,  makon  xususiyatiga  ko’ra  o’xshash  bo’lsalar-da,  tezkor-

kuchlilik  parametrlari  jihatidan  bir-biridan  keskin  farq  qiladi.  Ikkinchi  holda 

o’quvchi o’z diqqat-e'tiborini harakatlarni tezroq bajarish istagi bilan uni to’g’riroq 

bajarish  istagi  o’rtasida  taqsimlay  olmaydi,  buning  ustiga  vazifaning  texnik 

jihatdan murakkabligi uni juda qiynab qo’yadi. Natijada u to’g’ri texnikani egallab 

ololmaydi. 

Bundan  qutilish  uchun  ikki  shartga  rioya  qilish  tavsiya  qilinadi.  Birinchidan, 

o’rgatishni  maksimal  tezlikka  yaqin  bo’lgan  tezlikda  (buni  «kuchning  9/10 

qismicha»  deyishadi)  o’tkazish  kerak.  Bunda  harakatlarning  tezkor-kuchlilik 

strukturasi  maksimal  tezlik  holatdagidan  farq  qilmasligi,  lekin,  shu  bilan  birga, 

harakatlar texnikasini nazorat qilish imkoni bo’lishi kerak. Bunday tezlik «Nazorat 

qilinadigan»  tezlik  degan  nom  olgan.  Ikkinchidan,  harakatlarni  nisbatan  kichik 

tezlikdan maksimal darajagacha o’zgartira borib, har xil tezlikda bajarish kerak. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish