Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana29.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#75864
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
jismoniy sifatlar va ularning yosh futbolchilarda rivojlantirish hususiyatl

Asosiy  metodik  yo’nalishlarning  xarakteristikasi.  Maksimal  darajada  zo’r 

berishni turli yo’llar bilan hosil qilish mumkin: 

1) chegaraga yaqin bo’lmagan  og’irliklarni  (qarshiliklarni) yengishni chegara 

darajada ko’p marta takrorlash

2) tashqi qarshilikni chegara  darajada oshirish (dinamik va statik rejimda); 

3) qarshiliklarni chegara darajada tezlik bilan yengish. Shunga muvofiq kuchni  

tarbiyalash  metodikasida  bir necha yo’nalishlar mavjud. 

Chegaradan  kam  og’irliklarni  chegara  miqdorda  takrorlashdan  foydalanish. 

Yuqorida aytganimizdek, chegaradan kam og’irliklar bilan bajariladigan harakatlar 

o’z  fiziologik  mexanizmlariga  ko’ra  chegara  og’irliklar  bilan  bajariladigan 

harakatlardan farq qiladi. Biroq kishi charchagan sari bu hol o’zgarib boradi. Bitta 

XB namoyon etadigan kuchlanish pasayib ketadi. Mashqni bajarishda ko’proq XB 

lardan  foydalaniladi  va  oxirgi  takrorlashlarda  ularning  soni  maksimumga  qadar 

ortadi.  Bunda  effektiv  razryadlar  chastotasi  ko’payib  boradi  va  ularning 

sinxronlashuvi ro’y beradi. Birinchi gallarda osonlikcha ko’tarish mumkin bo’lgan 

og’irlik  chegara  og’irlikka  yaqinlashib  boradi  va  katta  kuchli  fiziologik 

qo’zg’ovchiga  aylanadi.  Zo’r  berish  kontsentratsiyasi  o’zgaradi.  Natijada 

fiziologik holat chegara zo’r berish vaqtidagiga o’xshab qoladi. 

Koordinatsiyaning ko’p jihatlari bilan shunga o’xshab ketishi chegaradan kam 

og’irlikni «holdan toyguncha» ko’p ko’tarish muskul kuchini trenirovka qiladigan 

ta'sir ko’rsatishining asosiy sababidir. 

Og’irliklar  bilan  mashq  qilayotganda  keyingi  ko’tarishlardagi  o’xshashlik 

yetakchi  omil  bo’lganligi  uchun  xuddi  shu  so’nggi  ko’tarishlarni  bajarish 

foydaliroq  ekani  ayondir.  Binobarin,  bu  holda  mashqlarni  charchoq  yaqqol 

sezilguncha,  ya'ni  «holdan  toyguncha»  bajarish  shart.  Trenerlarning  «Sportchi 

bunday  mashklarni  qurbi  yetguncha  bajarishi,  undan  so’ng  yana  uch  marta 

takrorlashi kerak» degan hazillari bejiz emas, albatta. 



 

25 


Mashg’ulotlar  o’tkazish  vaqti  uzayishi  bilan  maksimal  ogirliklarning 

afzalliklari  tobora  aniq  sezila  boradi.  Malakali  sportchilarning  trenirovkalarida 

chegaradan kam og’irliklar bilan mashq qilish asosan qo’shimcha mashqlar sifatida 

ishlatiladi. Bunda ularning ko’p vaqt olishini hisobga olib, odatda, faqat ma'lum bir 

joyga  ta'sir  etadigan  mashqlar  qo’llaniladi.  Bunday  paytlarda  ko’tarilgan 

og’irlikning jami miqdori unchalik katta bo’lmaydi. 

Qarshilik miqdori odatda «katta» va «o’rtacha katta»ga yaqin qilib belgilanadi. 

Kuchning  rivojlanib  borishiga  qarab  qarshilik  miqdori  ham  shunga  yarasha 

o’zgarib boradi. 

Misol: o’quvchi qo’llarini gimnastik skameykaga tirab yotgan holda bukadi va 

yoyadi. U bu harakatni 10—12 marta bajara oladigan bo’lganda mashq faqat 4—7 

marta  bajarish  mumkin  bo’ladigan  qilib  murakkablashtiriladi  (masalan,  qo’llarni 

polga  tirab  turib  bukish  va  rostlash,  so’ngra  shunnng  o’zini  oyoqlarni  gimnastik 

skameykaga tirab bajarish va boshqalar). 

Chegara  og’irliklaridan  va  unga  yaqin  og’irliklardan  foydadalanish  (dinamik 

rejimda).  Bu  metodik  yo’nalish  malakali  sportchilar  trenirovkasida  asosiy 

yo’nalishdir. 

Agar  30—40  yil  muqaddam  og’ir  atletikachilar  chegaradan  ham  og’irlikdagi 

shtangani ko’p marta ko’tarishga alohida ahamiyat bergan bo’lsalar, hozirgi vaqtda 

ko’tarish mumkin bo’lgan chegara og’irlik va unga yaqin og’irliklar bilan mashq 

qilishga ko’proq e'tibor bermoqdalar. Bu ko’pgina boshqa sport turlari uchun ham 

xarakterlidir.  Masalan,  balandlikka  eng  kuchli  sakrovchilar,  shtanga  bilan  mashq 

qilganlarida,  eng  yuqori  og’irlikka  yaqin,  og’irliklar  bilan  shug’ullanadilar 

(K.M.Mahkamjanov).  Malakali  sportchilarning  trenirovkasida  bu  metodik 

yo’nalishning  juda  yaxshi  natijalar  berishi  isbotlangan  deb  hisoblash  mumkin. 

Chegaraga  yaqin  va  chegara  og’irliklar  bilan  trenirovka  qilishga  o’tish  sportdagi 

natijalarniing ancha o’sishiga olib keldi. 

«Chegara  og’irlik»  tushunchasi  haqida  bir-ikki  og’iz  gapirib  o’tish  lozim. 

Chegara  og’irlik  deganda  (agar  boshqa  alohida  izohlab  qo’yilmasa)  trenirovka 

qilinadigan  chegara  og’irlik,  ya'ni  ortiqcha  emotsional  xayajonsiz  ko’tarish 




 

26 


mumkin  bo’lgan  eng  katta  og’irlik  tushuniladi.  Tegishli  psixologik  moslashish 

hisobiga  bu  og’irlikni  ko’paytirish  ham  mumkin,  bu  holda  shu  og’irlik  haqiqatan 

ham chegara og’irlik bo’ladi, biroq tajriba ko’rsatishicha, bunday og’irliklar bilan 

mashq  qilishning  foydasi kamroq.  Kishi bunday  og’irliklar bilan  mashq  qilganda 

emotsional  jihatdan  charchaydi  va  yuklamaning  hajmi  esa  yetarli  bo’lmaydi. 

Shuning uchun asosan emotsional ortiqcha hayajonlanmay 1—2 marta, ko’pi bilan 

3  marta  ko’tarish  mumkin  (bu  og’irlik  odatda  maksimal  og’irlikdan  10—15% 

kam) bo’lgan chegara va chegaraga yaqin og’irliklar bilan trenirovka qilinadi. 

Trenirovka  qilinadigan  chegara  og’irlikdan,  katta  og’irliklardan  juda  kam 

foydalaniladi; ko’p hollarda 7—14 kunda bir marta. Lekin bunda individual farqlar 

bo’ladi. Trenirovka qilinadigan chegara og’irlik va sportchining eng yaxshi natijasi 

o’rtasidagi  individual  farq  ham  ancha  katta  bo’ladi;  odatda  yengil  vaznli 

sportchilarda bu farq kam, og’ir vaznlilarda esa ko’p bo’ladi. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish