Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha dastlabki, o`rtacha natija
№
|
Test me'yorlari
|
Dastlabki natija
|
Tajriba guruhi
|
Nazorat guruhi
|
1
|
100 m ga yugurish (soniya)
|
14,3
|
14,2
|
2
|
4x10 m ga yugurish (soniya)
|
9,1
|
8,9
|
3
|
3 000 m ga yugurish (daqiqa)
|
13 daq. 42 son.
|
13 daq. 37 son.
|
4
|
O`rnidan turib uzunlikka sakrash (metr)
|
2 39
|
2,38
|
5
|
To`ldirma to`pni uloqtirish (metr)
|
12,7
|
12,60
|
6
|
O`tirgan holda oyoqlarni 30 sm kerib oldinga engashish (sm)
|
+14
|
+15
|
Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha tajribadan keyingi natija
№
|
Test me'yorlari
|
Tajribadan keyin
|
Tajriba guruhi
|
Nazorat guruhi
|
1
|
100 m ga yugurish (soniya)
|
13,8
|
14,1
|
2
|
4x10 m ga yugurish (soniya)
|
9,1
|
9,3
|
3
|
3 000 m ga yugurish (daqiqa)
|
13,21
|
13,35
|
4
|
O`rnidan turib uzunlikka sakrash (metr)
|
2,74
|
2,43
|
5
|
To`ldirma to`pni uloqtirish (metr)
|
14,12
|
13,20
|
6
|
O`tirgan holda oyoqlarni 30 sm kerib oldinga
engashish (sm)
|
+21
|
+16
|
Yakuniy olingan natijalar tahlil qilinganda 100 m ga yugurish mashqlarida tajriba guruhi natijasi 0,5 soniyaga yaxshilanganligi nazorat guruhi natijasi esa 0,1 soniyaga to`g`ri kelganligi ko`rindi. Mokisimon yugurishda esa dastlabki natijaga ko`ra tajriba guruhida natija o`zgarmay qolganligi namoyon bo`ldi. 3 000 m ga yugurishda dastlabki natijaga ko`ra tajriba guruhida 21 soniyaga, nazorat guruhida 2 soniyaga, natija ijobiy tomonga o`zgargani ko`rinib turibdi. Lekin tajriba guruhidagi natija 19 soniyaga, nazorat guruhi natijasiga nisbatan o`sganligi ko`rindi. Qolgan natijalarda ham xuddi shunday holatni ko`rish mumkin.
X U L O S A
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashiga, sog`ligini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, xilma-xil khnikma va malakalarni egallab olishiga, futbol o`yini tеxnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslarini o`rganishiga qaratilgan vositalar komplеksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida kеng ko’lamdagi o’yinlar, o’yin mashqlarini qo’llashdan tashqari, asosiy jismoniy tayyorgarlik mashq1ari komplеkslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga kеltiradi. Ko’proq tеzkorlikni rivojlantirishga qaratilgan komplеkslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo’llash kеrak, shundan so’ng bu sifatni takomillashtirishga yordam bеruvchi o’yinlardan foydalanish lozim. Kuch talab qiluvchi tеgishli o’yinlar va o’yin mashqlari komplеksiga, shuningdеk, chidamlilik ko’rsatishni talab etadigan o’yinlar komplеkslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tеgishlicha darsning o’rtasida va oxirida o’tkaziladi.
O’yinlar va maxsus tayyorgarlik mashqqlari komplеkslarini o’z ichiga oluvchi vositalarning rang-barangligi bolalar va o’smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ularning asosiy jismoniy sifatlarini maxsus ravishda rivojlantirishga yordam bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |