Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet14/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Chaqqonlikni tarbiyalash. Chaqqonlik jismoniy fazilat ekani. Tushunchaning ta'rifi. Har qanday harakat biror bir konkret vazifani (harakat vazifa deb ataladigan vazifani) hal qilishga qaratilgan bo’ladi: mumkin qadar balandroq sakrash, to’pni ilib olish, shtangani ko’tarish va boshqalar kabi. Harakat vazifasining murakkabligi ko’pgina sabablar bilan, jumladan bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning bir-biriga uyg’unligiga bo’lgan talablar bilan (harakatlar koordinatsiyasiga bo’lgan talablar bilan) belgilanadi. Harakatlarning koordinatsion murakkabligi chaqqonlikning birinchi o’lchovi hisoblanadi.
Agar harakatning makon, vaqt va kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo’lsa, ya'ni harakat yetarli darajada aniq bo’lsa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi tushunchasi harakatning makon, vaqt va kuch
xarakteristikalari aniqligidan iborat. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir.
Hayotda va jismoniy tarbiyada duch kelishi mumkin bo’lgan barcha harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin: 1) nisbatan stereotip harakatlar va 2) nostereotip harakatlar.
Yengil atletika yo’lkasida yugurish, yengil atletikadagi uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, tekis joyda yurish birinchi guruhga; sport o’yinlari, yakkama-yakka bahslashuv, slalom, kross va boshqalar esa ikkinchi guruhga misol bo’ladi.
Stereotip harakatlardagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o’rganganiga bog’liq. Agar inson o’zi uchun yangi harakatlarni
«birdaniga» bajara boshlasa, bu harakatlarni o’zlashtirib olishga ko’proq vaqt ketkazgan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni o’zlashtirib olishga sarflanadigan vaqt chaqqonlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lishi mumkin.
Nostereotip harakatlarda vaziyat to’satdan o’zgargandagi chaqqonlik harakatni o’zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o’zgartira bilishda (qayta ko’ra bilishda) namoyon bo’ladi. Bunda chaqqonlik kishining harakatni maqsadga muvofiq qayta qurishi uchun sarflagan vaqti bilan ifodalanadi.
Barcha aytilganlar e'tiborga olinsa, chaqqonlikni birin-chidan, yangi harakatlarni tezda o’zlashtirib olish qobiliyati (tez o’rganish qobiliyati), ikkinchidan, harakat faoliyatini to’satdan o’zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravshida tez qayta qurish qobiliyati deb sanash mumkin.
Ko’rinib turibdiki, chaqqonlik — baholash uchun yagona kriteriyga ega bo’lmagan murakkab kompleks fazilatdnr. Har bir alohida hollarda, sharoitga qarab, u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar.
Chaqqonlik anchagina spetsifik fazilatdir. Masalan, sport o’yinlarida chaqqon bo’lib, gimnastikada yetarlicha chaqqonlik ko’rsata olmaslik mumkin.
Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasining asoslari. Chaqqonlikni tarbiyalash birinchidan, koordinatsion jihatdan murakkab harakatlarni o’zlashtirib olish
qobiliyatini tarbiyalashdan va ikkinchidan, harakat faoliyatini to’satdan o’zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir (I.A.Qo’shbaxtiev). Bunda o’z harakatlarini makonda va vaqtda aniq idrok etish («makonni his etish», «vaqtni his etish»), muvozanat saqlash, galma-gal zo’r berish va bo’shashtirish qobiliyatlarini, shuningdek, boshqa (chaqqonlikka nisbatan) xususiy qobiliyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo’li yangi xilma-xil harakat ko’nikma va malakalarini o’rganib olishdir. Bu harakat malakalarining ortib borishiga sabab bo’ladi va harakat analizatorining funktsional imkoniyatlariga samarali ta'sir etadi.
Egiluvchanolikni tarbiyalash. Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfofunktsional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanliknyng o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o’lchovlarida yoki chiziqli o’lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlik faol (kishining o’z muskullari kuch berishi hisobiga namoyon bo’ladigan) va passiv (gavdaning harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar — og’irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlar qo’yilishi yo’li bilan aniqlanadigan) bo’lishi mumkin.
Egiluvchanlik muskul va to’qimalarning elastikligiga bog’liq. Muskullarning elastiklik xususiyatlari ko’p darajada markaziy nerv sistemasining ta'sirida o’zgarishi mumkin (masalan' musobaqalardagi emotsional ko’tarinkilik vaqtida egiluvchanlik ortib boradi). Harakatchanlikni chegaralashda himoya qilish xarakteri borligi ehtimol bo’lgan cho’ziluvchan muskullarning qo’zg’alishi muhim ahamiyatga ega. Egiluvchanlikning ortishi bilan chuziluvchan muskullar keyinroq — harakatlar amplitudasi tezlashganda kuchli darajada qo’zg’algan holatga o’tadilar. Bunda cho’ziluvchan muskullarning faolligi pasayadi (E.P. Vasilev).
Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi muhitning tashqi temperaturasiga bog’liq: temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ham ortib boradi. Sutka vaqti, boshqa jismoniy sifatlarga harakatga egiluvchanlikka ko’p ta'sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda,
egiluvchanlik turli sharoitlar (temperatura, kunning vaqti) ta'sirida o’zgarishini e'tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni razdaqka yordamida qizish bilan bartaraf qilish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta'sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko’rsatkichlari kamayadi, passiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi. (E.P. Vasilev).
Bolalar kattalarga qaraganda egiluvchan bo’ladilar, degan fikr mavjud. Lekin har doim ham shunday emas. Biroq, kattalarga qaraganda, bolalarda egiluvchanlikni o’stirishning osonligi shubhasiz, albatta. Faol egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan bog’liq. Biroq, kuchlilikni oshiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo’g’inlardagi harakatchanlikni chegaralab qo’yishi mumkin. Lekin bu salbiy ta'sirni yengish mumkin: egiluvchanlik va kuchlilikni oshiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq ravishda qo’shib olib borish yo’li bilan har ikkala fazilatning yuksak darajada rivojlanishiga erishish mumkin.
Egiluvchanlnkni tarbiyalash metodikasi. Jismoniy tarbiya protsessida egiluvchanliknnng mumkin qadar ko’proq rivojlanishiga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlarni erkin bajarilishini ta'daqlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bunda egiluvchanlikning miqdori harakat bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq («egiluvchanlik zapasi») bo’lishi kerak. Egiluvchanlikning gipertrofirik, ya'ni bo’g’inlarning anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan rivojlanishi hech qanaqasiga to’g’ri emas, chunki, bu garmonik rivojlanishni buzadi va pedagogik maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog’onasining, tos-son va yelka bo’g’inlarining harakatchanligi eng ko’p ahamiyatga ega.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho’ziluvchanlykni oshiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga — faol va passiv harakatlarga bo’linadi. Aktiv harakatlarda biror bo’g’indagi harakatchanlikning ortishi shu bo’g’indan o’tadigan muskullarning qisqarishi hisobiga ro’y beradi. Passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Faol mashqlar bajarilish harakteriga ko’ra bir-birlaridan farq qiladilar: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket
engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og’irlik bilan va og’irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Passiv statik mashqlar — bularda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi — faol egiluvchanlikni - rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda unchalik samarali emas, lekin passiv egiluvchanlikda yuqori ko’rsatknchlarga erishish imkonini beradi.
Muskullar nisbatan kam cho’ziluvchan bo’ladi. Agar bir harakatda ularning uzunligini oshirishga harakat qilinsa (masalan, oldinga mumkin qadar ko’p engashib), uning natijasi juda, ham past bo’ladi. Biroq mashqlarni takrorlagan sayin ular qoldirgan natijalar yig’ilib, bir necha o’n marta engashilsa, amplitudaning ortishi juda sezilarli bo’ladi. Shuning uchun cho’ziluvchanlikni oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini bir necha marta qaytarib bajarish lozim. Bunda seriyadan seriyaga o’tgan sari harakat amplitudasi orttirib boriladi.
Har bir mashg’ulotda cho’ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og’riq paydo bo’lguncha bajarish lozim. Og’riqning paydo bo’lishi mashg’ulotni tugatish kerakligidan darak beradi. Agar bu mashqlarni har kuni bir yoki hatto kuniga ikki marta bajarilsa, ularning foydasi ko’proq bo’ladi. Agar egiluvchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish vazifa qilib qo’yilgan bo’lsa, kamroq marta mashq qilish ham mumkin. Egiluvchanlik mashqlarini mustaqil topshiriqlar sifatida uyga vazifa qilib berish ancha qulay. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxirida, bulardan tashqari, tayyorgarlik qismidagi razdaqka vaqtida va boshqa mashqlar (ayniqsa kuch va tezkorlikni oshiradigan mashqlar) orasidagi intervallarda bajariladi. Egiluvchanlik mashqlarini boshlashdan oldin yaxshigina — ter paydo bo’lguncha — qizib olish zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi — xona temperaturasida 10 daq. ga yaqin saqlanib turadi. Issiqlik tarhalishini kamaytirish (trenirovka kiyidaqi kiyib olish) bilan bu vaqtni oshirish mumkin.
Faol mashqlardan so’ng ortgan egiluvchanlik passiv mashqlardan keyingiga qaraganda uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Bolalik va o’smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo’lganligi uchun egiluvchanlikni tarbiyalashga doir asosiy ishlarni mana shu davr ichida (taxdaqan 11—14 yoshlarda) rejalashtirish kerak.



Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish