Oyoqning tagi bilan to‘pni to‘xtatish
Bu usul tushayotgan va dumalayotgan to‘pni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. To‘pni qabul
qiluvchi o‘yinchining dastlabki holati-tayanch oyoqqa tana og‘irligini o‘tkazib, to‘pga qarab
turadi. To‘pni to‘xtatuvchi oyoqni to‘p yaqinlashgan sari tizza bo‘g‘inlarida ozgina bukilib, to‘p
tomon chiqiladi. Oyoq uchlari yuqoriga ko‘tarilgan. Tovon nisbatan pastroq. Oyoq kaftining tagi
to‘pga tegishi bilan biroz yon beruvchi harakat bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |