Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

ZAXIRADAGILAR DARDI
Nuqul zaxira o‘rindig‘ini “isitib” o‘tirishni tabiiyki, hech bir 
futbolchi xushlamaydi sira. Har bir futbolchi tezroq maydonga tu-
shishni shu qadar istaydiki, buning uchun umumjamoa manfaati-
ni ikkinchi darajaga surib qo‘yishi hech gap emas. Quyi ligalardan 
birida ishtirok etuvchi “Sholikor” jamoasi bosh murabbiyi navbat-
dagi tur bahsida maydonga tushadigan futbolchilar ro‘yxatini o‘qib 
eshittirdi hamki, kiyinish xonasidagi umumiy kayfiyat 180 daraja
-
ga o‘zgardi-qoldi. Aniqrog‘i, zaxirada navbat kutib o‘tirgan futbol-
chilarning hafsalalari pir bo‘ldi. Ular ichlarida murabbiyni bolo-
xonador so‘kayotganlari shundoq aft-angorlaridan bilinib turardi. 
Ayrimlar hattoki, jahllarini yuzaga chiqarib, nimanidir pichirlashga 
jazm etishdi. Uchrashuv start oldi. Hakam hushtagini chalgan hamo-
no mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Raqibning tinimsiz 
hujumlaridan esankirab qolgan “Sholikor” futbolchilari maydonga 
nima maqsadda tushganlarini ham unutib qo‘yishdi, go‘yo. Jamoa 
bosh murabbiyining ishongan shogirdlarini “taniyolmay” xuno-
bi oshganidan-oshdi. Buni ko‘rgan alamzada zaxiradagilarning 
“og‘izlari quloqlarida”. Ya’ni ular shu lahzadan “ichimdagi dush-


18
Yusupov FURQAT
manlarim”ga aylanib qolishdi. Tabiiyki, mezbon jamoaning bunday 
sustkashligi stadionga yig‘ilgan muxlislarga ham sira yoqmadi. Ular 
ham futbolchilar, ham jig‘ibiyron murabbiyning sha’niga bir-ikki 
og‘iz nordon “maqtov”larni aytishni paysalga solishmadi. Birinchi 
bo‘limning yarmiga kelib-kelmay tabloda 0:2 hisobi porlab turardi. 
Albatta, bu himoyachilarning bir-biridan “go‘zal” xatolari mahsuli. 
Oh, endi zaxiradagi himoyachilarga berdi-da o‘ziyam. Ulardan biri, 
surbetrog‘i, miyig‘ida kulib qo‘yishdan ham uyalmadi. U o‘z-o‘zicha 
o‘ylardi: “Battar bo‘linglar, lapashanglar... Siz-chi, ustoz, shularga 
ishonch bildirganingizdan rosa afsuslanyapsizmi? Ajab bo‘lsin... Bu 
ham kam hali. Qaniydi, raqiblar yana 5-6 ta gol urishsa edi, mazza 
qilardim-da o‘ziyam... Hoy darvozabon, sen ham o‘l bu kuningdan. 
Senga o‘zi shular bilan o‘ynash yoqarmidi, battar bo‘l. Bir-ikkitang 
qizil kartochka olib, diskvalifikatsiyaga uchrasang, yana yaxshi. Qa
-
ni-qani, yana ikkitang jarohatlanib, safdan chiqsang-u, anavi oq xa-
latning boshi tashvishdan chiqmasa. Eh do‘xtir, sen ham battar bo‘l, 
shu noshudlarni davolayman, deb. Ha-a, shovvozlar, qani xato qi-
lishdan charchamanglar, sizlarni o‘zim osh bilan mehmon qilaman, 
– shu payt alamzadaning ko‘zi jahli burnining uchida turgan klub 
xo‘jayiniga tushib qoldi. – Ha xo‘jayin, qalaysiz endi? Agar nodon 
bo‘lmasangiz, kelib-kelib shu himoyachilarni sotib olarmidingiz?” 
Bir tomonda himoyachi o‘z xayoli bilan band, ikkinchi tomon-
da o‘yin davom etyapti. Tanaffusga chiqish arafasida darvozabon 
ham kattagina “qovun tushirdi”. Ana endi ko‘ring, hisobning yirik 
ko‘rinish olgani zaxira posboniga qanday yoqib tushganini: “Ofarin, 
yashavor barakalla! Shunday o‘ynashda davom etsang, navbatda-
gi bahsda mening o‘rnimga “mixlanasan”. Bu – aniq. Ha-ya, asosiy 
darvozabonimizning bunday antiqa iqtidoridan bexabar ekanman-a. 
Hoy murabbiy, ana shu oliftani menga ibrat qilib ko‘rsatganmidi-
ngiz? Sochingizni yuling bitta-bittalab. E, uzr, sochingiz yo‘q-ku 


19
FUTBOL FALSAFASI
o‘zi... O‘yindan so‘ng ko‘ramiz ne ahvolga tushishingizni hali”. Qis-
qasi, birinchi raqam egasining o‘yindan keyingi ahvolini tasavvur 
qilar ekan, o‘rinbosar keyingi turda asosiy tarkibda maydonga tu-
shishiga aslo shubha qilmayotgandi.
Zaxiradagilar tanaffus chog‘ida murabbiyning asosiy futbol
-
chilarni boplab “tuzlashi”ni kutishgan paytda buning aksi bo‘lib 
chiqdi. Hasadchilar chuchvarani xom sanagandilar – murabbiy 
ulardan loaqal birini ham maydonga tushirmadi. Aksincha, ichla-
rida quvonib, semirib o‘tirgan shogirdlariga aslo parvo qilmadi va 
o‘sha-o‘sha tarkibni “jang”ga tashladi. “Ajabo, shunaqa ham bo‘lar 
ekanda, hisob 0:3, anavi bilimdon esa hatto bir kishini almashtirma
-
di ham”, – deya xush kayfiyatdan jig‘ibiyronlikka tushishdi zaxi
-
radagilar. Xullas,, ular ustozlarining bu qarorini o‘zlariga nisbatan 
haqorat o‘rnida qabul qilishdi va butun ikkinchi bo‘limni xunoblari 
oshgan holda kuzatishdi. Vaqt o‘tishi bilan muxlislarning e’tirozlari 
kuchaysa-kuchaydiki, aslo pasaymadi. Zaxira futbolchilari ko‘zla-
rini baqlajonday katta-katta ochishar, g‘azabdan vujudlari yonayot
-
gan bo‘lsa-da baribir, umid bilan qarab-qarab qo‘yishardi. Murab-
biy esa hamon jim.
Jamoadoshlarining bir-biridan noaniq harakatlarini kuzatib o‘tir-
gan yarim himoyachining miyasida esa allambalo xayollar charx 
urardi: “Murabbiy qoyil sizga, shu “chuchvara”larni bizdan afzal 
bilganingiz kam ekan, ularga yana qancha sabr qilasiz, axir? O‘yin 
tugasin, ahvolingizga maymunlar yig‘laydi hali. O‘zingiz yalina-
siz maydonga tushishimizni so‘rab... Qaniydi, anavilar qattiq jaro
-
hatlanib, uzoq muddatga safdan chiqsa-yu, siz tang ahvolda qolib, 
boshqacha yalinsangiz bizga...” 
Yarim himoyachilardan to‘p yetib kelmayotgani holva edi: hu-
jumchilar “ofsayd”da sayr qilayotgandilar. Agarda bosh murab-
biy kal bo‘lmaganida, bunday manzaradan so‘ng tepa sochi tikka 


20

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish