Yusupov FURQAT
– Qanaqa qilib sen bilan hamkasb bo‘lay? Ko‘rmayapsanmi, nima
olib ketayotganimni?
Haydovchi mashinaning orqa o‘rindig‘iga ishora qilib, ba land
ovozda javob berdi: “Sen ham ko‘rib qo‘y, ikkimiz bir xil narsa
olib ketyapmiz”. Bunaqa haqoratga chidolmagan Akbar shartta
mashinadan tushib ketdi. Taksichi mazza qilib kulganidanmi yoki
hakamning boplab ta’zirini berganidanmi, yo‘lkira olishni unutib
yo‘lida davom etdi. Akbar bo‘lsa jahli chiqqanligidan boshqa taksi-
ga o‘tirgisi kelmay uyiga yayov yo‘l oldi.
2012
TO‘Y
Krishtianu Ronaldu va Irina Sheyk uzoq kutgan kun – nikoh to‘yi
sanasi ham yetib keldi. To‘yxona kazo-kazo mehmonlar bilan liq
to‘lgan. Martabali mehmonlar orasida butun boshli “Real” a’zolari,
shuningdek, Krishtianu bilan “MYU” va “Sporting” klublarida
o‘ynagan futbolchilar, ser Aleks Fergyusson, Luis Felipe Skolari kabi
zamonamizning buyuk murabbiylarini ko‘rish mumkin edi. Bir to-
monda model Irina Sheykning mashhurlik bobida futbolchilardan
sira qolishmaydigan hamkasblari-yu, shou-biznes yulduzlari saf
tortib turishibdi: Naomi Kempbell, Nikol Kidman, Britni Spirs, En-
rike Iglesias, Anjelina Joli, Bred Pitt... Qo‘yingki, moda, kino va es
-
trada olamining eng sara namoyandalari jam bo‘lishgan. Qolaversa,
bir qator mashhur sportchilar (albatta boshqa turlar bo‘yicha), ke
-
lin-kuyovning do‘stlari, yaqinlari yig‘ilishgan. Qisqasi, bazmga 1000
nafardan ziyod martabali mehmon taklif etilganining o‘zi to‘yning
naqadar ahamiyatli voqelik ekanligidan dalolat berib turibdi.
Nihoyat, kelin-kuyov davraga “We are the Champions” taronasi
sadolari ostida kirib kelishdi. Mehmonlar futbolga mos ravishda 1-4-
15
FUTBOL FALSAFASI
4-2 taktik sxemasi bo‘yicha joy olishgan. Marosim sababchilarining
o‘ng tomonida kuyovjo‘ralar, chap tomonida ne-ne hurliqo go‘zallar.
Markaz esa murabbiylar shtabi a’zolari, taniqli san’atkorlar va bosh-
qa sportchilar bilan band. To‘yxonaning to‘ri, tabiiyki, Krishtianu va
Irinaning eng yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari-yu, do‘stlariga
ajratilgan. Sahna ajoyib tarzda bezatilgan. Ya’ni har bir Estrada yul-
duzi maroq bilan kuylashi mumkin. Qarangki, davrakashlik mash-
hur hakam Xovard Uebb zimmasiga yuklatildi. U marosimni tabrik
so‘zi bilan ochar ekan, darrov o‘z ishini qildi: to‘yxonaga shirakayf
bo‘lib kelgan va to‘s-to‘polon ko‘tarayotgan Pepeni qizil kartochka
yordamida sahnadan chetlashtirdi. Bu narsa Joze Mourinyoga sira
yoqmadi, shekilli, u suxandonga qarata ikki qo‘lini kishanlangan
holatda ko‘rsatdi. Portugaliyalik bu bilan Uebbning qamalib ketishi-
ga shama qildi, go‘yo...
Xerard Pike tabiiyki, to‘yga mahbubasi – Shakira hamrohligida
kelgan. Ko‘p o‘tmay kolumbiyalik shaddod xonanda mikrofonni
qo‘lga olib, “Waka-waka”ni kuylay boshladi. U bu bilan barchani
raqsga taklif etganday bo‘ldi. Yig‘ilganlar xursand, raqs ayni avj pal-
lasida. Biroq Mesut Ozilning g‘ashi keldi, chog‘i, turkcha lezginka-
ga buyurtma berib, Nuri Shahin va Hamit Oltintopga master-klass
ko‘rsatishga tushdi. Ozilning harakatlaridan ruhlangan Marselo va
Kaka brazilcha sambani ko‘z-ko‘z qilishdi. Keyin navbat ispanlar-
ga yetib keldi. Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Xabi Alonso, Alvaro Ar-
beloa davrani to‘ldirib, ispancha musiqaga yayrab raqs tushishdi-
ki, atrofni chang-to‘zon tutib ketdi. Messi, Pike, Inesta, Runi, Nani,
Giggz, Skoulz kabi martabali mehmonlar esa raqqosalar bilan sokin
musiqaga hamohang harakatlanishni ma’qul topishdi. Ser Fergi ho-
tamtoy ekan, qistir-qistirni o‘z o‘rniga qo‘ydi. Arsen Venger esa sal
qurumsoqroq chiqdi: u raqqosalarga dollar yoki yevro emas, balki
yapon ienasini qistirdi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |