Yusupov FURQAT
geografik nuqtai nazardan biz Markaziy Osiyoda joylashganmiz.
Lekin... Ana, Avstraliyaga Osiyoda nima bor? Keling, xaritaga qa-
rang, “yashil qit’a” qayoqda-yu, Osiyo qayoqda. Ikkinchi tomondan,
G‘arbiy va Sharqiy Osiyo iqlimi bir-biridan mutlaqo farq qiladi, eng
yomoni, har ikki mintaqaniki biznikiga sira mos emas...”. Negadir
xonada mening sevimli ustozim – tarix fani domlasi ko‘rinmayot-
gandilar. Mana, nihoyat, ularning kelishlari bilan munozara yana-
da qizidi: “Futbol angliyaliklar tomonidan ixtiro qilingan. Oradan
qancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, qiziqarliligicha qolmoqda, qolaver-
sa, yanada taraqqiy etmoqda. Tarix bizning bugungi gapimizga
o‘xshab, ko‘plab gollarning shodasini ko‘rgan. Pele-yu Maradona,
Ronaldo-yu Garrincha futbol olamida o‘z nomlarini qoldirishgan.
Bizga aynan shunday shaxslar kerak”, deya gaplarini yakunlamoq-
chi bo‘lib turgandilarki, nogahon O‘zbekiston tarixidan ham dars
o‘tishlarini eslab qoldilar, chog‘i, davom etdilar: “O‘zbekiston ter-
masi o‘z tarixida hali bunday alamli mag‘lubiyatga uchragan emas-
di. Eh, Shkvirin, Qosimov, Krasnitskiy, Abduraimov... Essiz, ular
tarixga aylandilar-da...”
Qarang, onat tili fanidan dars o‘tadigan ayamiz ham kechagi
o‘yinni ko‘ribdilar. Buni hattoki, xayolimga keltirmagandim. Endi
shu xayollarga ham bevafolik qilishimga to‘g‘ri keladi-yov. Qisqasi,
ona tili o‘qituvchimizga quloq tutamiz: “Futbolchilarimiz hujum-
ga o‘tganda, son bo‘yicha ustunlik qilishlari lozim edi. O‘yin sifa-
ti ham yaxshi emas. O‘yinchilarning fe’l-atvorlarini o‘zgartirmasa
bo‘lmaydi, shekilli. Ular bo‘sh nuqtalarda bir-birlarining o‘rinlarini
to‘ldiruv chi vazifasini bajara olishmadi sira. To‘pga ega chiqqan ho-
latlarda esa ot singari chopish o‘rniga, sudralib yurishdi. Natijada,
raqib o‘z so‘zini aytdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. Bizga himoya bilan
hujumni bog‘lovchi o‘yinchilar zarur”. Ha, bu kishining fikrlarida
ham jon bor: sifat, son, fe’l, ot...
27
FUTBOL FALSAFASI
Jismoniy tarbiya fani ustozimiz futbolning asl “jinni”laridan biri.
Ular endi jim o‘tirsalar bo‘lmasdi. Bu o‘z kasblari yuzasidan ham
obro‘lariga to‘g‘ri kelmasdi. Shuni tushungan holda “Futbolchi-
larimizning jismoniy holatlari yaxshi emas. Ba’zi vaziyatlarda yu-
gurishga nafaslari yetmay qolyapti. 30 metr masofaga zo‘rg‘a 6-7
sekundda yetib borishyapti. Ikkinchi qavatda basketbolchilardek
sakray olishmayapti. Qolaversa, shaxmatchilardek o‘ylash yo‘q”,
– deya fikrlarini bayon etayotgan vaqtda birdan konstitutsiya fani
o‘qituvchisi oraga burun suqdilar: “Biznikilarga qonun-qoidalarni
yaxshilab o‘rgatish shart. Raqibni bo‘lar-bo‘lmasga chaliyverish ne
oqibatlarga olib kelishini ko‘rdik-ku. O‘zi murabbiy futbol haqidagi
moddalarni o‘rgatadimi?”
“To‘ppa-tog‘ri, – ularning aytganlarini ma’qulladilar informatika
o‘qituvchimiz. – Hakam ham bitta xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi
bo‘lim boshlaridagi vaziyatda Geynrix o‘yindan tashqari holatda
emasdi. Bu kompyuter grafikasida yaqqol bilinib turibdi. Inchunin,
hakamlar videolavhalarni ko‘rishlari kerak”.
Shuncha gap-so‘zlardan so‘ng vatan tuyg‘usi fani o‘qituvchisi jim
turishni o‘zlariga ep ko‘rmadilar: “Futbolchilarimizga vatanparvar-
lik yetishmadi. Ular vatan sha’ni, el-yurt obro‘si, or-nomusi uchun
o‘ynashlari kerak edi”.
Odobnoma fanidan dars beruvchi ayamiz ham garchi futbolni tu-
shunmasalar-da, o‘z fikrlari bilan diqqatni tortdilar: “O‘yinchilar ning
xulq-atvorlari yaxshi emas. Ularga odob-axloq mezonlarini tushu n-
tirib qo‘yish kerakka o‘xshaydi”. Qisqasi, hamma aql o‘rgatish bi-
lan ovora. Munozaraning oxiri ko‘rinmayapti. Endi chiqib ketmoq-
chi edim, mehnat fani o‘qituvchimizning baland ovozlari yangradi:
“Futbolchilarimiz yalqov. Kecha o‘zi mehmonlar ko‘proq mehnat
qilishdi, ter to‘kishdi...” Ularning gaplariga salomatlik sirlari fani
muallimasi ham qo‘shildilar: “Tog‘ri aytasiz. Futbolchilarimiz o‘zla-
28
Do'stlaringiz bilan baham: |