Yusupov FURQAT
bo‘lardi. O‘z navbatini kutaverib charchagan, sochlariga oq qoral-
agan hujumchini esa na quvonishni va na kuyunishni bilardi. Qu-
vonay desa murabbiydan sado chiqmayapti, kuyunay desa... Shu
orada u ham xayolga cho‘mdi, beixtiyor: “Ishlar silliq kechyapti.
Bu yaramaslarning oyoqlariga to‘p tegmasa ham mayli. Mana shu
zaxira o‘rindig‘ida men kabi ma’yus o‘tirganlaringizni bir ko‘rsam
ekan. Raqiblar yana qo‘polroq o‘ynab, to‘pni to‘xtatolmaydigan laq-
ma raqobatchilarimni “ta’til”ga chiqarishsami? Oh-oh, shunda kal
boshingiz qanday tirishishini tomosha qilardim-da ustoz...”
Nihoyat, o‘yin ham tugadi. “Sholikor” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngi-
da sharmandalarcha yutqazdi. Zaxiradagilar bir tomondan xursand,
boshqa tomondan... Bosh murabbiyning qovog‘idan qor yog‘ilib, te-
pasida qora bulutlar to‘plandi. Bunday o‘yindan keyin kursisi an-
cha qimirlab qoldi-da. Ehtimol, u iste’foga chiqar va yangi murab-
biy zaxiradagilarga quloq solar...? Balki shunday ham bo‘lar, lekin
bu ish bilan jamoadagi ishlar oldinga siljirmikan...? Yo‘q-yo‘q, axir
hamjihatlik bo‘lmagan joyda natijaga erishish mumkinmi...?
2012
AJABTOVUR BAZM
Oliy ligadan tushib ketgan jamoa a’zolari bu vazifani sharaf bi-
lan uddalaganlari munosabati bilan alohida “banket” uyushtirish-
di. Bayram bayramdek bo‘lishi uchun dasturxonga xilma-xil ichim-
liklar qo‘yildi. Tantanali oqshom boshlanishi hamono jamoa bosh
murabbiyi barchaning e’tiborini o‘ziga tortib, yig‘ilganlardan qadah
ko‘tarishini so‘radi va muloyimgina, lekin dadil holda so‘z boshladi:
– Oliy ligadan tushib ketganimiz bilan barchangizni tabriklash-
ga ijozat bersangiz. Zero, bunday baxtga atigi ikkita omadli jamoa
21
FUTBOL FALSAFASI
sazovor bo‘ldi. Qarangki, ulardan biri aynan bizning jamoa. Mav-
sum davomida ko‘rsatgan jasoratimiz barcha raqiblarimizni cheksiz
xursand qildi va hamon ulardan tinimsiz minnatdorchiliklar kelib
turibdi. Ha, to‘g‘ri, o‘zimizning kam sonli muxlislarimizni ozgina
ranjitib qo‘yganimiz rost. Hechqisi yo‘q. Axir qolgan jamoalarning
ko‘p sonli fanatlari aynan biz tufayli xafa emas, xursandlar. Tan
olaylik, bunday mardlik hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Endi har biringizga bo‘lajak mavsumda ham yangi jamoangiz bilan
shunday ulug‘ sharafga erishishdek buyuk baxt tilayman.
Murabbiy o‘rniga o‘tirgach, qadahlar ko‘tarildi va barcha-barcha
mamnun holda bazmni davom ettirdi. Muayyan vaqtdan so‘ng tab-
rik so‘zi jamoaning “ishongan tog‘i” – darvozabonga berildi. Albat-
ta, u ham quvnoq kayfiyatga mos tushadigan so‘zlarni topib gapirdi:
– Bugungi bayramning uyushtirilishida mening ham ozmi-ko‘p
hissam borligidan baxtiyorman. Bilmadim, agarda darvozada bosh-
qa birov turganida, bugungi bayram bo‘lmasmidi, balki? O‘z o‘rni-
da meni muntazam qo‘llab-quvvatlab turgan himoyachilarimizga
alohida tashakkur izhor etaman. Xullas,, navbatdagi qadahni hi-
moyachilarimiz uchun ko‘tarishingizni iltimos qilaman.
Qadahlar bir-biriga urishtirilayotgan pallada mudofaa chizig‘i
vakili shartta o‘rnidan turib, ampluadoshlari nomidan gapirmoqchi
ekanligini ma’lum qildi. Shunda hamma yengil qarsak chalgan hol-
da unga quloq tutdi:
– Ushbu mavsum barcha ampluadoshlarim uchun o‘ta muvaf-
faqiyatli keldi. Shaxsan o‘zim eng omadli davrni boshdan o‘tkazdim,
desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Qadrdon jamoadoshlarim, o‘z darvo-
zamizga urgan 5 ta gol uchun qanchadan-qancha olqish olganim-
ni bir tasavvur qiling. Buning oldida bir-ikki marta so‘kish eshitish
hech narsa emas. Mana, raqiblarimiz muxlislari meni eng foydali
o‘yinchi, deb topishdi. Hatto mavsum yakunida maxsus sovrin lau
-
22
Do'stlaringiz bilan baham: |