furfurolatseton polimerlari
Furfurolatseton polimerlarining xom-ashyosi.
Furfurol ketonlar bilan reaktsiyaga kirishib polifunktsional birikmalar - mono- va difurfurilidenketonlar hosil qiladi. Furfurilidenatseton asosidagi polimerlar keng amaliy ahamiyatga ega. Mono- va difurfurilidenatsetonlar, furfurol bilan atsetonni kuchsiz ishqoriy spirt yoki suv muqitida reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo`ladi. Sanoatda furfurolatseton polimerlarini olishda monomer FA va mo-nomer FAM lar ishlatiladi. Monomer FA - ekvimol miqdordagi furfurol va atsetonni ishqoriy muqitda reaktsiyaga kiritib olinadi. Uning tarkibi quyidagicha (%):
Monofurfurilidenatseton 65-70
Difurfurilidenatseton 20-25
Oligomerlar 2-5
Suv 0,5-1,5
Furfurol 1,3 gacha
Atseton 1,0 gacha
Monomer FA ni rezol fenol-formaldegid oligomerlari olinadigan reaktorda sintez qilinadi. Reaktorga yangi xaydab olingan furfurol va atseton solinib, yaxshilab aralashtiriladi hamda qaytar sovutgich ishgà tushirilgach, katalizator - o`yuvchi natriyning suvdagi 20% li eritmasi quyiladi. Reaktsiya natijasidà katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Reaktsiya muxitida 47-520С haroratni ushlab turish maqsadida, reaktor qobiqiga soviq suv yuboriladi.
Ekzotermik jarayon tugagach, rektsiya massasi, qobiqqa bug’ berish orqali 86-960С gacha ko`tariladi va shu haroratda 6 soat ushlab turiladi. So`ngra reaktsiya muqiti 25-300С gacha sovitiladi va aralashtirib turib 30% li sulfat kislotasi yoki boshqa mineral kislota bilan neytrallanadi. So`ngra reaktsiya massasi sokin holda ushlanadi va bunda u 2 qavatga ajraladi (FA mnomeri cho`kadi, suv tepada yiqiladi). Tepada yig’ilgan suv dekontatsiya qilib (quyib) olinadi. Reaktorda qolgan monomer FA 1,5-2 soat davomida aralashtirib turib yuqori haroratda quritiladi. Tayyor monomer FA sovitilib, idishlarga quyib olinadi.
Monomer FA - to`q jigarrang rangli, atsetonda yaxshi eriydigan (suvda erimaydi) suyuqlik. Uning qaynash harorati 160-2400C, zichligi 200 C da1090 kg/m3, 170-1800C da katalizator ishtirokida (benzolsulfokislota) qotish te-zligi kami bilan 40 sek.
FAM monomeri 1,5 mol furfurol bilan 1 mol atsetondan, monomer FA ga o`xshatib olinali. Ammo FAM monomeri tarkibida difurfurilide-natseton miqdori (65%) monomer FA dagidan ancha ko`p bo`ladi.
FAM dan olingan to`rsimon polimer, xuddi shunday FA monomeridan olingan polimerga nisbatan yuqori issiqbardoshlik va kimyoviy chidamlili-kni namoyon etadi.
Sanoatda furfurolatseton oligomerlari quyidagi usulda olinadi.
FA monomeri, qaytar sovutgichli reaktorda qaynatiladi va qaynash 6-8 soat davom ettiriladi. So`ngra massani harorati 180-1900C, uchayotgan bug’lar harorati 1100C gacha engil uchuvchi moddalar haydaladi. Bu jarayon olingan oligomerni bo`yicha tomchi tushish harorati 70-1100C bo`lguncha davom ettiriladi. Oligomer atsetonda yaxshi eriydi va yuqori haroratda (280-3000C da 2-4 min.) katalizatorsiz va ionli katalizatorlar ishtirokida (2500C da 1% benzolsulfokislota bilan 5-7 min, 5% bilan 1-2 min.) qotadi. Difurfurilidenatsetonni oligomeri, monomer difurfurilidenatse-tonni reaktorda, aralashtirib turib, to`qri savutgichni ishlash qolatida, 190-2000S da, Ubbelode bo`yicha tomchi tushish qarorati 95-110-110℃ bo`lgunicha qizdirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |