Furfurol polimerlarini ishlab chiqarish furfurolatseton polimerlari Furfuril polimerlarini ishlab chiqarish



Download 140,43 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2022
Hajmi140,43 Kb.
#529458
  1   2   3
Bog'liq
Furan polimerlari


FURAN POLIMERLARI VA ULAR ASOSIDAGI PLASTIK MASSALAR TEXNOLOGIYASI
Reja:
  • furfurol polimerlarini ishlab chiqarish
  • furfurolatseton polimerlari
  • Furfuril polimerlarini ishlab chiqarish
  • Furan polimerlari asosida olinadigan plastik massalar
  • Furfurol-atseton oligomerlari asosida olinadigan press-materiallar

Furan polimerlari geterozanjirli yuqori molekulali birikmalardan bo`lib, ular furan qatoriga kiruvchi monomerlar - furfurol, furfuril spirti, furfurildenketonlar (masalan: furfurilidenatseton) asosida olinadi. Ishlatilayotgan monomerlarga qarab furan polimerlari, furfurol asosidagi, furfuril spirti asosidagi va furfurolatseton asosidagi polimerlarga bo`linadi.
Furan xosilalarining polifunktsionalligi - tsikldagi to`yinmagan bog’lar, yon zanjirdagi karbonil va vinil guruhlari, hamda harakatchan vodorodlar, ular asosida harorat yoki harorat va katalizator ta`siri ostida suyuqlanmaydigan va erimaydigan zich tikilgan polimerlar hosil qiluvchi, termoreaktiv oligomerlar hosil bo`lishiga olib keladi.
Tikilgan furan polimerlari, yuqori issiqbardoshlikka (300-5000C), turli agressiv muqitlar ta`siriga o`ta chidamlilikka (kuchli oksidlovchilardan tashqari) va katta pirolitik qoldiqqa ega. Ular radiatsiya ta`siriga chidamli, qoniqarli dielektrik xususiyatlarga ega. Ammo furan oligo-merlarini qotishi, ular zichligini anchagina ortishi (1100-1200 dan 1400-1500 kg/m3 gacha) bilan borganidan, ular qotganida materialni yorilishga va adgeziyasini yomonlashishiga olib keladi.
furfurol polimerlarini ishlab chiqarish
Furfurolni turli reaktsiyalarda qatnashish faolligi katta. Furfurol oddiy sharoitda uzoq saqlanganda, oksidlanish natijasida geterotsiklni uzilish reaktsiyalari ketib, furfuril tarkibida turli kislotalar (levulin) xosil bo`ladi. Bu kislotalar furfurolni polimerlanishga olib keladilar.
Mineral kislotalar (sulfat, xlorid), organik sulfokislotalar (benzolsulfokislota, n-toluolsulfokislota), metallarni galogenidlari (tsink xloridi), anilinni xlorid vodorodli tuzi va boshqa katalizatorlar (ion katalizatorlari) ishtirokida polimer hosil bo`lish reaktsiyasi katta tezlikda ketadi. Reaktsiya natijasidà furfurol qora rangli suyuqlanmaydigan, erimaydigan polimerga aylanadi.
Yuqori haroratda qo`sh boqlar hisobiga polimerlanish reaktsiyalari ketishi mumkin.
Furfurolni eruvchi va suyuqlanuvchi oligomerlarini, ularni aminlar, masalan geksametilentetramin (oligomer FG-1), furfuramid (oligomer FF-1) va boshqa azotsaqlovchi birikmalar ishtirokida 120-1400С da qizdirib olish mumkin. Texnologik jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Novolak fenol-formaldegid oligomerlarini sintez qilishda ishlati-ladigan, aralashtirgichli reaktorga, yangi xaydab olingan furfurol va amin (7-30% furfurol massasidan) solinadi. Aralashma qaytargich sovutgichni ishlatilgan xolda qaynaguncha qizdiriladi va shu qaroratda 8-12 soat ushlab turiladi (reaktsiya muqitida bo`sh furfurol miqdori kamayishi boshlanguni-cha). So`ngra reaktsiya massasi qarorati 160-1800С da, engil uchuvchilar qaydab yuboriladi (uchib chiqayotgan buqlar qarorati 110-1150С.).
Reaktsiya natijasida to`q-jigarrang rangli, Ubellode bo`yicha tomchi tushish qarorati 70-1150С, molekula massasi 500-1200 bo`lgan oligomerlar qosil bo`ladi. Oligomerlar 190-2500С da katalizatorsiz yoki sulfokislota-lar ishtirokida qotadilar .
Press-materiallar olish uchun oligomerlar to`ldirgich bilan to`ldiriladi (kaolin, oq qurum va b.), unga surtiluvchi va katalizator qo`shilib, 80-1200С da valtslanadi, so`ngra maydalanadi. Mo`rtligini kamay-tirish maqsadida kauchuk bilan modifitsirlanadi (20% oligomer massasi-dan). Bunday press-materiallardan tayyorlangan buyumlar 2500С gacha qoniqarli darajada fizik-mexanik va dielektrikli xossalarini saqlaydilar. Furfurolni polimerlari gruntalarni gidrobarqarorlovchi, shimiluvchi va quyish tarkiblarini tayyorlashda ishlatiladi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish