Fuqoroligi bo`lmagan shaxslar
va chet el fuqorolarinig
huquqiy xolati
Reja: 1.Chet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari 2. Huquqiy yordamlar 3. Fuqarolikni berish va doimiy ro'yxatga qo'yish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday huquqiy asos va hujjatlar talab qilinadi Chet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlar -
- FPKning 386-391-moddalarida belgilanganidek, chet el fuqarolari, shuningdek O`zbekiston Respublikasida yashovchi, ammo fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va respublika fuqarolari bilan bir qatorda fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadilar. Chet el korxonalari va tashkilotlari ham O`zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va o`zlarining manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlaridan foydalanadilar.
- Chet davlatlarda O`zbekiston fuqarolarining protsessual huquqlarini cheklashga yo`l qo`yilishi mumkinligini e`tiborga olib, fuqarolik sud ishlarini yuritish fuqarolarning, korxona yoki tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquqlarini maxsus cheklagan davlatlarga javoban qonun ularning fuqarolariga, korxona va tashilotlariga nisbatan ham shunday cheklashlarni belgilashi mumkin. Bu qonunga muvofiq chet el davlatlariga da`vo qo`zg`atishga, da`voni ta`minlashga va chet davlatning Respublikadagi mulkidan haq undirishga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari ruhsati bilangina yo`l qo`yilishi mumkin.
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning mehnat faoliyati tartibi
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning mehnat faoliyati tartibi - Joriy yil 2 aprel kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasining Ishchi guruhi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisiga Qo`mita tomonidan kiritilishi rejalashtirilgan “O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holati to`g`risida”gi Qonuni ko`rib chiqildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.
- Qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning respublikadagi mehnat faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida mamlakatdan chiqish va unga kirishni tashkil etish tizimi va mexanizmlarini tartibga solish, shuningdek, mehnat organlarining faoliyatini rivojlantirish bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
- Shu bilan birga, xorijiy migrantlarning kirib kelishiga tanlovga oid yondashuvga asoslangan differensiyalashtirilgan immigrasiya siyosatiga qaratilgan zarur choralar ko`rilmoqda.
- Ushbu Qonun O`zbekiston Respublikasi hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
- Hujjatda O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, ularga siyosiy boshpana berish, ularning O`zbekiston Respublikasida kirishlari va chiqishlari, davlatimiz hududi orqali tranzit o`tishlari va qoidalarini buzgan holda javobgarligi, respublikamizda bo`lish tartibi va muddatini qisqartirish, shuningdek, harakatlanishi va vaqtincha yashash joyi (doimiy yashash joyi)ning tanlashi, mehnat faoliyati va boshqa huquqlari batafsil belgilangan.
- Qonunning qabul qilinishi respublikada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solishning yaxlit tizimini o`rnatishga, 1990-2000 yillarda qabul qilingan turli (asosan qonunosti) qonun hujjatlari bilan shakllantirilgan huquqiy asoslarni unifikasiyalash va chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan munosabatlarning davr talabiga moslashtirishga xizmat qiladi.
- Bundan tashqari, hujjat bilan mehnat munosabatlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qilishning shaffof va ochiq tartibi yaratiladi, chet el fuqarolarining davlat xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini beriladi.
- Qonun yuzasidan Qo`mita a`zolari, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |