- Har bir davlatning yustitsiya organlari o`z faoliyatlarini o`z mamlakatlari doirasidagina to`la hajmda amalga oshirishlari mumkin. Chet mamlakatlarda protsessual harakatlarning qaysi mamlakat hududida amalga oshirilishi lozim bo`lsa, faqat shu mamlakat davlatining roziligi bilangina va uning huquqiy tashkilotlari yordami bilangina amalga oshirishlari mumkin.
- Chet davlat fuqarolari va yuridik shaxslari boshqa davlatning sud organlarida harakat qilishlarida shartnoma yoki bitimlar asosida huquqiy yordam oladilar.
- Huquqiy yordam deganda shaxsiy va mulkiy huquq, oila va vorislik huquqi normalari, chet davlat fuqarolari yoki korxonalari va tashkilotlari ishtirok etayotgan ishlarning biron-bir tashkilotga yoki sudga taalluqli bo`lishligi, mulkiy nizolar hamda nomulkiy xarakterdagi ishlar bo`yicha huquqlarning tan olinishi va sud qarorlarining ijro etilishini tartibga soladigan normalar tushuniladi.
Fuqarolikni berish va doimiy ro'yxatga qo'yish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday huquqiy asos va hujjatlar talab qilinadi
Fuqarolikni berish va doimiy ro'yxatga qo'yish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday huquqiy asos va hujjatlar talab qilinadi? - Fuqarolikni berish va doimiy ro'yxatga qo'yish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday huquqiy asos va hujjatlar talab qilinadi?
- — Avvalo, yangi qonundagi eng asosiy yangiliklardan biri sifatida 1995 yil 1 yanvar`ga qadar O'zbekistonga kirib kelgan va doimiy yashash uchun ro'yxatdan o'tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston fuqarosi, deb tan olinishini aytish mumkin. Yurtimizda yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan 95 ming 857 shaxsdan 49 ming 228 nafari 1995 yilning 1 yanvariga qadar doimiy ro'yxatdan o'tgan. Yangi qonun bilan esa qolgan 50 mingga yaqin yurtdoshimizning fuqarolik bilan bog'liq muammosi hal etilishi uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi.
- 2016 yilga qadar 482 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxsga fuqarolik berilgan bo'lsa, 2016 yil dekabr` oyidan buyon Prezidentimiz farmoni bilan 16 mingdan ortiq yurtdoshimiz O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'ldi. Toshkent shahrida 68 ming 649, Toshkent viloyatida 23 ming 623 fuqaromiz doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olindi.
- Yangi qonun bilan fuqarolikni berish, doimiy ro'yxatga qo'yish tizimidagi o'zgarishlar, buning uchun talab etiladigan huquqiy asos va zarur hujjatlar, qaysi idoraga va qay tartibda murojaat qilish masalasi bugun ko'pchilikni qiziqtirayotgani tabiiy.Fuqarolikka qabul qilish uchun O'zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar doimiy istiqomat joylaridagi ichki ishlar organlari orqali mamlakat Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish to'g'risida ariza bilan murojaat qiladi.Ikki nusxadagi ariza-so'rovnomaga xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik to'g'risida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan tashqari), ikki nusxada tarjimai hol, kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma'lumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, dividendlar va kun kechirishning boshqa manbalari ko'rsatilgan boshqa hujjat), to'rtta fotosurat, oilasining tarkibi to'g'risida ish joyidan ikki nusxada ma'lumotnoma, davlat boji to'langanligi yoki uni to'lashdan ozod qilinganligi haqidagi hujjat ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |