. Majburiyatni bajarish predmeti
Moddiy narsalar (ashyolar, pullar), shuningdek ijodiy mexnat natijalari (yaratilgan asarlar), umuman nimaning barpo etilishi yoki topshirilishi to‘g‘risida majburiyat belgilansa, u bajarish predmeti bo‘ladi. Faqat u fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar bo‘lishi kerak. Masalan, kreditorga majburiyat bo‘yicha muayyan bir ashyoni, jumladan, o‘ziga xos belgilari bo‘lgan narsani topshirish lozim.
Aytaylik, majburiyat predmeti jismiy alomatlari, jumladan, son, og‘irlik yoki o‘lchov bilan belgilanadigan bo‘lsa-qarzdor tomonidan shu xildagi son, og‘irlik yoki o‘lchov bilan belgilanadigan ashyo topshirilishi kerak.
Pul majburiyatida u so‘mlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summadagi ekvivalent (teng) bo‘lgan summadagi yoki shartli pul birliklari (Evro, "maxsus qarz olish huquqlari" va xokazolar) bilan to‘lanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday xollarda, odatda, xisob-kitoblar to‘lov kunidagi rasmiy kurs bo‘yicha belgilanadi. Pul to‘g‘risidagi majburiyatlarni chet el valyutasida ifodalash hamda to‘lashga faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan xollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |