Fuqarolik xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo‘yilgan



Download 0,59 Mb.
bet45/49
Sana18.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#177824
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Fuqarolik xuquq

Jamoat fondlari mulki. O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi 2003 yil 29 avgust qonunida berilgan ta’rifga ko‘ra, «YUridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat, notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida respublika fondlari hamda maxalliy fondlar tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Fond muassislarining (muassisning) qaroriga binoan yoki vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Bir yoki bir nechta yuridik va (yoki) jismoniy shaxs fond muassislari (muassisi) bo‘lishi mumkin.

Muassislar (muassis) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan fondga o‘tkazilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk jamoat fondining mulki xisoblanadi.

Binolar, inshootlar, turar joylar va boshqa imoratlar, asbob-uskunalar, inventar pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar hamda o‘zga mol-mulk fondning mulki bo‘lishi mumkin.

Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganda vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. YOki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Fondni tashkil etish uchun zarur dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

Eng muhimi, fondni mol-mulki muassislar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

SHuningdek fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.

Qonunga muvofiq, fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

- muassislar (muassis) tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan (o‘tkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar;

- fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilgan taqdirda vasiyat qiluvchining fondga o‘tkazilgan mol-mulki;

- yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;

- yuridik va jismoniy shaxslar davlat, chet-el va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;

-fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);

- qonun xujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar;

- fondning mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy harajatlarni qoplash uchun foydalanish mumkin. Fondning ma’muriy harajatlari fond tomonidan xisobot davrida fondni boshqarish uchun qilingan barcha harajatlarni va birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun foydalanish mumkin. Fondning ma’muriy harajatlari fond tomonidan xisobot davrida fondni boshqarish uchun qilingan barcha harajatlarni va birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zarur harajatlarni, fondning o‘z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun reklamaga sarflagan harajatlarni, shuningdek qonun xujjatlariga muvofiq fond faoliyati bilan bog‘liq harajatlarni va to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.

Har yilgi ma’muriy harajatlarning jami summasi, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga xaq to‘lash hamda ularni o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq harajatlarni kompensatsiya qilish fondning barcha harajatlari summasining 20 foizidan oshmasligi kerak.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish