Fuqarolik xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo‘yilgan


Fuqarolik huquqining metodi va vazifalari



Download 0,59 Mb.
bet4/49
Sana18.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#177824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Fuqarolik xuquq

4. Fuqarolik huquqining metodi va vazifalari
Huquq tartibga solish metodi, ma’lumki, muayyan huquq sohasining predmetini tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan huquqiy vosita va usullarning majmuasini anglatadi. Bunday ta’sir ko‘rsatishning samarali bo‘lishi va bunda ijobiy natijaga erishish uchun qo‘llaniladigan vositalar tartibga solinadigan munosabatlarning asl mohiyatiga, ularning tabiatiga muvofiq kelishi muhim ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, huquqni tartibga solish metodining mazmuni uning predmeti, tabiatini belgilab berishi lozim.Fuqarolik huquqida bir-biriga bo‘ysunmaydigan mustaqil sub’ektlarning tengligi, erkin xohish irodasi asosida shakllanadigan xususiy (mulkiy va nomulkiy) munosabatlar haqida so‘z borganligi bois, uning metodi ommaviy huquq tizimi doirasida foydalaniladigan vosita va usullardan farq qiladi. Agar ommaviy huquqning tabiatiga ko‘ra, unda aksariyat ma’muriy tusdagi ko‘rsatma, farmoyish va ta’qiq metodlari amal qilsa, xususiy huquq (fuqarolik huquqi) uchun esa, sub’ektlarga o‘z ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga xizmat qiladigan huquqiy vositalardan mustaqil foydalanish hamda tashabbus ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratuvchi dispozitiv (belgilab beruvchi) vositalar va usullar xosdir.Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish metodining sohasi xususiy huquqqa taalluqliligini, uning muayyan turdagi munosabatlarga samarali ta’sir ko‘rsatish uchun muvofiqligini belgilovchi to‘rtta asosiy belgilari mavjud:

-tartibga solinadigan munosabatlar sub’ektlari (ishtirokchilari) ning huquqiy holati;

-sub’ektlar o‘rtasidagi huquqiy aloqalar (munosabatlar)ning vujudga kelish xususiyatlari;

-nizolarni hal etishning o‘ziga hosligi;

-huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov ta’sir choralarining xususiyatlari.

Xususiy huquq tartibga solishning xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu belgilarni fuqarolik huquqi metodida quyidagicha talqin qilish mumkin:

1. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligini tan olish yo‘li bilan ularning iqtisodiy mustaqilligi va bir-biriga qaram emasligi e’tirof etiladi. Fuqarolik huquqi metodining asosiy tavsifini belgilovchi sub’ektlarning yuridik tengligi ularning qonunga zid bo‘lmagan erkin xatti-harakatlari uchun huquqiy asos yaratish bilan birga, har qanday ma’muriy tusdagi majburlov, aler burish kabi vosita va usullarga chek qo‘yadi.

2. Umumiy qoidaga ko‘ra, ishtirokchilarning iqtisodiy mustaqilligi va bir-biriga qaram bo‘lmasligi ularnig o‘zaro kelishuv, o‘z erklariga muvofiq harakat qilishlariga imkon beradi. SHuning uchun fuqarolik muomalasi oqibatida sub’ektlar muomalasi sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga solishda huquq va majburiyatlar vujudga kelishiga asos bo‘ladigan vositalardan biri sifatidagi shartnoma(kelishuv)dan foydalanadi.

3. Fuqarolar muomalasida taraflar o‘zaro aloqalari va ularning mazmunini bevosita o‘zlari belgilashlarni ta’minlovchi dispozitiv fuqarolik-huquqiy tusdagi normalarga asoslanadi. Bu qoida ularga qonun bilan ta’qiqlanmagan, maqsadga muvofiq bo‘lgan keng ko‘lamdagi harakatlarni o‘z hohishlari bo‘yicha amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi. Demak, dispozitiv normalarda belgilangan hollarga muvofiq taraflar o‘zaro kelishib, harakat qilishlari yoki ularni qo‘llashdan voz kechishlari va boshqa shartlarni (qonunga zid bo‘lmagan) o‘z xatti-harakatlari uchun asos qilib olishlari mumkin.

4. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish vositalaridan foydalanish yoxud foydalanmaslikni o‘z xohishlariga ko‘ra hal qilishda erkindirlar. Bu o‘z navbatida, ularning o‘zaro aloqalarini tashabbus ko‘rsatish orqali amalga oshishidan dalolat beradi. Binobarin, sub’ektlarga tashabbus ko‘rsatishga va o‘z munosabatlarini tashkillashtirishga intilish bo‘lmas ekan, yaxshi natijaga erishish qiyin bo‘ladi.

5. Ishtirokchilarning bir-biriga qaram bo‘lmasligi va mustaqilligi, tengligi ular o‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tashkiliy-ma’muriy, mulkiy, shaxsiy va boshqa jihatdan mustaqil hamda betaraf organ tomonidan hal etilishini taqozo etadi. Bunday organ vazifasini umumiy sudlar, xo‘jalik sudlari, xolis sudlar bajaradilar. Demak, fuqarolik huquqlarini himoya qilish va hal etishning sud tartibi fuqarolik huquqida qo‘llaniladigan usullardan biri deb hisoblanadi.

6. Huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosan mulkiy harakterda bo‘ladi. Fuqarolik huquqi predmetining asosiy qismini tashkil etgan mulkiy, shuningdek, mulk bilan bog‘liq bo‘lgan nomulkiy munosabatlar, tabiiyki, fuqarolik-huquqiy choralarni, xususan fuqarolik-huquqiy javobgarlikning ham mulkiy (moddiy) ko‘rinishda bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda, mulkiy zarar ko‘rgan taraf ushbu zararning o‘rnini mulk bilan yoki unga teng bo‘lgan qiymatda pul bilan qoplashni talab qilishga haqli. Ta’kidlash joizki, fuqarolik huquqi bo‘yicha hatto ma’naviy zarar ham pul (mulkiy) shaklida undirilishi nazarda tutilgan.YAgona huquq tizimining tarkibiy qismi sohasi sifatida fuqarolik huquqi o‘ziga taalluqli vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu o‘ziga xos vazifalar fuqarolik huquqining tizimdagi o‘rnini belgilashda ahamiyat kasb etadi. CHunki har qaysi huquq sohasi bajaradigan vazifalar o‘zining tabiati va mazmuniga ko‘ra farq qiladi. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, fuqarolik huquqida tartibga soluvchi va muhofazalovchi vazifalar asosiy o‘rin tutadi. Zero, fuqarolik huquqi, avvalambor, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. U huquq buzilishlaridan ko‘ra, ko‘proq oddiy mulkiy munosabatlarini shakllashtirish bilan bog‘liq. Aynan shuning uchun ham ushbu soha juda oz miqdordagi ta’qiqlovchi va keng doiradagi imkoniyatlar yaratuvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Bunga asoslanib, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari turli fuqarolik-huquqiy vositalar yordamida o‘z faoliyatlarini mustaqil, hech bir tayziqsiz amalga oshiradilar. Demak, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi vazifasi sub’ektlarning erkin tarzda o‘z faoliyatlarini tashabbus asosida o‘zlari tashkil qilishlariga, o‘zlari tartibga solishlariga imkoniyat yaratishdan iborat. Ushbu vazifaning ana shunday maqsadiy yo‘nalishi va mazmuni, aytish mumkinki, fuqaroliq huquqining predmeti tarkibiga kiruvchi munosabatlarning xususiy tabiatidan kelib chiqadi. Bu uni ommaviy huquqning qat’iy belgilangan tusdagi tartibga soluvchi vazifalaridan farqini ko‘rsatadi. Fuqarolik huquqining muhofazalovchi vazifasi, birinchi navbatda, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, buzilgan huquqlarni tiklash yoki etkazilgan zarar o‘rnini qoplash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu vazifaning maqsadiy yo‘nalishi ham mulkiy tovar-pul munosabatlarining bevosita ekvivalent-haq evaziga amalga oshirilishi bilan belgilanadi Muhofazalovchi vazifalarning yana bir muhim jihatlaridan biri, uning ayni paytda ishtirokchilarni nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishga, kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikning oldini olishga xizmat qiluvchi ogohlantiruv-tarbiyaviy yo‘nalishga egaligidir. Uning bu jihati, ayniqsa, shartnomadan tashqari kelib chiqadigan majburiyatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishda yaqqol namoyon bo‘ladi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish