2. Mutlaq va nisbiy huquqiy munosabatlar. Mutlaq huquqiy munosabatlarda sub’ektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasligini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Mutlaq huquqlar noma’lum har bir kimsa tomonidan buzilishi mumkin bo‘lgani sababli har kimdan qo‘riqlanadi. Ularga mulk, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquq kabilar kiradi.
Nisbiy huquqiy munosabatda esa faqat bir shaxs (yoki shaxslar)gina huquq yoki majburiyat oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida majburiyat olgan ma’lum shaxs (yoki shaxslar)ga nisbatangina kuchda bo‘ladi. SHartnomaga asoslangan barcha huquqlar nisbiy huquqlar jumlasidandir. Nisbiy huquqlarga asoslangan talablarning amalga oshirilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan pulning to‘lanishi bo‘yicha o‘z zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan shaxsdangina talab qilish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |