Tizimli sharhlashda huquq normasining mazmuni uning huquq tizimida egallagan o‘rnini belgilash, uni boshqa huquqiy normalar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, 1963 yilda qabul qilingan GKning 321-moddasida mulkning ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda etkazilgan zararlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishiga aytiladi. Bu erda zarar etkazilishi shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatni buzish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun nizo GKning 479-moddasi bilan emas, 321-moddasi bilan hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |