Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki, uzviy, mantiqiy bog‘langanligini aniqlab, huquqiy normaning mazmuni belgilanadi. Masalan, FKning ushbu 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin” deb aytildi. Demak, voyaga etgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan “muomalaga layoqatsiz” deb tanilguniga qadar muomalaga layoqatli deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |