2. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning turlari
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar. Mulkiy harakterdagi munosabatlar deganda, muayyan iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, masalan, mulk yuzasidan belgilanadigan, mulkni sotish, ijaraga qo‘yish va boshqacha shaklda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazish, umuman mulkiy muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tushiniladi.
Mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs (fuqarolar va yuridik shaxslar)ning o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, o‘z sohibidan begonalashtirilishi va birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar, Jumladan, shaxsning mualliflik nomi, qadr-qimmati va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |