Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda qabul qilinganligini belgilash yo‘li bilan aniqlanadi. SHarhlash o‘zining hajmi bo‘yicha tub ma’nodagi sharhda qonunning ma’nosi uning ifodalanish, ya’ni, yozilish shakliga aynan to‘g‘ri kelishi kerak. CHeklangan sharhda qonunning ma’nosi uning ifodalanishiga qaraganda birmuncha torroq ko‘rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning mazmuni uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, FKning 115-moddasida: “Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi”, deb yozilgan.
Bunda “qonun” so‘zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o‘zining ta’siriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |