Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Qarzdorning muqobil talablari



Download 0,5 Mb.
bet149/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

757-modda. Qarzdorning muqobil talablari
Moliya agenti qarzdorga murojaat etib, to‘lovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343-345-moddalariga muvofiq, o‘zining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor talabnomadan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida bildirish olgan paytda ixtiyorida bo‘lgan o‘z pul talabnomalarini inobatga olish uchun taqdim etishga haqli.
Mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash to‘g‘risidagi kelishuvni buzganligi munosabati bilan qarzdor mijozga qo‘yishi mumkin bo‘lgan talablar moliya agentiga nisbatan kuchga ega emas.
758-modda. Moliya agenti olgan summalarning qarzdorga qaytarilishi
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga o‘tgan talabnoma bo‘yicha to‘langan summalarni, agar qarzdor bunday summalarni bevosita mijozdan olishga haqli bo‘lsa, undan qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.
Qarzdor talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish natijasida moliya agentiga to‘langan summalarni bevosita mijozdan olish huquqiga ega bo‘lishiga qaramay, agar moliya agenti talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bog‘liq va’da qilingan to‘lovni mijozga to‘lash majburiyatini bajarmaganligi yoki mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bog‘liq to‘lovni olishi kerak bo‘lgan qarzdor oldidagi majburiyatini buzganligini bila turib, bunday to‘lovni amalga oshirganligi isbot qilingan bo‘lsa, ushbu summalar moliya agenti tomonidan qaytarilishini talab qilishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati]
43-bob. Bank omonati
759-modda. Bank omonati shartnomasi
Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Bank bilan omonatchining omonat qo‘yilgan hisobvaraq bo‘yicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvarag‘i shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bobning banklarga doir qoidalari qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslardan omonatlar qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham qo‘llanadi.
(759-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida nizom”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish