59
Yuqoridagi me’yor ham mazmunan Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi 21-moddasini takrorlaydi va ushbu talablar O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida batafsil aks ettirilgan.
Uchinchidan,
O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini boshqa
xalqaro standartlar, xususan, 1952 yil 20 dekabrdagi “Ayollar
siyosiy huquqlari
to’g’risida”gi Konvesiyaning 1 va 2-moddalariga, Parlamentlararo Ittifoq
Kengashining 1994 yil Parijda bo’lib o’tgan 154-sessiyasida qabul qilingan “Erkin
va adolatli saylov mezonlari to’g’risida”gi Deklaratsiyaning tegishli me’yorlariga,
YeXHTning 1990 yildagi Kopengagenda o’tkazilgan “Insoniylik mezonlari
bo’yicha” Konferensiya yig’ilishi hujjatining 7-bandiga, shuningdek, “Mustaqil
davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlarda demokratik saylovlar,
saylov huquqi va
erkinliklarining standartlari to’g’risida”gi 2002 yil 7 oktyabrdagi Konvensiyaning
1–10-moddalarga mosligini ta’kidlash mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelish mumkinki,
O’zbekiston Respublikasida saylov jarayonlariga oid munosabatlarni huquqiy
tartibga
soluvchi
milliy
qonunchilikni
shakllantirishda
xalqaro
huquq
me’yorlarining ustuvorligi tan olingani holda huquq ijodkorligining har bir
bosqichida umume’tirof etilgan tamoyillarga
muvofiq islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu jarayonlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi o’rni va
nufuzini yanada mustahkamlashga asos bo’lib xizmat qiladi.
Bir so’z bilan aytganda, yuqoridagi umume’tirof etilgan tamoyillar
O’zbekiston saylov qonunchiligi uchun birlamchi asos sifatida xizmat qiladi. Oliy
Majlisga ham, Prezidentlikka ham saylovlar to’g’risidagi qonunlarni ishlab
chiqishda ulardan dasturulamal qoidalar sifatida foydalanilgan. Ularga so’zsiz rioya
qilinishi yo’lida mamlakatimiz hamisha konstruktiv muzokaralarga,
hamkorlikka
tayyor. Buni davlatimiz amalda ko’p bora isbotladi.
Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasining milliy saylov qonunchiligi
xalqaro andozalarga mos tarzda takomillashib bormoqda. Bu yurtimizda
kechayotgan keng ko’lamli modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlarining
natijasidir.
60
Qolaversa, demokratik huquqiy davlatning asl mohiyati – davlat hokimiyatini
shakllantirishning asosiy usullaridan biri bo’lgan saylovlarning huquqiy jihatdan
tartibga solinishi, umumiy e’tirof etilgan xalqaro me’yorlar
hamda demokratik
andozalar asosida milliy saylov qonunchiligini yaratish va rivojlantirish bilan
bog’liq. Bugungi kunga qadar O’zbekistonda saylov jarayonlarini huquqiy tartibga
soluvchi o’ndan ortiq qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarda saylov tizimi,
mohiyati, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o’tkazish, ovoz
berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining
kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o’ta muhim masalalarni huquqiy
tartibga solish mezonlari belgilandi.
Demokratik saylovlarni
erkin va mustaqil ommaviy
axborot vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki,
ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning
saylovoldi dasturlari, deputatlikka ko’rsatayotgan
nomzodlari, saylov jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot olish huquqini
ta’minlashi lozim. Shunday qilib, ommaviy axborot
vositalari demokratik
saylovlarni ochiqlik, oshkoralik va transparentlik asosida o’tkazishda muhim vosita
bo’lib, fuqarolik jamiyatining saylovda faol ishtirok etishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalari saylovga
tayyorgarlik ko’rish jarayoni va saylov qanday o’tayotganini yoritib borishi
mustahkamlangan. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda ommaviy axborot
vositalari teng shart-sharoit va imkoniyatlar prinsipiga amal qilgan holda,
deputatlikka
nomzodlarga, siyosiy partiyalar vakillariga o’z efir vaqti va nashr
maydonini qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. Bundan tashqari, ular
fuqarolik jamiyati institutlaridan biri sifatida saylov jarayonida jamoatchilik nazorati
vazifasini bajaradi.
Ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni o’tkazishning
muhim bo’g’ini hisoblanadi. Erkin va adolatli saylovlarning mazmun-mohiyati faqat
maqbul muhitda o’z ovozini berishdan iborat emas, balki saylov jarayonlarida
barcha saylovchilarga saylovda ishtirok
etayotgan siyosiy partiyalar, ro’yxatga
Do'stlaringiz bilan baham: