86
Majlis, Prezident va hukumat o’rtasida o’zaro kelishilgan holda davlat dasturini
yoki konsepsiyani yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday konsepsiyaning qabul
qilinishi ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlarning uzviyligini
ta’minlagan, ularning ma’no-mazmuni va funksional yo’nalishini belgilab bergan,
sohalar o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirib, kelishuvni mustahkamlagan bo’lur edi.
Ko’ppartiyaviylik
tizimini yanada mustahkamlash, raqobatni rivojlantirish
uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy
masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan
pozitsiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar
manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’”[11;
124-б.]
qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Mamlakatda
olib
borilayotgan
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish yo’lida siyosiy partiyalarning rolini oshirishda quyidagi omillarga
e’tibor qaratish lozim:
– har qanday partiya aholi guruhlari hamda aniq ijtimoiy qatlamning manfaat
va intilishlarini ifoda etishi lozim;
– siyosiy partiya kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi
respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar
sifatida o’zini namoyon etishi kerak;
– siyosiy partiyaning maqsadi
– o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi
dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati
vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallashi bilan emas, balki o’z pozitsiyasiga
ega bo’lmog’i lozim;
– har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat
qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z
tomoniga
og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb
qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda
tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Shunday ekan, ular avvalo o’zalari
shunga loyiq tarzda harakat qilishlari talab etiladi.
87
Xulosa qilib aytganda birinchidan, davlat hokimiyati tizimida Oliy
Majlisning
rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim
vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini
amalga oshirish, ikkinchidan siyosiy tizimni rivojlantirish,
davlat va jamiyat
hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat
muhitini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonlarini
erkinlashtirish
o’z mohiyati bilan dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Davlat va jamiyat
qurilishi jarayonlari ochiqligini ta’minlash, ularni
erkinlashtirish siyosati bilan bog’liq yangi sifat
bosqichi yangicha konstitutsiyaviy - demokratik maqomni taqozo etadi.
O’zbekiston 90-yillarning o’rtalarida xalqning insonparvar demokratik
huquqiy davlat barpo etish bilan bog’liq konstitutsiyaviy maqsadidan kelib chiqib,
davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini tezlashtirish niyatida “Kuchli davlatdan -
kuchli fuqarolik jamiyati sari”
siyosiy qurilish dasturini ishlab chiqib, uning ijrosini
to’liq
bajarishga kirishgani, bu islohotlar bugungi kunda o’zining kutilgan
natijalarini berayotganligi erkinlashtirish siyosati amaliyoti va samaralari misolida
hammaga ma’lum.
Ma’lumki, rivojlangan demokratik mamlakatlarda kuchli davlat kuchli
hokimiyatga asoslanadi. Kuchli hokimiyatga ega bo’lish aslida davlat boshqaruvi
tizimi ochiqligi bilan bog’liq. Bu bevosita davlat boshlig’ining Konstitutsiyaviy
maqomiga asoslanadi. Shu jihatdan O’zbekistonda kuchli Prezidentlik boshqaruviga
asoslangan demokratik davlat barpo etildi. Shu
nuqtai nazardan davlat va
jamiyatimiz taraqqiyotini demokratik asosda rivojlantirish va erkinlashtirish uchun
muhim asoslar bo’lgan umumxalq - Referendumi yakunlari va qabul qilingan
Konstitutsiyaviy Qonun maqomi ijrosi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy jarayonlar
kuchli davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sari tashlangan
navbatdagi taqdirilomon qadam bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: