33
Komil inson xarakteri qanday bo’lmog’i kerak, degan masala bilan Abu Nasr
Forobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy,
Al Hakim at-Termiziy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mutafakkirlar shug’ullanib, muhim
xulosalarni bayon etganlar. Nihoyat, ulug’ vatandoshlarimiz Komil inson xarakteri
ezgu va odil xislatlarni sanab sanog’iga yetish qiyin. Ammo uni uch xislatga jam
qilganlar: “Saxo – bor narsani hech kimdan qizg’anmaslik; Safo – qalbni kibru-havo,
gina-qudrat, qasd-g’azabdan poklash; Vafo – hamma vaqt xalq xizmatida bo’lish”.
Shunday qilib, Saxovatlilik faqat moddiy yordam bilan yemas balki o’zgacha ilm
ato yetish bilan ham bo’ladi. Safolik (poklik) yesa birovning qalbini nurga to’ldirish;
Vafolik o’zganing baxtidan xushnud bo’lishdir. Demak, Komil inson o’z xarakteri
bilan o’zgani tarbiyalaydi va o’ziga baxt ato etadi. Uning xarakteri jamiyatda
tipikdir, xarakter tipiklashmasa, komillik bo’lmaydi. Zero, Komil insonda ezgu va
odil xarakterni shakllantirish uchun uning qalbini tarbiyalamoq lozim.
Mutafakkirlarning fikricha, odamlarda besh xil qalb bor:
“o’lik qalb – hech narsaga intilmaydigan qalb;
xasta qalb – yangilikka havasi bor, lekin yordamga muhtoj qalb;
g’ofil qalb – hikmat (onglilik) nuridan bebahra qalb;
uyg’oq qalb – nuri bor, biroq tarbiyaga muhtoj qalb;
tirik qalb – o’z baxtini topgan va o’zgaga baxt beruvchi qalb”.
Komil inson ana shunday tirik qalbga ega bo’lish bilan ulug’
xarakterga
erishadi. Demak, biz bugun tarbiyada qalbdagi tuyg’ularni shakllantirishga, uni
yomon unsurlardan asrashga, nihoyat, undagi yezgu tuyg’ularni takomillashtirishga
urg’u berishimiz lozim. Buning uchun avvalo inson qalbini to’lqinlantiradigan va
uning butunligini saqlaydigan psixologik-pedagogik vositalarni (usullarni) kashf
qilishimiz, amaliyotga tatbiq yetish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishimiz kerak.
Ma’lumki, ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat jamiyat tafakkuri, demokratik
islohotlar samarasini belgilovchi, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo yetishning bosh
omillaridan biridir. Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat tushunchasi ilmiy talqin
qilinsa, fuqarolik jamiyatini barpo yetish doimiy tamoyilga, yaxlit tizimga aylanishi
34
zarurligi ma’lum bo’ladi. Bu tizim markazida esa ma’naviyat,
axloq-odob va
ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlar yetakchilik qilmog’i kerak. Shunday yekan,
bugungi kunda fuqarolik jamiyati masalasini haqqoniy ravishda ma’naviyat va
ma’rifat masalasi deyish mumkin. Chunki fuqarolik jamiyati – huquq, demokratiya,
ma’naviyat va ma’rifat tantana qiladigan adolatli jamiyatdir.
Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir.
Ma’naviyatni axloq-odobsiz va ma’rifasiz, ma’rifatni yesa ma’naviyasiz va axloq-
odobsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra botinan bir-
biri bilan chambarchas uzviy bog’liq hamda yaxlit tizimdir. Odob-axloq va ma’rifat,
eng avvalo, sof maonaviy tushuncha va aksincha, ma’naviyat – sof ma’rifiy insoniy
sivilizatsiyadir. Dunyoni ma’rifat qutqaradi, deganda shubhasiz, ma’naviyat nazarda
tutiladi.
Demak, jamiyat ma’nan sog’lomlashadi, ma’naviy yaxlitlik, butunlik insonga
demokratik-huquqiy maqom kasb etadi. Ma’naviyat mezoni buzilsa, ya’ni insof,
o’zaro hurmat-izzat, andisha halollik, rostgo’ylik odamni tark yesa, uning jamiyat
va boshqa odamlar bilan huquqiy-ma’naviy munosabatlariga putur etadi. Chunki bir
kishining huquqlari boshqa odamning huquqlari chegarasi boshlangan boshlangan
joyda tugaydi. Qonun kimning haq, kimning nohaqligini adolat tarozisida o’lchab
beradi. Ularning ikkalasini ham ma’naviyatning pokiza olamiga qaytaradi. Ana
shundagina huquq, demokratiya, ma’naviyat va ma’rifat
mushtarakligi fuqarolik
jamiyatining har bir a’zosini axloqiy, ijtimoiy, ruhiy idealiga aylanadi.
Umuman olganda ma’naviyat va ma’rifatning shakllanish va rivojlanish
taraqqiyotini bilish va g’ururlanish O’zbekistonning har bir fuqarosining idealiga
aylanishi uchun eng avvalo, milliy o’zlikni anglashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: