Fuqarolik jamiyati fanidan o’quv uslubiy majmua bakalavriat barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2021



Download 3,9 Mb.
bet56/149
Sana31.03.2022
Hajmi3,9 Mb.
#520046
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
СТРАТЕГИЯ МАЖМУА

Nazorat savollari:

  1. Fuqarolik jamiyatining faoliyat ko‘rsatishida saylov qanday vazifalarni bajaradi?

  2. O‘zbekiston qonunchiligida saylov huquqining qanday prinsiplari belgilangan?

  3. O‘zbekistonda qanday saylov tizimiga amal qilinadi?

  4. Mamlakatimizda partiyaviy tizim qanday rivojlanmoqda va uning huquqiy asosi?

  5. Saylov komissiyalari tizimi qanday tashkil topgan?

11-mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o‘z o‘zini boshqarish



  1. Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.

  2. Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga ishtiroki.

  3. Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti.

  4. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tadrijiy rivoji va huquqiy asoslari.

  5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy negizlari.



Tayanch so‘zlar: Inson, jamiyat, davlat, konstitutsiya, demokratiya, fuqarolik jamiyati, demokratik institutlar, jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘ini, kasaba uyushmasi, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy sheriklik, milliy qadriyat, fuqarolik madaniyati, faollik, ishtirok, mas’uliyat, javobgarlik.


1. Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. Bu, demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir. Shu ma’noda, «Demokratiya, deb yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov, – inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro birbirini to‘ldiradigan, birbirini boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi»102.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda xalqni davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiyhuquqiy asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda «fuqaro jamiyat davlat» tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. Chunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkin­ligini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. «Fuqaro» va «davlat» munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayon­lariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar103 deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiysiyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin104.
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida,
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.),
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.),
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.),
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.),
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.),
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.),
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y),
“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y),
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y),
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish