O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti
«O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi» kafedrasi
«O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI» FANIDAN
O’QUV USLUBIY
MAJMUA
BAKALAVRIAT BARCHA TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN
URGANCH-2021
Tuzuvchi:
|
|
Avazov O.R
|
– “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
|
Xajiyeva M.S.
|
– “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi mudiri, fal.f.d., professor
|
“O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish
nazariyasi” kafedrasi mudiri:
2021 yil ______avgust ____________ fal.f.d. prof. Xajiyeva M.S.
Tarix fakulteti dekani:
2021 yil ______avgust _______________t.f.n. Shixov O.
Mundarija:
-
1
|
Titul varag’i
|
1
|
2
|
Mundarija
|
2
|
3
|
O’quv materiallari
|
3-177
|
4
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
178
|
5
|
Glossariy
|
179-207
|
6
|
Ilovalar:
|
Fan dasturi
|
208-220
|
|
Ishchi fan dasturi
|
221-232
|
Tarqatma materiallar
|
233-250
|
Testlar
|
251-258
|
O’quv materiallari
1-mavzu. O‘ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1.Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
2.Fuqarolik jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.
3.Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so‘zlar: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, davlat hokimiyati, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari.
1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zo‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»1.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko‘ralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanishi, hech qqaysi mafko‘ra davlat mafko‘rasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.2
Birinchi bosqich o‘z ichiga 19912000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi bosqich (20002010 yillar) damamlakatni demosratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” e’lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarining mazmun mohiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta’rif berildi: “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorlik qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llabquvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.
YUrtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “...... bu erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo‘lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko‘p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi”3 yoki “Fuqarolar o‘rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‘rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin”4 deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p qirrali jarayyon ekanligi bilan harakterlanadi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo‘nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g‘oya mafko‘rasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko‘ramiz. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.KarimovOliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida (2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida e’tibor qaratib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to‘liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar”5.
Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:
Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriybuyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejalitaqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish.
Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.
Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.
Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongiruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |