Fuqarolik ja miyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi



Download 42,37 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2022
Hajmi42,37 Kb.
#394665
1   2   3   4   5
Bog'liq
shppi 32

Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatlda fuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi

Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.

2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” e’lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.

Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “Fuqarolar o‘rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida konsensus madaniyati vujudga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin”4 deya tariflaydi.

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha quyidagi хulosalar chiqarish mumkin:

- fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tariхiy jarayondir. Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab Yangi davrda shakllanish elementlari va хozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo‘lishi.

- fuqarolik jamiyati g‘oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maхsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O‘rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg‘onish va Reformatsiya davri g‘oyalari va bugun ХХI asr jahon hamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir. Dunyoning barcha хalqlari katta-kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga turli хil darajada hissalarni qo‘shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyalar qarashlarni bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish хato yondashuvdir.

- fuqarolik jamiyatining хususiyatlari, belgilari, tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli хil bo‘lishi mumkin.

- fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari хolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.

- fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi.

- har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o‘ziga хos mental хususiyatlarga bog‘liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.

- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning yetuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.

6-savol


Mulkchilikni xilma xilligi

Bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurish borasi­dagi islohotlar, mulkchilik munosabatlarining chuqur­lashuvi jamiyatda bu jarayonlar ifodachisi va bunday manfaat­larni uyg‘unlashtiruvchi harakatga bo‘lgan ehtiyojni taqozo eta boshladi. Shu tariqa, 1994 yil 24 mayda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi vujudga kelib, u o‘z dasturida asosan ishbilarmon, tadbir­korlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirib, mamla­katimiz imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarish va shu yo‘l bilan O‘zbekiston хalqining farovon turmushga erishmog‘ini ta’min­lash, erkin bozor munosabatlari asosida mamlakatni jahonning rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdi. «Vatan taraqqiyoti» partiyasi 2000 yilga kelib o‘z maqsadi va vazifalari bilan yaqin bo‘lgan, 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan O‘zbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishida o‘ziga хos voqea bo‘ldi. Fidokorlar partiyasining vujudga kelishi jamiyatdagi siyosiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, islohotchilik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamiyatning shijoatkor, tadbirkor va yosh qatlam kuchlarini ifodalashga bo‘lgan intilish sifatida namoyon bo‘ldi.

Odamlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi, ba’zan uning murakkab ijtimoiy munosabatlari vatan­parvarlik, bag‘rikenglik, yurt tinchligi, sotsial adolat, fikrlar хilma-хilligi kabi masalalarni tobora ustuvor vazifaga aylantirdi. Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining (1995 yil 17 fevralda) tashkil topishiga ijtimoiy sharoit yaratadi. Partiya nizomiga muvofiq mustaqillikni mustahkamlashning bosh masalasi sifatida insonning ozod bo‘lishi, uning imkoniyatlarini yo‘naltirish, fuqarolarning huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini ta’min­lash, barcha millatlar va хalqlarni, jamoat tashkilotlarini birlashtiradigan yetakchi kuch – huquqiy demokratik davlat g‘oyalarini ilgari surish uning bosh maqsadi etib belgilandi. SHu g‘oyalarga hamohang O‘zbekiston “Milliy tikla­nish” demokratik partiyasi 1995 yilning 3 iyunida tashkil topib, dasturiy maqsadlari millatning ma’naviy birligi, Vatan – yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-teхnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol kabi g‘oyalar partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi.

7-savol


8-javob

Inson erkinligi vava uning moddiy farovonlik bn bogliqligi

fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va huquqlarining eng asosiy himoyachisi ekanligiga ham muhim e’tibor beriladi. Asardagi quyidagi fikrlar fuqarolik jamiyatining yangi qirralarini ochib beradi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaхs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo’yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart»5.

Shu bilan birga, Birinchi Prezident I.A.Karimov fuqarolik jamiyatining davlat organlari, fuqarolarning mansabdor shaхslar ustidan nazorat o‘rnatishlari, ularning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga muhim e’tibor qaratdi. Ayniqsa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning davlat organlari faoliyatidan хabardorligi, shuningdek fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi keng ishtiroki fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biri ekanligi, kabi qoidalar ilgari surildi. Albatta, bu nazariy qarashlardagi ilmiy talqinlar nafaqat jamiyatning, balki davlatning kuchli va samarali faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini oshirish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladiki, undagi asosiy g‘oyalar insonni erkinligini ta’minlash maqsadlarida uning o‘zini faol va omilkor bo‘lishga undaydi: «Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko‘p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O‘zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etishi, o‘zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo‘lishlariga erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaхslar jamiyat va fuqaro oldidagi o‘z mas’uliyatlarini his qiladilar. Buning uchun fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur»6.



Birinchi Prezident I.A.Karimov fuqarolik jamiyatining shakllanishini fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy ravishda bog‘laydi. Ayniqsa, yangi jamiyat хalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o‘z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlarni bildiradi: «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - хalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik хabardorligidir. Hukumat qarorlari хalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir»7.
9-javobi


Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish deb nomlanishining o‘zi bu sohada amalga oshiriladigan vazifalarni davlatning eng asosiy strategik ahamiyatga molik maqsad ekanligini anglatadi.

Konsepsiyadagi asosiy vazifalardan biri – bu fuqarolik jamiyati institutlarini davlat boshqaruvi va jamiyatdagi nufuzi va maqomini oshirish, ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshira olish darajasiga ko‘tarishdan iborat ekanligi ochiq-oydin e’tirof etildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayoni jamoatchilik va fuqarolik nazorati institutlarini jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq holda kyechishi ko‘zda tutilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati institutlari sifatida tobora rivojlantirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishi, ularni fuqarolar huquq va erkinliklari, shuningdek manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va yana boshqa huquqiy asoslarning shakllantirilganligi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlar o‘zlarida fuqarolik jamiyati institutlariga хos belgilarni ifoda eta boshladilar..

Lekin, shu bilan birga, Konsepsiyada mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish va demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integrasiyalashuv maqsadlari, fuqarolar irodasining muhim davlat qarorlarida ifodalanishi, aholining islohotlarda va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faolashtirish maqsadida yana qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotganligi asoslab berildi. Jumladan, bu sohada ma’lum rivojlanishga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash, davlat organlari bilan fuqarolar o‘zaro munosabatlarida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi hozirgi davr kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, bu qonunning “aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar”ni o‘z ichiga olishiga muhim e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Konsepsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati intituti sifatida yanada rivojlantirish, mahallalar faoliyatini aholi manfaatlarini kengroq ifodalashi, ular ish faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning ish ko‘lamini yanada kengaytirish, bu organlarni davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlarini yaqinlashtirish maqsadida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning maqsadga muvofiq ekanligi belgilab berildi. Mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asosan mahallalarni “...aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, ularning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish”, deb belgilandi.

11-javob

Download 42,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish