51. Lizing shartnomasi (obyekti, subyekti) javob 46-savolda Lizing obyekti: iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obyekti bo'ladi. Yer uchastkasi
va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno (FKning 588-moddasi). Shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi
cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo'lishi mumkin emas
(Lizing to'g'risidagi qonunning 3-moddasi).
Lizing subyektlari bo'lib, lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchilar
ishtirok etadi.
Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo'yicha topshirish maqsadida molmulkni
o'ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing obyektini oladigan shaxs
lizing oluvchi deb hisoblanadi.
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo'lsa, shu shaxs
sotuvchi deb e ’tirof etiladi.
Lizing beruvchi mol-mulkni bo'lajak foydalanuvchidan sotib olgan
taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing
bo'yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida
uni mablag' bilan ta ’minlagan taqdirda bir shaxsning o'zi ham lizing
oluvchi, ham sotuvchi bo'lishiga yo'l qo'yiladi (FKning 589-moddasi).
Ma’lumki, lizing shartnomasi ma’lum tarkibiy qismlardan iborat.
Lizing shartnomasi quyidagi unsurlarni, albatta, o'z ichiga olgan bo'lishi
kerak:
1. Lizing obyekt.
2. Yetkazib berish muddati.
3. Ijara muddati.
4. Ijaraga beruvchining mulk huquqi.
5. Xavf-xatar, javobgarlik uskunaning soz ekanligi.
6. Uskunalardan foydalanish yo'riqnomalari.
7. Uskunani ta ’rnirlash va unga xizmat ko'rsatish.
8. Zararlar, tasodifiy hodisalar.
9. Sug'urtalash.
10. Ijara to'lovi.
11. To'lovni kechiktirganlik uchun jarima.
12. Sotib olish imkoniyati.
13. Shartnomani bekor qilish shartlari.
14. Uskunani qaytarish vaqti.
15. Soliq
16. Tomonlarning qo'shimcha huquqlari.
17. Lizing shartnomasining kuchga kirishini kechiktiruvchi
sharoit.
18. Zarur ma’lumotlarni yetkazish majburiyatlari.
19. Tomonlarning joylashgan o'rni. 20. Bankning kafolati.
21. Bundan tashqari fors-major holatlar, lizing subyektlari tomonidan
lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi va
boshqalar.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar
ham kiritilishi mumkin.
Lizing shartnomasi hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo'lgan yangi shartnomalardan bo'lib, iqtisodiy hayotga
jadal kirib bormoqda. Albatta, bu shartnoma bundan avval chet el
d av la tla rid a asosiy rol o'ynagan. Lekin O'zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishishi natijasida bu shartnomaning o'rni sezilarli
bilinmoqda. “Hozirgi vaqtda islohotlar jarayonini davlat-huquqiy jihatdan
boshqarishning yaxlit tizimi tarkib topdi”1, - deydi I. A. Karimov o'zining
«Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» risolasida.
52. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi (advokatlik xizmati)
53. Meros huquqining subyektlari(Qonun bo’yicha merosxo’rlar doirasi) 1118-модда. Меросхўрлар
Мерос очилган пайтда ҳаёт бўлган фуқаролар, шунингдек мерос қолдирувчининг ҳаётлик пайтида ҳомила ҳолида бўлган ва мерос очилгандан кейин тирик туғилган болалари васият ва қонун бўйича меросхўр бўлишлари мумкин. Мерос очилган пайтда тузилиб бўлган юридик шахслар, шунингдек давлат ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳам васият бўйича меросхўр бўлишлари мумкин.
54. Mualliflik huquqi obyektlari (asarning qismlari, hosila va jamlama asarlar) Hosila asarlar, odatda, boshqa bir asar asosida yaratiladi. Hosila
asarni yaratish uchun asos bo'lgan asar asosiy yoki birlamchi asar sifatida
qaraladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning ≪O'tgan kunlar≫ romani asosiy
asar bo'lsa, ≪O'tgan kunlar≫ radiopostanovkasi yoki ≪O'tgan kunlar≫ badiiy
filmi ssenariysi hosila asar hisoblanadi.
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to'plamlar
va boshqa jamlama asarlarni tuzuvchilar hosila asarning muallifi deb
e’tirof etiladi. Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan
yoki jamlanma asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan
taqdirdagina hosila asarga bo'lgan mualliflik huquqidan foydalanadi.
Bir asosiy asar asosida nomuayyan miqdorda hosila asarlar yaratilishi
mumkin. Boshqacha aytganda, hosila asarga bo'lgan mualliflik huquqi
boshqa shaxslarning o'sha asosiy asar asosida hosila asarlar yaratishiga
aslo to'siqlik qilmaydi.
Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini
ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni
tanlab olish yoki joylashtirishga bo'lgan mualliflik huquqi tegishlidir.
Tuzuvchi jamlama asarga kiritilgan asarlardan har birining mualliflari
huquqlariga rioya etgan taqdirda, mualliflik huquqidan foydalanadi.
Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa,
jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari o'z asarlaridan
foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qat’iy nazar saqlab qoladilar. Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o'z
jamlama asarlarini yaratish uchun ayni o'sha materiallarni mustaqil
ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga to‘sqinlik qilmaydi
(Qonunning 14-moddasi).
55. Kontraktasiya shartnomasi (tushunchasi, huquqiy belgilari) Kontraktatsiya shartnomasining tushunchasi. Qishloq xo'jaligi
sohasidagi shartnomalar uchun ham shartnomalar institutining umumiy
tamoyillari bo'lgan shartnomalarni tuzish erkinligi, taraflarning o'zaro
manfaatdorligi, shartnoma intizomiga rioya etish, taraflarning o'zaro
mulkiy javobgarligi tamoyillari xos bo'lsa-da, bu shartnomalar o'zining
ayrim xususiyatlari bilan boshqa xo'jalik shartnomalaridan farqlanadi.
Shu sababli, qishloq xo'jalik sohasida qo'llaniladigan shartnomalar yuridik
adabiyotlarda alohida tadqiqotlar obyekti bo'lib kelgan.
Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'ziga xosligi shundaki, bunda
shartnoma predmeti bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni,
birinchi navbatda, tabiiy iqlim sharoitlari, ekinlarning kasallanishi va h.k. (fors-major holatlar)ga b og ‘ liqligi bu sohada tuziladigan
shartnomalarning muhim xususiyatlaridan biridir1.
Shu nuqtayi-nazardan qaraganda, kontraktatsiya shartnomasi ham
qishloq xo'jalik tizimida faoliyat yuritadigan barcha mulk shakllaridagi
korxonalar, xususan, qishloq xo'jalik shirkatlari, fermer va dehqon
xo'jaliklari bilan mahsulot xarid qiluvchi (tayyorlovchi, savdo, qayta
ishlovchi) o'rtasida tuziladigan huquqiy hujjatdir.
Kontraktatsiya shartnomasi iqtisodiy mazmun jihatdan oldi-sotdi
shartnomasining bir turidir. Lekin u o'ziga xos huquqiy belgilari bilan
oldi-sotdi shartnomasining boshqa turlaridan ajralib turadi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq, qishloq xo'jalik mahsuloiini
yetishtiruvchi qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun
bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga - tayyorlovchiga shartlashilgan
muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi
esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini
shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to'lash (to'lab turish)
majburiyatini oladi (FKning 465-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |