Ikkinchidan, mulk ijarasi shartnomasi hamma vaqt haq baravariga
tuziladi. Ta’rifda keltirilganidek, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq
evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish
uchun topshirish majburiyatini oladi.
Uchinchidan, mulk ijarasi shartnomasi taraflar o'rtasida huquq va
m a jb u riy a tla rn in g o'zaro taqsimlanishiga qarab, ikki tomonlama
shartnomadir. Bunda ijaraga beruvchida ham ijaraga oluvchida ham
huquq va majburiyatlar mavjud bo'ladi.
Mulk ijarasi shartnomasida mulk huquqining quyidagi, ya’ni mulkni
egallash va foydalanish yoki faqat mulkdan foydalanish elementlarigina
ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o'tadi. Mulkni tasarruf etish huquqi
har doim mulkdor qo'lida saqlanib qoladi.
60. Mualliflik huquqi (mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan asarlar) Муаллифлик ҳуқуқи ғоялар, концепциялар, принциплар, тизимлар, таклиф этилаётган ечимлар, объектив мавжуд кашфиётларга нис¬батан (агарда улар илмий асар сифатида объектив шаклга солинмаган бўлса) жорий этилмайди. Расмий ҳужжатлар (қонунлар, қарорлар, ажримлар ва шу кабилар), шунингдек, уларнинг расмий таржималари, расмий рамзлар, халқ ижодиёти асарлари, оддий матбуот ахбороти тусидаги кундалик янгиликларга доир ва жорий воқеалар ҳақидаги хабарлар, инсоннинг бевосита индивидуал асар яратишга қаратилган ижодий фаолияти иштарокисиз муайян турдаги ишлаб чиқариш учун мўлжалланган техника воситалари ёрдамида олинган натижалар (масалан, робот томонидан басталанган мусиқа, ёзилган шеър) ҳам муаллифлик ҳуқуқи объекти бўлиб ҳисобланмайди.
61. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi (yuk tashish shartnomasi tushunchasi va turlari). 711-модда. Юк ташиш шартномаси
Юк ташиш шартномаси бўйича юк ташувчи юк жўнатувчи томонидан ўзига ишониб топширилган юкни белгиланган манзилга етказиб бериш ва уни олишга ваколат берилган шахсга (олувчига) топшириш, юк жўнатувчи эса юкни ташиб берганлик учун белгиланган ҳақни тўлаш мажбуриятини олади.
Юк ташиш шартномаси тузилганлиги тегишли транспорт устави ёки кодексида назарда тутилган ҳужжат (транспорт юкхати, коносамент ёки юкка доир бошқа ҳужжат)ни тузиш ва уни юк жўнатувчига топшириш йўли билан тасдиқланади. 710-модда. Йўловчи ташиш шартномаси
Йўловчи ташиш шартномаси бўйича ташувчи йўловчини, йўловчи багаж топширган бўлса — багажни ҳам белгиланган манзилга элтиб бериш ҳамда багажни олишга ваколат берилган шахсга топшириш мажбуриятини олади. Бунда йўловчи белгиланган йўл ҳақини, багаж топширган бўлса, багаж ташиш ҳақини ҳам тўлаш мажбуриятини олади.
Йўловчи ва багаж ташиш шартномаси тузилганлиги тегишли чипта ва багаж паттаси билан тасдиқланади.
Йўловчи тегишли транспорт устави ёки кодексида назарда тутилган тартибда:
ўзи билан болаларни бепул ёки бошқа имтиёзли шартларда олиб юриш;
белгиланган миқдор доирасида ўзи билан бепул багаж олиб юриш;
белгиланган миқдор доирасида бепул, миқдордан ортиқчаси учун эса — тариф бўйича ҳақ тўлаб, ташиш учун багаж топшириш ҳуқуқига эга.
62- Savol Pudrat shartnomasi (mehnat shartnomasidan farqi)
P u d rat shartnom asi m ehnat shartnom alaridan ham farqlanadi.
M azk u r fa rq m u n o sa b a t s u b y e k tla rid a , o b y e k tla rid a h a m d a
munosabatning vujudga kelish asosida ko'rinadi. M ehnat munosabatlarida
tuziladigan m ehnat shartnom alarining taraflari ish beruvchi ham da
xodim hisoblanib, topshiriqni bajaruvchi xizm atchi-xodim faqatgina
jismoniy shaxs hisoblanadi. Pudrat shartnomasida esa pudratchi fuqarolar
bilan bir qatorda yuridik shaxslar ham bo'lishi m um kin. M ehnat
kutubxonasishartnom asi obyekti xodimning m ehnat faoliyati hisoblansa, pudrat
shartnomasida esa pudratchining m ehnat natijasi hisoblanadi. Mehnat
shartnomasida xodim tashkilotga qo'shilgan holda u belgilagan ichki
tartib qoidalarga bo'ysungan holda m ehnat faoliyatini amalga oshirsa,
pudrat shartnomasida pudratchi o'z faoliyatini o'zi mustaqil belgilaydi
va ish natijasi yuzasidan butun m as’uliyatni zimmasiga olgan holda
n uqsonli ish n in g o q ib ati fu q a ro lik -h u q u q iy ja v o b g a rlik bilan
yakunlanishini e ’tiborga olib, faoliyat yuritadi.
Shuningdek, mehnat shartnomasi mehnat munosabatlaridan kelib
chiqsa, p u d rat shartnom asi fuqarolik huquqiy m unosabatni yuzaga
keltiradi. M ehnat shartnomasi shartlarini buzganlik uchun O'zbekiston
Respublikasi M ehnat kodeksining tegishli moddalariga asoslangan holda
intizomiy javobgarlikka tortilsa, pudrat shartnomasi fuqarolik-huquqiy
moddiy javobgarlikka tortiladi.
M ehnat shartnom asi bo'yicha uyida ish bajaradigan xodimning
m ehnati bilan pudrat shartnomasi bir-biriga o'xshab ketsa-da, lekin
ular farqlanadi. Uyda ish bajaruvchi aniq bir buyurtm ani ishxonadan
olib uyida bajarib beradi. Lekin garchi u korxona mehnat tartib qoidalaridan
yiroqda bo'lsa-da korxonaning ishchisi hisoblanadi va unga nisbatan
ijtimoiy kafolatlar qo'llaniladi.
63-Savol Yo'lovchi bagaj va yuk tashish shartnomasi (tashish shartnomasi tushunchasi va turlari)
Yuk va yo'lovchilar tashish shartnomalari bozor munosabatlarida transport
korxonasi bilan mijozlar o'rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtiruvchi
asosiy huquqiy vosita bo'lib qoldi”1. Amaldagi FKning 709-moddasiga
ko'ra, yo'lovchi, bagaj va yuk tashish tashish shartnomalari asosida
amalga oshiriladi.
Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasiga ta’rif berishdan oldin
ularning turlarini aytib o'tish kerak, chunki bu shartnomaning
tushunchalari uning turiga qarab farqlanadi. Yo'lovchi, bagaj va yuk
tashish shartnomasining quyidagi asosiy ikki turi mavjud:
1) yo'lovchi tashish shartnomasi;
2) yuk tashish shartnomasi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 710-moddasida
yo'lovchi tashish shartnomasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Yo'lovchi
tashish shartnomasi bo'yicha tashuvchi yo'lovchini, yo'lovchi bagaj
toshpirgan bo'lsa - bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda
bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi.
Bunda yo'lovchi belgilangan yo'l haqini, bagaj topshirgan bo'lsa, bagaj
tashish haqini ham to'lash majburiyatini oladi”.
Yuqoridagi normadan ko'rinib turibdiki, yo'lovchi deganda, tashuvchi
xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs tushuniladi, bagaj deganda esa
transportda jo'natish uchun hozirlangan narsalar, yo'lovchining o'zi bilan
birga bo'lgan (shaxsiy) yukini tushunamiz.
Tashuvchi esa — bu ma’lum haq evaziga yo'lovchi va bagajni
belgilangan manzilga eltuvchi shaxs.
Shuni ta’kidlash kerakki, Fuqarolik Kodeksining tashish
shartnomasiga bergan ta’rifi umumiydir, ya’ni Kodeks normalari bu
sohani umumiy normalar tarzida tartibga soladi. Amalda tashish
shartnomalariga doir tegishli transport tashkilotlarining o'z normalari
mavjud. Ularda, xususan, yo'lovchi va bagaj tashishning o'ziga xos,
sohaning maxsus xususiyatlarini hisobga olib, ta’rif beriladi.
Mazkur turdagi shartnomalaming o'ziga xos xususiyatlaridan biri
uning predmetidir, ya’ni shartnomaning predmeti tovar yoki
jo'natilayotgan moddiy boyliklar bo'lmay, balki transport korxonasining
ikkinchi taraf (mijoz) ga ko'rsatadigan transport xizmatidir
64-Savol Meros huquqining subyektlari (Qarindoshlik)
Qarindoshlik deb, ikki yoki bir necha shaxslar o'rtasidagi
tug'ishganlik, qon-qarindoshlik tizimi tufayli huquq va majburiyatlarning
yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki tugashiga bog'liq bo'lgan qarindoshlik
aloqasiga aytiladi.
Qarindoshlikning uzoq-yaqinligi uning chiziqlari shajaralari va
darajalari bilan belgilanadi.
Bir shaxsning bevosita boshqa shaxsdan tarqalishi darajani belgilaydi.
Har bir yangi tug'ilish bilan yangi daraja paydo bo'ladi.
Bir necha uzluksiz qarindoshlik darajalarining aloqasi qarindoshlik
shajarasi deb ataladi. To'g'ri chiziqlar yuqoriga qarab tutashgan va pastga
qarab tutashgan bo'ladi. To'g'ri chiziq bo'yicha qarindoshlikda bolalardan
ota-onalariga yoki, aksincha, ota-onalaridan bolalariga qarab hisob olib
borishi yuqori tomondan yoki pastki tomondan tug'ilish bo'yicha kelib
chiqqan qarindoshlar kiradi. Shunga asosan, yuqoriga qarab to'g'ri chiziq
bo'yicha ajdodlar shajarasiga ota-ona, bobo-buvi, katta bobo, katta
buvi va hokazolar qiradi. To'g'ri chiziq bo'yicha pastga qarab avlodlar
shajarasiga o'g'il-qizlar, nabiralar, chevaralar, evaralar va hokazolar
kiradilar.
Hammalari uchun umumiy bo'lgan, uchinchi shaxsdan, ya’ni katta
bobo-buvilardan kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadilar. Bunga
aka-uka, opa-singil va ularning bolalari, ota-onaning aka-ukalari va
opa-singillari hamda ulardan kelib chiqqan qarindoshlar, bobolar va
buvilaming aka-uka va opa-singillari va boshqalar yon chiziq bo'yicha
qarindoshlar hisoblanadilar.
To'g'ri chiziq bilan tutashgan qarindoshlar hamma vaqt yon chiziq
bo'yicha tutashgan qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdirlar.
Ikki shaxs o'rtasida yon chiziq bo'yicha qarindoshlikning yaqinligini
aniqlashda shu shaxsning o'zini hisobga qo'shmasdan turib, darajalaming
soni va undan tug'ilishlar hisobga olinishi kerak
1. Qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasi. Meros qoldiruvchining qonunda
belgilab qo'yilgan qarindoshlari bo'lgan va uning mulkiy huquq va
majburiyatlarini o'z zimmalariga qabul qilib oluvchi shaxslar qonun bo'yicha
merosxo'rlar hisoblanadilar. Merosxo'rlar doirasi meros ochilgandan so'ng
aniqlanadi, chunki merosxo'r bo'lish uchun qonunda belgilab qo'yilgan
shaxslar meros ochilgan paytda, albatta, hayot bo'lishlari kerak.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga meros qoldiruvchi bilan
qarindoshlik rishtalari orqali bog'langan quyidagi shaxslar kirishlari mumkin i• Birinchidan, to‘g‘ri chiziq bo'yicha yuqoriga qarab tutashgan meros
qoldiruvchining avlod-ajdodlari: ota-onasi, bobo-buvisi va hokazolar;
• Ikkinchidan, to‘g‘ri chiziq bo'yicha pastga tutashgan meros
qoldiruvchining avlodlari - uning farzandlari, shu jumladan farzandlikka
olinganlar va ularning avlodlari(nabira, chevara, evara va hokazolar);
• Uchinchidan, yon chiziq bo'yicha qarindoshligi bo'lgan shaxslar,
ya’ni meros qoldiruvchining aka-uka
65- Mualliflik huquqi ( Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |