Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi alohida bobning 47-52-moddalarida fuqarolarning burchlariga oid konstitutsiyaviy qoidalar belgilangan.
Fuqarolarning burchi deganda qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolar bajarishi shart bo`lgan talablar tushuniladi.Burchlarni o`z ahamiyatiga ko`ra konstitutsiyaviy burchlariga,joriy qonun hujjatlarida belgilangan burchlarga ajratish mumkin.
O`zbekiston fuqarolarining konstitutsiyada belgilangan burchlariga;
-
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
-
boshqa kishilarninig huquqlari,erkinliklari,sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;
-
O`zbekiston xalqining tarihiy, ma`naviy va madaniy merosini asrab-avaylash;
-
madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish;
-
atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish;
-
qonun blain belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lash ;
-
O`zbekiston respublikasini himoya qilish;
-
qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil hizmatni o`tash kabilar kiradi.
Har bir fuqaro o`z burchlarini halol va vijdonan bajarsa ,yurtimiz tinch,osoyishta,hafvsiz ,farovon bo`lishiga zamin yaratadi.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida bajarishi shart bo`lgan talablar aniq ko`rsatilgan.Ushbu talablarning o`z vaqtida, vijdonan bajarilishi,vatan tinchligi,millatlar totuvligi, havfsizligi, osoyishtaligi taraqqiyoti uchun g`oyat zarurdir. Mana shu burchlarning bajarilishi O`zbekistonda qonuniylik va huquqiy tartiblarni ta`minlash imkonini beradi. O`zbekiston hududida yashayotgan har bir fuqaro tomonidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlarining bajarilishi vatanimizning istiqbolini belgilab beradi.”Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to`la qaror toptirish uchun, eng avvalo mo`tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, o`zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi inson o`z davlati,o`z xalqi oldidagi,uni katta umidlar bilan tarbiya qilgan,voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etish kerak….Har qaysi fuqaro, har birimiz:”shu davlat shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki ,,Men o`zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?”- deb o`ylashimiz va shu aqida bilan yashashimiz kerak”,deya ta`kidlagan edi Prezidentimiz.
Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo`yilgan burchlarni bajarish fuqarolarni shu davlat konstitutsiyasi va qonunlarini tan olishligini anglatadi.Mazkur konstitutsiyaviy talab zamirida mamlakatimizda qat`iy qonuniylik tartibini ta`minlash imkonini beradi.
Qonuniylik –davlatda,jamiyatda mustahkam huquqiy tartib, arqarorlik, tinchlik va osoyishtalikning asosidir.Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi huquqiy munosabatlarning barcha sub`yektlari uchun umumiy talabdir.Uning ma`nosi shuki,har bir fuqaro hayoti faoliyatining barcha sohalarida Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq hatti-harakat qilishdek e`tiqodga ega bo`lish zarur.Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish faqat ularning qoidalarini buzmaslik emas,fuqarolarning o`z faoliyati hayotini Konstitutsiya va qonunlarga mustahkamlangan tamoyil va asoslarni,qonun me`yorlarini real voqelikka aylantirishga yordam berish ham demakdir.
Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy asoslari,mamlakatdagi huquqiy targ`ibot, ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi o`z ifodasini topgan.
Tarixiy,ma`naviy va madaniy merosni asrab-avaylash
O`zbek xalqi boy tarixiy,ma`naviy va madaniy meros sohibidir.Shu boisdan konstitutsiyada , “Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy,ma`naviy va madaniy merosni avaylab-asrashga majburdir.”-deb belgilangan.O`zbek xalqi o`zi yaratgan tarixiy ,ma`naviy,madaniy boyliklarni to`la saqlash va asrash imkoniyatiga ayrim davrlarda ega bo`lmagan.Ayniqsa ,sobiq sho`rolar davrida xalqimizning juda ko`p tarixiy,ma`naviy va madaniy boyliklari talon-taroj qilingan,horijiy davlatlarga olib ketgan,o`zaro va bosqinshilik urushlarida yakson qilingan.Asrlar bo`yi shakllangan o`zbek davlatchiligi,xuquqiy madaniy meros namunalari sobiq sho`rolar davrida e`tiborsiz qoldirilgan.
Bugungi kunda horijiy davlatlarga olib ketilgan va xalqimizning bebaho boyliklarini qaytarish masalalari bilan mahsus komissiya shug`ullanmoqda.O`zbekistonning har bir fuqarosi xalqimizning tarixiy,madaniy,xuquqiy boyliklari xazinasini ko`z qorachig`idek asrashi,uni kelgusi avlodlarga yetkazib berishni o`zi uchun farz,ham qarz deb his qilishi zarur.
Atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish
O`zbekistonda inson va fuqarolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburligi Konstitutsiyaning 50-moddasida mustahkamlangan.Inson tabiatning eng muqaddas boyligidir.Inson salomatligi,uning taqdiri, xayoti uchun tabbiy muhitga nihoyatda zarurdir.Shu boisdan bu muqaddas burchni bajarish har bir fuqarodan aql,zakovat va tabiyatga mehr,muruvvat talab qiladi .Tabiiy muhit qanchalik sog`lom bol`sa insonlar ayniqsa yoshlar jismonan sog`lom,baquvvat,kuchli,shijoaatli bo`lib kamol topadi.
Fan va tehnikaning taraqqiyoti avj olgan hozirgi kunda insoniyatning hayot kechirish maskani bol`mish tabiiy muhitga alohida muhofazaga muhtoj.Atrof tabbiyn muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish,asrash ”EKOSAN”,”Orolni qutqarish” jamoat birlashmalariva davlatning mahsus organlari tizimi tomonidan tashkil qilinadi.Har bir fuqaro o`zi yoki mana shu kabi jamoat tashkilotlarining faoliyatlarida,davlatning tabiatni muhofaza qilish organlari faoliyatida faol qatnashib,o`zining konstitutsiyaviy burchlarini ado etishi zarur.Konstitutsiyada belgilangan bu qoidani amalga oshirish,bu burchning mazmunini ochib berish uchun muhim joriy qonunlar ham belgilangan.
Soliq va mahalliy yig`imlarni to`lash
Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlaridan biri ularning qonun yo`li bilan belgilangan soliqlar va mahalliyn yig`imlarni to`lashga majburligidir(51-modda).Soliqlar yuridik shahslar va fuqarolarning davlatga to`lanadigan majburiy to`lovlari bo`lib,uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati shu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy tizimi davlatning tabiati va vazifalariga ko`ra belgilangan.
Fuqarolar to`laydigan soliqlar davlat rivojlanishining turli davrlarida respublika hal qiladigan masalalarga qarab o`zgarib boradi.Hozirgi davrda fuqarolardan olinadigan soliqlarning turlari qonunlarda ko`rsatilgan.Masalan,”O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan,ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo`lmagan shahslardan olinadigan daromad solig`I to`grisida”gi 1991-yil 15-fevral qonuni va unga kiritilgan qator o`zgarirish va qo`shimchalar bilan hamda shu qonun asosida 1993-yil 16-fevral qonuni va unga kiritilgan qator o`zgarirish va qo`shimchalar bilan hamda ana shu qonun asosida 1993-yil 21-mayda qabul qilingan Nizomda ko`rsatilgan qoidalardagi huquq va majburuyatlar O`zbekistonning doimiy istiqomat joyiga ega bo`lgan va ega bo`lmagan fuqarolar ajnabiy fuqaro va fuqaroligi bo`lmagan shahslarga tegishlidir.
Soliq to`lash manbai shahslarning pul yoki natura tarzida olgan daromadlari hisoblanadi. Busoliqlar ish haqi to`lovlari,mukofotlar va boshqa daromadlardan;fuqarolarning dehqon ho`jaligini yuritishdan olinayotgan daromadlaridan;
O`zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo`lmagan shahslarning O`zbekistondagi manbalaridan olinadigan daromadlaridan tashkil topadi.Bu soliq va yigimlarni undirishni davlat idoralari tomonidan O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasi,Moliya vazirligi organlarining o`zini-o`zi boshqarish idoralari amalga oshiradi.Soliqlarni o`z vaqtida to`lamagan,to`lashdan bo`yin tovlagan,daromadini yashirgan va soliq to`g`risidagi qonunlarni buzgan shahslar uchun moddiy (jarima to`lash,yashirgan yoki kamaytirib ko`rsatgan daromadni undirish),ma`muriy(jarima to`lash) va qonunda ko`rsatilgan hollarda jinoiy javobgarlikka ham belgilangan.Shuni qayd etish kerakki,fuqarolardan undirilgan soliqlar va to`lovlar fuqarolarning ehtiyojlari uchun xalq ta`limiga, sog`liqni saqlashga,ijtimoiy yordamning boshqa turlariga sarf etiladi.
Toshkent Shahar Sharqshunoslik
Instituti qoshidagi Sobir Rahimov
nomli akademik litseyi
Mavzu:Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlari
Bajardi:.
Toshkent-2008
Do'stlaringiz bilan baham: |