Fuqaro muhofazasi



Download 24,87 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi24,87 Kb.
#413471
  1   2   3
Bog'liq
1 MA'RUZA FM (1)


1-Mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi davrdagi ahamiyati.
Reja:
1. Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati.
2. Fuqaro muhofazasida oldindan ogohlantirish: tahlil va xarakatlar tizimi
3. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari.


Tayanch sо‘z va iboralar: fuqaro muhofazasi, hudud, xavf, qutqaruv, qaror, farmon, munosabat, kuch va vositalar, vaziyat, terrorizm.

Hozirgi davrda Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofatlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.


O‘zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan, “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”, “Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to’g’risidagi”, “Terrorizimga qarhsi kurash to’g’risidagi” va boshqa O’zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu sohaga taaluqli bo’lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda.
Oliy malakali kasbiy ta’limga ega kadrlar, iqtisodiyotning qaysi sohasida faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bog‘liq qator vazifalarni hal etishda faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchamiz favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zamin va makonda yashaymiz.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli kо‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim nohush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti” xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon, xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois “barqaror rivojlanish kafolati bu fuqarolar muhofazasi”dir deb bejiz yozib qo’yilmagan. Shuning uchun fuqarolarni fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday hatti-harakatning samaradorligi pastligini ko’satmoqda va alohida yo’l tutish kerakligini taqozo etmoqda; ya’ni sodir bo’lishi mumkin bo’gan favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish, aholini xavf haqida mumkin qadar erta ogoh etish, uni oldini olish va undan himoyalanish tadbirlariga ko’proq e’tiborni qaratish zaruriyati vujudga kelmoqda.
Butun jahon “Qizil Xoj” hamjamiyati tashkilotining ma’lumotlariga ko`ra oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar jabrlangan va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu sababdan ham О‘zbekistonda о‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari о‘rin oldi.
Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ta’kidlanganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi tо‘g‘risida Prezidentimiz «О‘zbekiston XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil tо‘xtab о‘tganlar.
Darhaqiqat, o’tgan XX asrning sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o’tkazilgan totalitar, mamuriy-buyruqbozlik tizimi atrof-muhitga bepisand munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish bilan tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o’simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur zaharli chiqindilarning tashqariga chiqarilishi, yerlarning cho`llanishi, yеr va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global miqyosda echilishi lozim bo`lgan ekologik muammolar meros bo`lib qoldi. Shu kabi muammolar tufayli inson manfaatlari muhofazasi ayniqsa, O`zbekistonda davlat siyosatining birlamchi darajasiga ko`tarildi. Shu munosabat bilan hozir O`zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilishda O`zbekiston ekologik harakati tomonidan "Sog’lom muhit - inson salomatligi" g’oyasini amaliy bajarilishini ta`minlash maqsadida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida mavjud muammolarga yo`naltirilgan yondashuv na faqat O`zbekiston balki mintaqani barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo`lib, atrof-muhit xavfsizligi va inson salomatligi haqidagi g’oyalarni qo`llab quvvatlash istagida bo`lgan mamlakatimizning etuk, barkamol avlodlarini birlashtirishga yo`naltirilgan global ahamiyatga ega harakat ekanligi e`tiborga molik .
Ekoharakat - O`zbekiston fuqorolarining hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda ularga so`zsiz rioya etilishini ta`minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanadа chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishdagi etiborga molik siyosiy kuchdir.
Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat ommaviy qirg‘in qurollari va hujumkor vositalaridan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bо‘lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar muhofazasi - yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan, ya’ni mustaqil О‘zbekistonni va fuqarolarini turli kо‘rinishdagi falokat va halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yо‘naltirilgan.
Shu nuqtayi nazardan xalqimizni dushman tomonidan bо‘ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning о‘lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bо‘lishiga moyil о‘lka bо‘lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar kо‘rgan hududlarda qutqarish va kechiktirib bо‘lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Download 24,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish