Xabar berish signallari va ularga binoan aholini harakatlari. Aholi himoyasi xavf-xatar haqida yoki uning yuz berishi mumkinligi to'g'risida o'z vaqtida xabar berishdan boshlanadi. Xabar berish aholiga tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan (sirena ovozi, korxona va muassasalardan beriladigan signallar) boshlanadi. Maqsad aholining e'tiborini insonlar hayoti va salomatligiga taxdid soluvchi xavfli vaziyat sodir bo'lishi mumkinligiga qaratish va bunday vaziyatlarda harakat tartibini tushuntirishdan iborat.
Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo'lishi kerak. Fuqaro himoyasi tadbirlarini o'tkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o'rinni egallaydi.
Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig'iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo'r bo'ladi. Fuqaro himoyasining «Diqqat barchaga!» degan yangi signali ana shu.
Sirena ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriemnik, radiokarnaylarni ishlatib qo'yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki favqulodda vaziyatlar boshqarma, bo'limlarining xabarlarini tinglash kerak.
Bu tabiiy ofat yoki avariya oqibatlarini tugatguncha davom etishi lozim. Aholi punktlarining va xalq xo'jaligi ob'ektlarining radiotranslyaqiya tarmoqlari kechayu-kunduz ishlashga o'tkazilishi kerak.
Radioeshittirish va televidenie (jo'r ovoz bo'ladigan radiouzatgichlarni ham qo'shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni yetkazishning asosiy vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumanini) ham berilishi mumkin.
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki davlat telYeradiosining eshittirish studiyalaridagi suxandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari ma'muriy markazlardagi studiyalarning va xalq xo'jaligi inshootlari dispetchYerlik punktlarining suxandonlari eshittiradilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida ishlab chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo'yishlari kerak. Magnit plenkasidagi yozuvlar (videokassetalar) FV-lar boshqarmasida (tezkor navbatchida) va inshootlarda hamda Aloqa vazirligining va Davlat telYeradiosining studiyalarida belgilangan tartibda uyushqoqlik bilan saqlanishi kerak.
Kechiktirib bo'lmaydigan favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o'rnidan turib magnit tasmasidan yoki to'g'ridan to'g'ri eshittirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olmagan tarzda) eshittirishga tegishli fuqaro himoyasi boshliqlarining ijozati bilangina yo'l qo'yiladi. Radiotranslyaqiya tarmog'ini tanlab olish uchun P-164R apparatidan foydalaniladi. Bildirish signallari televidenieda ham, efirga bevosita uzatib yoki videomagnit tasmaga yozib olib yetkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat telYeradiomarkazlaridan axborot bYerib xabardor qilish imkoniyati bor.