5. Yadroviy shikastlanish o'chog'ida QTBI.
Yadroviy qurol qo'llanilganda hosil bo'lgan yadroviy shikastlanish o'chog'ida QBTI asosan kuchli va o'rtacha vayronagarchilik zonalarida olib boriladi. Birinchi navbatda radiatsion razvedka ishlari olib boriladi
Yadroviy shikastlangan o'chokda qolgan odamlarni qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar, himoya inshootlariga boradigan yo'l, yo'laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Buning uchun bir tomonlama harakatlanuvchi yo'llar 3 - 3,5 m kenglikda, ikki tomonlama harakatlanuvchi yo'llar esa 6 - 6,5 m kengliqda tozalanadi va ochiladi. Bunday yo'llarda har 150 - 200 m. ga 15 - 20 m uzunlikdagi raz'ezdlar qo'yiladi. Yo'l va yo'laklarni tozalashda barcha mexanizmlar (buldozYer, kranlar va boshqalar) bilan ish ko'rilib, yong'inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda harakatlanib, yonayotgan inshootlarni o'chiradi.
Keyin buzilgan binolar, Yerostida qolgan odamlar va yong'in chiqqan uyda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro himoyasi qismlari hamda tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadi. Buning uchun darhol razvedka ma'lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turli xil uslublar orqali aloqa bog'lanadi.
Boshpanalarni ochish usullari, uning tuzilishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi. Ya'ni inshootning chidamliligi, yon tomondanmi, qo'shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib yo'lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yo'llar taeorlanadimi, bular o'sha inshootning ahvolidan kelib chiqqan hodda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Kombinatsiyalashgan (murakkablashgan) o'choqda QBTI.
Kombinatsiyalashgan (murakkablashgan) o'choqda biror uslubiy ko'rsatma asosida emas, QBTI sharoitini aniq o'rganish orqali, o'sha yerdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda ish olib boriladi.
Murakkablashgan shikastlanish o'chog'ida QBTIni olib borish, alohida-alohida o'choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan bir necha o'n barobar og'ir hisoblanadi. CHunki bu holatda vaziyat juda murakkab bo'lib, o'chokdagi shikastlantiruvchi faktorlar turini aniqlash juda og'ir hisoblanadi. Bulardan tashqari bunday o'choqda biror faktorga qarshi olib boriladigan omillar ikkinchi faktorga tamoman teskari bo'lishi mumkin. Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qo'llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |