34
2-Bob. Fuqarolik jamiyati va shaxsning siyosiy madaniyati.
2.1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati
o’rni.
Madaniyat hodisasi keng ma’noda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar
ta’sirlar ostida o’zgaradi va jamiyatga ham shunday ta’sir ko’rsatadi. Natijada
madaniyatning turli funksiyalari vujudga keladi:
1. Tarbiyaviy vazifalari: Bo’lar ma’lum, konkret (jamiyat, o’zi uchun
kerakli bo’lgan, o’zi istagandaka) shaxsni shakllantirishga m
ґljallangan.
Boshqacha aytganda, jamiyat qo’ygan konkret vazifalarni singdirish yo’li bilan
jamiyat talabidagi shaxsni tarbiyalash. Madaniyat jamiyat rivojlanishi yo’lidagi
talablarni qondiradi.
2. Gnoseologik (olamni o’zlashtirish) funksiyasi: Bu funksiya yordamida
madaniyat kishini biron-bir faoliyat olib bora olishi uchun, tabiatni, olamni
ґzlashtira olishi uchun ma’lum bir bilimlar bilan qurollantiradi.
3. Normativ funksiya. Uning mazmuniga jamiyat a’zolari xulqini nazorat
³ilish kiradi. Ma’lumki, kishidan ma’lum bir xulq, odob-ahloq normalariga rioya
qilish talab qilinadi, tabiiyki bu xulq normalari vaqt o’tishi bilan kishining hayot
tarziga aylanadi. Bu ijtimoiy normalarni shakllantirish madaniyatning normativ
funksiyasiga kiradi ya’ni, ularni shakllantirishni madaniyatning normativ
funksiyasi o’z zimmasiga oladi. Bu funksiya shuningdek, an’ana, millat ruhiyati,
jamiyat etikasi kabi shakllarni o’z ichiga oladi.
4. Axborotlarni o’zlashtirish va yig’ish funksiyasi xabarlarni yi²ish va
saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo’lyozmalar,
kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohanrabo yoki raqamli yozuvlar)
bo’lishi mumkin.
Ґar qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va
mazmuni bo’yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur.
Hozirgi davrda til belgilar tizimining keng qo’llaniladigan va o’ta axamiyatlisi
bo’lib qolmoqda.
5. Kommunikativ funksiya (aloqa almashuv) – moxiyatni aniklashda
bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda
35
energiya, axborot, o’zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli
tiplarning munosabati (an’anaviy, funksional-axamiyatli, shaxslararo, ishlab
chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning
keyingi taraqqqiyotini ta’minlashga qodir. Bu funksiyalar majmuasi jamiyatda
madaniyatning yashashi va rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: