Jamiyatning siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va
xavfsizligi, inson huquqlarini taminlash, uning huquqiy himoya etilishini va
ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo’lib xisoblanadi.
Shaxsning siyosiy madaniyati jamiyat siyosiy madaniyatining uzviy tarkibiy
qismidir. Bu faoliyat siyosat soxasida jamiyat tarakkiyotiga va uning madaniyatiga
mos keladi, natijada shaxs va jamiyat doimiy ravishda siyosiy jixatdan boyib
boradi. Shubxasiz, shaxsning yuksak siyosiy madaniyati jamiyat tarakkiyotini
37
taminlaydi. U insonning bilimdonligi bilan uygunlashib ketadi. Shaxsning siyosiy
ongiga nisbatan o’ziga xos jixatlar ham mavjud.
Shaxsning siyosiy madaniyati - jamiyat siyosiy madaniyatining zaruriy
shart- sharoit va ilk bunyodkori, uning maqsadi va tarkibiy qismidir. Shu bilan, u
qonuniy faoliyat darajasida aks etuvchi shaxs siyosiy rivojlanishining jihati
xamdir. U jamiyat siyosiy holatining muayyan darajasiga bog’lik xolda uning
muxim negizini tashkil etadi va uning asosida yotadi. Shaxsning siyosiy madaniyati
amaliyotda uning ijobiy siyosiy ongini takozo etadi. Bu madaniyat siyosat soxasida
jamiyatning progressiv yutuklariga mos keluvchi ijodiy faoliyatni tashkil etib,
shaxsning siyosiy jihatdan doimo boyishiga imkon beradi.
Shunday kilib, shaxs va jamiyatning siyosiy madaniyati umuminsoniy
qadriyatlar va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Siyosiy
madaniyat -huquqiy davlatning ajralmas qismi hisoblanadi. Istiqlolga erishgan
O’zbekiston o’zining milliy huquqiy tizimini shakllantirilmokda. Bundan maksad
yosh mustaqil davlat rivojlanishini huquqiy jixatdan har tomonlama tamirlashdir.
Bu maksadga erishish yo’lida jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati
huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy, madaniy va siyosiy
savodxonligini har tomonlama oshirishni talab kilmokda. Zero, siyosiy madaniyat
milliy huquqiy tizimning tarkibiy kismi xamda siyosiy bilim , huquqiy etikod va
izchil amaliy faoliyatning majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan
vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini taminlaydi. Demak, “Demokratik
jamiyatga- yuksak siyosiy madaniyat” shiori jamiyatimizning asosiy g’oyalaridan
biriga aylanmogi lozim
1
.
Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining davlat organlari, fuqarolarning
mansabdor shaxslar ustidan nazorat o’rnatishlari, ularning fuqarolar oldidagi
mas’uliyatini oshirish masalalariga muhum e’tibor qaratdi. Ayniqsa, fuqarolarning
ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning davlat organlari faoliyatidan xabardorligi,
shuningdek, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi keng ishtiroki fuqarolik
1
F.Hayitboyev. o’zbekiston milliy huquqiy tizimining shakllanishi. TDYuI 2006 y. 27-b.
38
jamiyatining eng muhum belgilaridan biri ekanligi kabi qoidalar ilgari surildi.
Albatta, bu nazariy qarashlardagi ilmiy talqinlar nafaqat jamiyatning, balki
davlatning kuchli va samarali faoliyat ko’rsata olish qobilyatini oshirish bilan
uyg’unlikda amalga oshiriladiki, undagi asosiy g’oyalar inson erkinligini
ta’minlash maqsadlarida uning o’zini faol va omilkor bo’lishga undaydi:
“Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko’p jihatdan davlatni
boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan
belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun
asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok
etishi, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay
boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga erishish kerak.
Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqaro oldidagi o’z ma’sulyatlarini his qiladilar. Buning uchun fuqarolarning
siyosiy faolligini oshirish zarur”.
1
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatinig shakllanishi fuqarolarning davlat va
jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy ravishda bog’liq
holda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik
qadriyatlarni o’z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda
rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda
demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular –
xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat
qarorlari halq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni
boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”.
2
Shuningdek, Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning
barqarorligini ta’minlashda muholifatning o’rni masalasiga ham katta e’tibor
beradi. Ma’lumki, de’mokratik mamlakatlarda muholifat o’z jamiyatlari va
1
I.A.Karimov. o’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.//
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6.-T.: O’zbekiston., 1998. 151-152 – betlar.
2
I.A.Karimov. o’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.//
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6.-T.: O’zbekiston., 1998. 156-157-betlar.
39
davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhum ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy muholifat jamiyatda plyuralistik fikrlash va dunyoqaroshni
shakllantiradi. Turli xil siyosiy usullar, yondashuvlar va qarashlar asosida kelajakni
yaratish uchun intilish jamiyat a’zolarining tobora ko’proq manfaatlari va siyosiy
irodalarini qamrab boradi. Natijada, jamiyatning ijtimoiy va siyosiy barqarorligini
ta’minlash ongli ravishda izga tushadi. Shuningdek, muxolifatning bo’lishi davlat
va hukumatni shakllantirish jarayonlarida fuqarolarning ustidan kimlar
boshqarishini tanlash huquqiga ega bo’lishini ta’minlaydi, ularning siyosiy irodasi
va istak-xohishi tobora kengroq oshkora namoyon bo’lib boradi. G’arb
mamlakatlaridagi muxolifatning yaratuvchilik o’rnidan kelib chiqib, Prezident
I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda barqarorlikni saqlash zarurligi
haqida gapirar ekanmiz, siyosiy institut sifatida muxolifat masalasini tilga olmaslik
mumkin emas. Bunday institutning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart
bo’lgan va normal holdir. Ayni mahalda shunisi ham muhimki, u tashkiliy jihatdan
rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo’lishi, konstitusiya va qonun
normalarini hurmat qilishi, o’z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy
tuzumning qat’iy, barqaror holatiuchun mas’ul bo’lishi, davlat qurilishining
muqobil loyihalariga ega bo’lishi lozim”.
1
Umuman olganda, Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli
davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili ilg’or demokratik qadriyatlar
bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni
uyg’unlashtirish asosida rivojlanib bordi.
Prezidentimiz O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish isloxotlarini yanada
chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan
kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish)
konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi:
1
I.A.Karimov. O’zbekiston XX asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. //
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6.-T.: O’zbekiston, 1998. 153-bet.
40
- mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini
erkinlashtirish;
- mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik muhitini
qaror toptirish;
- nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
- jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin
ifoda etish sharoitini ta’minlash;
- inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni
yanada mustahkamlash va rivoshlantirish.
Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 7 sessiyasida o’z
ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari
surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo’lsa,
“Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o’tish” degan shiorni amalda ro’yobga
chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va
yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu
jumladan, o’zini o’zi boshqarish tuzilmalariga o’tkazish talab qilinadi. Bo’lar
qatorida biz, birinchi navbatda, o’zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini
ko’zda tutamiz. Ikkinchidan - jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining,
avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va
ularning faolligini oshirishga ko’mak va yordam ko’rsatish darkor”.
1
Mamlakatda “Kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan
kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimyatining aksariyat
vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o’zini o’zi boshqarish organlariga
berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimyati tasarrufida esa, asosan,
faqat konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini
himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qfobilyatini ta’minlash, inson huquqlari
1
I.A Karimov. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. // Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik
yo’li.T. 2.-T.: O’zbekiston, 2003.27-29-betlar.
41
va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinliklarini
himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish
kabi vakolatlarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhum iqtisodiy va
xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish,
xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish,
ekalogiya
masalalari,
umumrespublika
transport
va
muhandislik
komunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab
chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi,
davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimyati, fuqarolar o’zini
o’zi boshfarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy
asoslar va siyosiy shart – sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib
bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari
ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga
o’tkazish belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasi
mamlakat
jamiyatini
demokratlashtirish
va
yangilash
konsepsiyasining,
shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh
etish bo’yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo’nalishlari belgilab
berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni
ko’zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilga
asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtishning barcha yo’nalishlarida amalga
oshirilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi.
Mamlakatda markaziy davlat hokimyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish
asosida kuchli jamiyatning shakllanishi usun shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida
“hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimyat
organlariga o’tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga
42
keltirish va ularga qo’shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish”
1
vazifasi
belgilandi. Shu bilan birga, “o’zini o’zi boshqarish organlari – mahalla qo’mitalari
va qishloq fuqarolik yig’inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish”
2
muhum vazifalar sirasiga kiritildi.
Prezidentimiz o’zining mazkur qo’shma majlisidagi ma’ruzasida
fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan,
bu bilan ”aholining turli ijtimoiy va sosial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi,
mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo’lgan
nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor”
berishga da’vat etdi.
Shu boisdan ham aqlan yetuk, ruhan tetik, sog’lom, erkin va tanqidiy
fikrlovchi, ayni paytda ijtimoiy mas’uliyatni to’g’ri his etadigan, muayyan kasb-
hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekistonda yangi jamiyat barpo
etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi.
Fuqarolik jamiyatidagi siyoisy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun –
moxiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat
fuqarolik jamiyatining siyosiy moxiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki
xodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks
ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tula ma’noda
mavjud bo’lishining shak-shubxasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidar. Va,
aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror
topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan
siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida xam
yakkol ko’rish mumkin. Zero iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Mamlaqatimizda mulk shaklini o’zgartirish xususiylashtirish jarayonlarini
amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan,
1
I.A Karimov.Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va
isloh etishdir // O’zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo’lmaydi. T.: O’zbekiston, 2005. 181-bet.
2
O’sha joyda.181-bet.
43
O’zbekiston Respubliqasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi
tashkil etilib (1992 yil), u mamlaqatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan
shug’ullanib kelmokda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabo’l kilingan o’ttizdan
ortik farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o’nlab vazirlik va davlat
boshqa mulk shaklidagi konsern, assosiasiya, uyushma va jamgarmalarga
aylantirilda. Jumladan, O’zbekiston Respubliqasi paxtachilik vazirligi zamirida
«O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta maxsulotini sotish davlat aksiyadorlik
assosiasiyasini tashkil etish to’g’risida»gi farmon asosida mazkur assosiasiya
tashkil etildi (1992 yil 7 noyabr). Maxalliy sanoat vazirligi islox etilib, uning urnida
Prezidentning 1992 yil 3 sentyabrdagi farmoni bilan «Maxalliy sanoat» davlat
korparasiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O’zbeksavdo» assosiasiyasi(1992yil 5
may farmoni), «O’zbekiston xavo yullari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28
yanvar farmoni) tashkil topdi va xoqazo.
1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respubliqasi Vazirlar Maxqamasi apparati
tuzilmasini takomillashtirish to’grisida» qaror qabo’l kilindi. Bu qarorning asrsiy
maksadi xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga
o’tqazishdan iborat edi. Vazirlar maxqamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy
boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga utdi. Buning ma’nosi
shuki, Vazirlar Maxqamasi apparati xujalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi,
iktisodiyotni davlat yuli bilan boshqarmaydi. Buning o’rniga u iqtisodiyotni bozor
yuliga o’tqazishning umumiy strategiyasini ishlab chikdi, iqtisodiy jarayonlar va
iqtisodiy komplekslar faoliyatini uygunlashtirish va muvofiklashtirish; xujalik
yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta o’zgarishlarni
amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va rakobatni
rivojlantirish bilan shug’ullanadi.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining
rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnak topishi uchun fuqarolik
jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm xam qaror topishi zarur. Buning uchun
jamiyatda tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining
keng ko’lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoklari, uyushmalari, mexnatqashlarning
44
mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi
vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli
munosabatlarga kirisha olsin.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari ham
aloxida o’rin tutadi .
Siyosiy soxada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak
huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasiga
ko’ra, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida
mas’uldirlar. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning
huquqlarini xurmat kilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va
erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo’lmogi lozim.
O’z fuqarolarining xak-huquqlarini taminlab bera olmagan davlat demokratik
huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng bo’lib,
huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etishlari lozim.
Fuqarolar va ularning uyushmalari, davlat idoralari bilan teng huquqli
subyektlar sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu munosabatlarda
tomonlardan birining huquqi yoki manfaatiga putur yetqazilsa, u sudga murojat
etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini tiklashga erishish lozim.
Huquqiy davlatchilikning muxum prinsiplaridan biri ana shu. Binobarin, huquqiy
davlat faqat fuqarolik jamiyatiga bog’lik bo’lmay, balki uning manfaat va
extiyojlariga bo’sinuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |