Фукаролик жвмияти ваунинг конистуциявий тузилиши


ma’naviyat,  axloq-odob,  ma’rifat



Download 436,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana18.06.2021
Hajmi436,26 Kb.
#69553
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi

ma’naviyat,  axloq-odob,  ma’rifat  qabi  o’lmas  qadriyatlar  turmogi  kerak,  deb 

takidladi Prezident. 

          Mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  uchun  muhum  bo’lgan  demokratik 

qadriyatlarni  Prezident  I.A.  Karimov  quyidagicha  baholagan  edi:  “Ma’lumki, 



demokratik  jamiyatning  xalqaro  miqyosda  e’tirof  etilgan  tamoyillari  bor. 

Insonning  o’z  xohish   irodasini  erkin  bildirish  hamda  uni  amalga  oshirish, 

ozchilikning  ko’pchilikka  bo’ysunishi,  barcha  fuqarolarning  teng  huquqliligi, 

davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  qonun  ustuvorligi  ,  davlatning  asosiy 

organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo’li 

bilan  shakllanadigan  davlat  organlarining  saylovchi  tashkilotlar  oldidagi 

javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”. 

1

  Shu bilan birga, Prezident 

I.A.  Karimovning  qarashicha,  fuqarolik  jamiyati  nazariyasi  va  amaliyoti  har  bir 

mamlakat  milliy  qadriyatlari,  xalqning  milliy  mentaliteti  va  milliy  an’analarini 

                                                      

1

 I.A.Karimov. O’zbekistonning siyosiy g’ ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. // Vatan sajdagoh 



kabi muqaddasdir. T. 3. -T.: O’zbekiston, 1996, 8-bet. 

 



 

24 


o’zida  ifodalashi  zarur.  Bu  shuning  uchun  ham  zarurki,  fuqarolik  jamiyati  barpo 

etishda har bir xalq o’z  manfaatlarini ifoda etilishini ham anglashi lozim. Bu kabi 

holatga  ega  bo’lish  uchun  milliylik  yangi  jamiyat  mzmuni  va  shaklu  shamoyili 

bilan  uyg’inlashishi  lozim.  O’zbekistonda  esa  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan 

adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi 

bilan ajralib turadi. 

          Shuningdek,  mamlakatda  yangi  jamiyat  qurish  islohotlari  inqilobiy  yo’lni 

ham  qabo’l  qilmaydi.  Chunki,  bu  yo’l  o’zining  vayronagarchiligi,  millionlab 

aholining  ijtimoiy  ahvoli  pasayib  ketishi,  jamiyatni  qutblashgan  tomonlarga 

bo’linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham davlat 

tomonidan  fuqarolik  jamiyatining  O’zbekiston  mamlakati  uchun  o’ziga  hos 

quyidagi  jihati  ilgari  surildi: “Sharqda  demokratik  jarayonlarning  qadimdan 

shakllangan  o’ziga  xos  va  o’ziga  mos  xususiyatlari  bor.  Buni  aslo  nazardan 

qochirib  bo’lmaydi.  Ya’ni,  sharqda  demokratik  jarayonlar  uzviy  ravishda  va  asta-

sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyasi 

noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb olimlari ham “ijtimoiy 

taraqqiyotning  ibtidoiy  va  yovvoyi  shakli”  deb  ataganlar.  Tabiiyki,  bunday  yo’l 

bizga aslo to’g’ri kelmaydi...”.

1

  

          Shu  bilan  birga,  Prezidentimizning  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini 



shakllantirishga  doir  nazariy  qarashlari  rivojlangan  mamlakatlarda  amalga 

oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. 

U fuqarolik jamiyatining asosini o’zini o’zi boshqarish organlarini o’ziga munosib 

vakolatlar bilan ta’minlashda, deb bildi. 

          Shuningdek,  Prezident  I.A.Karimov  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyatining 

yashashini  ta’minlaydigan  asosiy  shart-sharoitlardan  biri,  bu-davlat  hokimyati 

vakolatlarini  chegaralash,  fuqarolik  jamiyati  institutlariga  jamiyatda  o’zini  o’zi 

boshqarish  uchun  qanchalik  zarur  bo’lsa,  shunchalik  yetarli  vakolatlar  berish 

ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobilyati 

                                                      

I.A.Karimov. O’zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. // Vatan sajdagoh kabi 

muqaddasdir.T.3 – T.: O’zbekiston, 1996. 9-bet. 

 



 

25 


fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog’lik ishtirok etishlari bilan uzviy bog’liq 

ekanligini ham chuqur anglab yetgan edi. 

          Prezident  I.A.Karimov  davlat  vakolatlarini  jamiyat  institutlariga  berish 

asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida quyidagi vazifani 

qo’ydi: “Ammo  haqiqiy  milliy  ravnaqqa  biz  faqat  davlat  hokimiyati  vazifalarini 

qat’iy  va  mukammal  belgilab  va  shu  bilan  birga  cheklab  qo’yilgan  fuqarolik 

jamiyati sharoitidagini erishmog’imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh 

vazifasini  taraqqiyot strategiyasini  aniq  belgilash va uni  hayotga  joriy  etish uchun 

qattiq  nazorat  olib  borishdan  iborat  bo’ladi...  Ana  shunday  davlat  va  jamiyatni  

qurish,  haqiqiy  demokratik  qadriyatlarni  vujudga  keltirish  -  bizning  bosh 

konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir”.

1

  



          Mamlakat  Prezidenti  I.A.Karimovning  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyati 

barpo  etishga  doir  nazariy  qarashlari  uning  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida: 

xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  iaraqqiyot  kafolatlari”  asarida  o’z 

takomiliga yetganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy 

institutlari  O’zbekiston  mamlakati  shart-sharoitlari,  milliy  mentalitetini  hisobga 

olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari 

“shaxs-jamiyat-davlat” o’zaro uyg’unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning 

shaxs  va  jamiyat  manfaatlari  asosida  faoliyat  yuritadigan  siyosiy  institut  ekanligi, 

bu  institutning  doimo  jamiyatning  rivojlanishi  va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  

jihatlardan  farovon  bo’lishi  hamda  barqarorligi  uchun  ma’sulligini  oshirib  borish 

zarurligi asoslangan. 

          Shuningdek, asarda fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va huquqlarining eng 

asosiy himoyachisi ekanligiga ham muhim e’tibor beriladi. Asarda quyidagi fikrlar 

fuqarolik  jamiyatining  yangi  qirralarini  ochib  beradi:  “Biz  uchun  fuqarolik 




Download 436,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish