SO’ZBOShI
Ushbu o’quv-uslubiy majmua oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» nomi bilan o’qitilayotgan fan dasturi asosida yaratilgan bo’lib, unda zamonaviy qirg’in qurollari, ularning zararli oqibatlari, fuqarolarni himoyalash vositalari haqidaagi ma’lumotlardan tashqari, favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, xalq xo’jalik tarmoqlarini, moddiy resurslarni, atrof-muhitni zararlanishdan saqlash, shikastlangan hududlarda qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirish masalalari mujassamlangan.
O’quv uslubiy majmua oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan. Qo’llanma ayni vaqtda keng jamoatchilik uchun ham foydadan xoli bo’lmay, aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdek xayrli ishda ularning huquqiy, siyosiy, ekologik xavfsizlik madaniyati yuksak bo’lishiga xizmat qilishi, shubhasiz.
Qo’llanmada har bir bobning mazmunini to’liq yoritishda ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlar, mavzularni mustahkamlash uchun tayanch tushuncha va iboralar hamda savollar keltirilgan. Oliy o’quv yurtlarida talabalarni fuqarolar muhofazasiga o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalda qo’llashga hamda harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish tutishga o’rgatishdan iborat.
Kirish
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko’rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni taxlil qiladi va yangi asr bo’sag’asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XX asr poyonida xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko’rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqgisodning barqaror rivojlanishiga taxdid solib turibdi. Shu sababdan ham O’zbekistonda o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari o’rin oldi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon-lar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to’g’risida Prezidentimiz
«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ham batafsil to’xtab o’tganlar.
Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqglarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar muhofazasi — yangi ijtimoiy, iqgisodiy zarurat asosida tashkil topgan. Ya’ni mustaqil O’zbekistonni va fuqarolarini turli ko’rinishdagi falokatlardan va halokatlardan saklash ruxida tarbiyalashga yo’naltirilgan.
Shu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo’ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vaziflaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, er surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bo’lishiga moyil o’lka bo’lganligidan hamda texnogen avariyalar, katastrofalar va ekologik muvozanatning buzilishi natijasida
uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko’rgan hududlarda qutqarish va kechiktirib bo’lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim masalalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |