Fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezoni:
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” kursidan 3-bosqich talabalari uchun reyting nazoratlari ishlanmasi
5-6-semestr
T-r
|
Nazorat turlari
|
Soni
|
Ball
|
Jami ball
|
I
|
J.B.
Savol-javob (o’tilgan har bir mavzu bo’yicha)
TMI
|
6
5
|
5
4
|
40
20
|
II
|
O.B.
2.1. Yozma ish TOPShIRIQLARI
|
3
|
10
|
30
|
III
|
Ya.B.
3.1. Yakuniy yozma ish
|
3
|
10
|
30
|
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» kursidan baholash mezoni
J.B. bo’yicha seminar mashg’ulotlarining har birida faol qatnashib, berilgan savollarga to’liq javob bergan talabaga 5 ball, to’la bo’lmasa, 2-3 ball beriladi.
Talaba mustaqil ishlari bajarilishi har bir mavzu bo’yicha faol bo’lsa, 4 ball, to’la bo’lmasa, 2-3 ball beriladi.
Oraliq baholash yozma ish (yoki test) shaklida o’tkazilib, talaba o’ziga berilgan variant topshiriqlarga javob beradi. Har bir variantda 3 tadan savol bo’lib, har bir to’g’ri javobga 5 balldan beriladi.
Yakuniy baholash yozma ish (yoki test) shaklida o’tkaziladi. Talaba 3 ta savoldan iborat yoki 30 ta savoldan iborat test variantlariga javob beradi. Har bir to’g’ri javob 10 balldan, testda 1 balldan baholanadi.
Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi fani bo’yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llamalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan indivudial ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilishva boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning asosiy kontseptual yondoshuvlar quyidagilardan iborat.
Fanning maqsadi. Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi fanining maqsadi Talabalarga Fuqarolar muhofazasini o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak mutaxassislarni favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalda qo’llashni hamda harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish tutishga o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |