Fudbolda darvozabon o’yin texnikasi. Reja: Kirish. I bob. Futbol texnikasining tasnifi. Darvozabonning o‘yin texnikasi



Download 118,62 Kb.
bet23/25
Sana31.12.2021
Hajmi118,62 Kb.
#251495
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Darvozabon2

Ko‘krak bilan to‘xtatish. Bunda ham to‘pni to‘xtatish amortizatsiya va so‘ndiruvchi harakatga asoslangan bo‘ladi. Harakat strukturasining uch fazali ekani ko‘krak bilan to‘p to‘xtatishga xos xususiyatdir.Tayyorlov fazasida to‘pni to‘xtatish uchun qulay holatda mana bunday turib olinadi: futbolchi to‘p tomonga qarab oladi; oyoqlar kerilgan yoki kichikroq qadam (50-70 sm) kengligida ochilgan holda turiladi; ko‘krak sal oldinga olingan, qo‘llar tirsagi sal bukilib, past tushirilgan. Ishchi faza so‘ndiruvchi harakat bilan xarakterlanadi. To‘p yaqinlashib kelganda gavda orqaga tortilib, elka bilan ikki qo‘l oldinga chiqariladi. Yakunlovchi fazada og‘irlik markazi o‘qi to‘p bilan harakat qilish mo‘ljallangan tomonga o‘tkaziladi.

Ko‘krak balandligida uchib kelayotgan hamda turli traektoriyada uchib kelayotgan to‘plarni to‘xtatishdagi harakat mexanizmi asosan bir xil bo‘lib, ayrim detallaridagina farq bor.Ko‘krak balandligida kelayotgan to‘pni to‘xtatishda o‘yinchi ko‘pincha oyoqlarini kichikroq qadam kengligida ochib, to‘ppa-to‘g‘ri tik turadi, gavdaning og‘irligi oldinda turgan oyoqqa tushadi. So‘ndiruvchi harakat qilganda gavda og‘irligi orqadagi oyoqqa o‘tkaziladi.

Pastga tushayotgan to‘pni to‘xtatishda gavda orqaga tortiladi. Og‘ish burchagi to‘pning uchish traektoriyasiga bog‘liq (ko‘krak tushib kelayotgan to‘pga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qilishi kerak). Ko‘krak bilan to‘p to‘xtatishdagi amortizatsiya yo‘li qisqa bo‘lgani sababli, to‘pning tezligi va traektoriyasini juda aniq mo‘ljallay bilish hamda so‘ndiruvchi harakatni o‘z vaqtida bajarish lozim. Orqaga to‘p o‘tkazishning ikki xil xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Ko‘krakning o‘rta qismi to‘p o‘tkazish uchun orqaga engashish va ozgina so‘ndiruvchi harakat qilish kerak. Shunda to‘p ko‘krakning o‘rta qismiga tegib, boshdan oshib ketadi. O‘yinchi 1800 burilib, to‘pni egallab oladi.Samaraliroq usul-ko‘krakning o‘ng (chap) qismi bilan to‘p o‘tkazish. Bunda gavdani o‘rniga qarab o‘ng yoki chap tomonga burish hisobiga so‘ndiruvchi harakat qilinadi. To‘xtatuvchi qism bo‘shashtirib turilgan ko‘krak mushaklariga to‘g‘ri keladi. Tezligi anchagina kamayib qolgan to‘pni o‘yinchi 1800 burilib, diqqat qilib kuzatadi.YOn tomonlarga (o‘ngga yoki chapga) o‘tkazish ham shu tarzda bajariladi.Kamroq so‘ndiruvchi harakat qilish (40-600 burilish) to‘pni to‘xtatishgina emas, balki uning traektoriyasini o‘zgartirish imkoniyatini ham beradi.Baland uchib kelayotgan to‘pni sakrab ko‘krak bilan to‘xtatiladi. To‘p yaqinlashib qolganda bir oyoqda yoki ikki oyoqda depsinib yuqoriga sakraladi. So‘ndiruvchi harakatni sakrashning eng yuqori nuqtasiga etganda boshlab, qaytib tushayotganda tugallash kerak.To‘pni ko‘krak bilan to‘xtatish o‘yinda tez-tez qo‘llaniladigan samarali texnik priyom bo‘lsa ham koordinatsiya jihatidan murakkab harakatlar qatoriga kiradi va nihoyatda jiddiy mashq qilishni talab qiladi.


Download 118,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish