61
8
-dars
MAVZU:BOG
’
LANGAN FIKR
Kun hikmati:
Odob
– beodobni har bir odobsizligiga sabr-toqat
qilishdir.
Ba’zida shunday vaziyatlar bo’ladiki, bir necha holatlar birgalikda bitta
xulosani keltirib chiqaradi.
Tasavvur qiling:
(1) Odilbek ertalab yo’lga chiqqanda sayobon olishni unutdi.
va aynan shu kuni yana bitta voqea yuz berdi:
(2) Odilbek yo’lga chiqqandan keyin ko’p o’tmay sharros yomg’ir yog’a
boshladi.
Bu ikki voqea bir vaqtda sodir bo’lgani natijasida nima bo’ladi?:
(3) Odilbekning kiyimi boshdan-
oyoq shalobbo bo’ldi.
Bu uchta fikrni birlashtiramiz:
(1) Odilbek ertalab yo’lga chiqqanida soyabon olishni unutdi, aksiga olib (2)
u
yo’lga chiqqanidan keyin ko’p o’tmay sharros yomg’ir yog’a
boshladi,
natijada
(3) Odilbekning kiyimi boshdan-
oyoq shalobbo bo’ldi.
Endi keling, yuqoridagi argumentni tahlil qilamiz: Argument 3 qismdan
tashkil
topgan. Unda (3) jumla xulosa va (1) va (2)
jumlalar sabab sifatida
qatnashgan.
Bu fikr tuzilishining boshqalaridan asosiy farqi: Berilgan sabablar (yoki
asoslar)
alohida xulosani keltirib chiqara olmaydi!
Tekshirib ko’ramiz.
Tasavvur qiling, asoslardan birortasi tushib qolgan bo’lsin:
A.
(1) Odilbek ertalab yo’lga chiqqanida soyabon olishni unutdi, natijada
(3) Odilbekning kiyimi boshdan-
oyoq shalobbo bo’ldi.
62
Yoki
B.
(2) Odilbek yo’lga chiqqanidan keyin ko’p o’tmay sharros yomg’ir yog’a
boshladi, natijada (3) Odilbekning kiyimi boshdan-
oyoq shalobbo bo’ldi.
Bu fikrlar to’laqonli fikr bo’la olmaydi.
(A) vaziyatda soyabon olishni unutgan Odilbek
jiqqa ho’l bo’lishi
uchun
yomg’ir yog’ishi kerak, lekin bu yerda yomg’ir yog’gani haqida ma’lumot yo’q.
(B) vaziyatda esa Odilbek sharr
os yomg’irda shalobbo bo’lishi
uchun
kerak
bo’lgan vaziyat, uning sayoboni yo’qligi haqida hech narsa deyilmagan.
Bunday ko’rinishdagi fikrlar chizmasi (1) + (2)
→
(3) yoki (1) + (2) (3)
ko
’
rinishida beriladi.
Yana bir marta, fikrdagi xulosa va asos (
sabab)larning joylashish o’rni
o’zgarishi
mumkinligini eslatib o’tamiz, masalan:
(1) Akmal orzu qilgan futbol o
ʻ
yiniga kira olmaydi, (2) chunki unda 100 ming
so
ʻ
m bor, (3) o
ʻ
yinga kirish chiptasi esa 150 ming so
ʻ
m turadi.
Bunda (1) jumla xulosa, (2) va (3) jumlalar asos vazifasida kelgan, argument
chizmasi esa (1) (2) + (3) shaklida beriladi.
Va nihoyat,
ikkitadan ortiq sababdan iborat bog’langan fikrga misol:
(1) Bugun Ikrom tennis o’yini uchun raqib topa olmadi: (2) Akmal shamollab
qolibdi, (3
) Bobur qo’shni qishloqdagi buvisinikig
a mehmonga ketibdi, (4)
Shavkatuyga vazifasini tayyorlamagani
uchun oyisi ruxsat bermadi, (5)
Bekzodning qo’li og’riyotgan
emish.
(Chizmasi (1) (2) + (3) + (4) + (5) shaklida)
Do'stlaringiz bilan baham: