Frazemalarning mazmun jihati
Mundarija:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Frazemalar orasidagi semantik munosabatlar
2.2. Frazemalarda sinonimik munosabat
2.3 Frazeologik birliklarning turkumlanishi
2.4. Frazeologik birliklarda grammatik turkumlar
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
I. Kirish
"Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni , ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz , shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak .Bu olijanob harakatni barchamiz o'zimizdan, o'z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf -odat va qadriyatlarimizga hurmat , Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak "- deydi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
Frazemaning erkin boglanma bilan ifoda jihatiga kora ozaro teng kelishiga omonimiklik deyiladi. Bunday hodisa kopchilik frazemalarga xos. Masalan, nutqda kuni otdi erkin boglanmasi tuzib ishlatiladi, bunda kun, ot leksemalari oz ma'no mustaqilligini saqlab boglanadi. Shu bilan birga kun(i) otdi frazemasi ham mavjud bolib, uning tarkibida qatnashadigan kun, ot leksemalari oz ma'no mustaqilligini saqlamaydi, frazemadan yaxlitligicha umumlashma ko‘chma ma'no anglashiladi ('tirikchilik qil').
Quyidagi misollarni qiyoslang: I) Тurg‘un ota uzoq bosh qashir, keyin birdan y e n g i n sh i m a r i r (Oybek). 2) Shunday qilib, Тojiboyning raislik davri tamom bo‘ldi. Oyimxon pechatni undan olib, ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Oyimxon y e n g sh i m a r i b ish boshladi (Parda Тursun).
Birinchi misoldagi yeng shimar erkin bog‘lanma: uni tashkil etuvchi yeng va shimar leksemalari o‘z leksik ma'no mustaqilligini saqlagan holda boglanib kelgan. Ikkinchi misoldagi yeng shimar- - frazema, chunki bu boglanmada yeng va shimar leksemalari oz leksik ma'no mustaqilligini saqlamaydi, boglanmadan yaxlitligicha 'astoydil' ma'nosi anglashiladi.
Ayni bir leksemalardan tuzilgan boglanmalarning togri va kochma ma'noda ishlatilishidagi farq quyidagi matnda ochiq korinadi:
- Afandi? Sira o g z i n g i z n i o ch m a d i n g i z - a ?
- O g i z o ch i sh bundan kam boladimi? - dedi afandi. - Esnayverib
ogzimning yirtilishiga sal qoldi-ku! (Afandi latifalaridan).
Bu parchada togri ma'noli boglanma bilan frazema asosida "soz oyini" ishlatilgan.
Omonimiklik asosan quyidagi holatlarda voqe bolmaydi:
1) Frazema tarkibida kochma ma'noda qatnashgan leksema bolganida:
kongl(i) oq - oq kongil, koz(i)ning paxtasi chiqdi - koz(i)ning paxtasini chiqar kabi.
2) Frazema asosida real voqelik yotmaydi, shu sababli xuddi shunday erkin boglanma tuzilmaydi: bir yoqadan bosh chiqar, kongl(i)ga qol sol, bosh(i) kokka yetdi kabi va boshqa.
Frazema - lisoniy birlik, erkin boglanma - nutqiy birlik; bular til qurilishining boshqaboshqa holatiga mansub; shu sababli bu yerda omonimiya voqe bolmaydi, omonimiklik haqida gapiriladi.
Ifoda jihati teng frazemalar omofrazemalar deyiladi: boshi(i)ga kotar l("kuchli shovqin-suron qil") - bosh(i)ga kotar II ("yuksak darajada izzat-hurmat qil") kabi.
Omofrazemalar quyidagicha yuzaga keladi:
1. Frazemalar ifoda jihatida tasodifan teng kelib qoladi. Bunda har bir frazema asosida boshqa-boshqa obraz yotadi. Masalan, misi chiqdi I frazemasi miskarlik bilan boglansa (Idish-tovoq ilgari asosan misdan yasalar va usti sirlanar edi; siri ketsa, misi chiqib, yaroqsiz holga kelar edi); misi chiqdi II frazemasi esa misning rangiga boglanadi (Pechka qattiq yoqilsa, qizib mis rangiga kiradi).
2. Bir frazemadan ikkinchi frazema osib chiqib voqe boladi. Omofra-zemalarning bunday yol bilan paydo bolishi uch xil:
1) Mavjud frazemaning ma'no taraqqiyoti natijasida yangi frazema paydo boladi. Bu hodisa frazeologik polisememiyaga oxshaydi. Farq shundaki, hozirgi holatida bu ikki omofrazema anglatgan ma'nolarni bir frazemaning ma'nolari sifatida talqin qilib bolmaydi, bu lugaviy ma'nolar bir ma'no zanjiriga birlashmaydi. Masalan, jon(i) bor I frazemasi jonlilarga nisbatan, birinchi navbatda odamga nisbatan ishlatiladi ("hali tirik" ma'nosini anglatadi). Bu frazemani jonlilardan gap, soz kabi mavhum tushuncha nomlariga kochirish bilan tamoman yangicha ma'no ("asosga ega", "zamirida haqiqat bor", "bejiz emas") vujudga kelgan. Bu ikki frazeologik ma'noni bir frazemaning ikki ma'nosi deb bolmaydi, chunki bu lugaviy ma'nolar orasida boglanish yoq. Shu sababli keyingi ma'noni alohida frazema (joni bor II) deb qarash lozim (Keyingi frazema kopincha jon bor shaklida ishlatiladi).
2) Mavjud frazemaning biror grammatik shakli asosida paydo boladi. Bunda frazemaning grammatik shakllaridan biri ma'noda ayrimlik qozonadi, shu asosda mustaqil frazema darajasiga osib boradi. Xuddi shunday shaklda ishlatilish avvalgi frazemada ham saqlangani sababli omonimiya paydo boladi.
Leksemalarning ayrim grammatik shaklida qotib ravishlashuvi faol jarayon bolib, hozirgi ozbek tilida ham ravish turkumining boyish manbalaridan biri. Bunday usul bilan ravishlashuv frazemalarda ham anchagina uchraydi. Masalan, bosh(i)ni yeb I shakli bosh(i)ni ye frazemasining juda kop grammatik shakllaridan biri bolib, bu shaklida ham boshqa shakllaridagi kabi lugaviy ma'noni aynan anglatadi ("yoq qilib", "halok qilib"). Shu frazemadan osib chiqqan boshini yeb II frazemasi esa xuddi shu shaklda paydo bolgan. Avvalgi lugaviy ma'no bilan boglanmaydigan yangi lugaviy ma'noning("juda kop hosil qilib") yuzaga kelishi yangi frazemaning vujudga kelishiga, bu esa oz navbatida omonimiyaning paydo bolishiga olib kelgan.
3) Mavjud frazemada yangicha sintaktik vazifaga xoslanish, shu tufayli yangi ma'no anglatish voqe boladi, natijada boshqaboshqa turkumga mansub ikki frazema haqida gapirish lozim boladi. Masalan, turgan gap I va turgan gap II frazemalaridan birinchisi kesim vazifasiga xoslangan bolib, "aniq", "shak-shubhasiz" kabi ma'noni anglatadi. Shu frazema keyinchalik kirish bolak vazifasida ham ishlatilib, alohida bir lugaviy ma'no ("albatta", "shubhasiz" kabi modal ma'no) kashf etgan, modal frazema paydo bolgan. Bu tur omofrazemalar juda oz.
Omofrazemalarga nisbatan ham omonimlar va omoformalar haqida gapiriladi. Omonim omofrazemalar barcha muqobil shakllarida ozaro teng keladi. Masa-lan, qol kotar I ("urmoqchi bol") va qol kotar II ("tarafdor ekanini, roziligini bildir") barcha muqobil shakllarida teng keladi, shunga kora omonim omofrazemalar deyiladi.
Omofrazemalar kopincha biror tomoni bilan farqlanib turadi, shunga kora omonim omofrazemalar juda oz. Omoforma omofrazemalar asosan quyidagi sabablarga kora voqe boladi:
I. Frazemalardan biri bolishlibolishsizlikning faqat bir shaklida ishlatiladi, shu jihati bilan har ikki shaklda ishlatiladigan frazemadan farqlanib qoladi. Masalan, soz ber I ("muzokara qilishga rasmiy ruxsat ber") frazemasi bolishli va bolishsiz shakllarda ishlatiladi, soz berma II ("boshqalarga imkon bermay nuqul ozi gapir") frazemasi faqat bolishsiz shaklda ishlatiladi, omonimiya soz berma I va soz ber- ma- II shakllarida voqe boladi.
2. Frazemalardan biri nisbatlovchi bilan ishlatilmaydi. Masalan, koz yum I ("kora-bila turib e'tiborsiz qoldir") frazemasi nisbatlovchisiz ishlatiladi, koz(i)ni yum ("qazo qil") frazemasi esa nisbatlovchili ham, nisbatlovchisiz ham ishlatiladi, keyingi shaklda ishlatilganida tushum kelishigi ham belgisiz shaklga otadi va omonimiya voqe boladi.
3. Frazemalardan biri ikki nisbat shaklida, ikkinchisi esa faqat bir nisbat shaklida ishlatiladi. Masalan, chehra(si)ni och I ("xafaligi tarqaganini korsat") frazemasi har ikki nisbat shaklida ishlatiladi: chehra(si) ochildi; chehra(si)ni och II ("gozallashtir") frazemasi esa faqat aniq nisbat shaklida ishlatiladi va b.
Ba'zi frazemalar ozaro tarkibidagi bir leksik a'zosi bilan-gina farq qiladi, lekin bu a'zolar ifoda jihatiga, ba'zan mazmun jihatiga kora ham oxshash boladi. Bunday frazemalarni parafrazemalar deb nomlash mumkin. Parafrazemalarning asosiy korinishlari quyidagicha:
1. Ikki frazema tarkibidagi hollovchi boshqaboshqa, lekin oxshash leksik birlik bilan ifodalangan boladi: yurag(i) t a r s yorilib keta yozdi ("sabr-chidami tugab xunob bolib ket") - yurag(i) q o q yorilayozdi ("sevinib kuchli hayajonlan")kabi.
2. Ikki frazema tarkibidagi toldiruvchi bolak boshqaboshqa, lekin oxshash leksik birlik bilan ifodalangan boladi: oz(i)ni q a y e r g a q o y i sh (i) n i b i l- m a 2 ("bekorchilikdan zerikib toqatsizlan") - o z i n i q a y o q q a u r i sh ( i )- n i bilma ("kuchli hayajonlangan holda toqatsizlan") kabi.
3. Ikki frazema tarkibidagi fe'l a'zo boshqa-boshqa, lekin oxshash leksema bilan ifodalangan boladi: yetti uxlab, tush(i)ga ham k i r m a ("mutlaqo oylama, kutma-") - yetti uxlab, tush(i)da ham k o r m a ("hech qachon korma") kabi va b.
Lisoniy birlik sifatida frazemalarga ham xuddi leksemalarda bolganidek nomlash vazifasi va ma'lum bir ma'noni bildirish vazifasi xos. Faqat frazeologik birliklarning ayrim turlarida nomlash vazifasi yoq (Bular "Frazemalarning turkumlanishi" bahsida tasvirlanadi).
Frazemada ikki va undan ortin leksema oz leksik ma'no mustaqilligini yoqotgan holda bir umumiy ma'no markaziga boysunadi, frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma'noni gavdalantirish uchun xizmat qiladi. Frazemadan anglashiladigan ma'no uning tarkibidagi leksemalardan anglashiladigan ma'nolarning oddiy (arifmetik) yigindisi bolmay, umumlashma, ustama ma'no, ayni vaqtda kochma ma'no sifatida gavdalanadi. Masalan, jon(i)ni jabborga ber frazemasi " bor kuchini safarbar qilgani holda faoliyat korsat " ma'nosini anglatadi; bu ma'no jon, jabbor, ber leksemalari anglatadigan ma'nolarning oddiy yigindisi emas, balki ma'lum obrazga asoslanadigan umumlashma kochma ma'no.
Leksemada bolganidek, frazemaning mazmun jihatida ham ikki hodisa ajratiladi: I) lugaviy ma'no, aniqrogi - frazeologik ma'no, 2) baho semasi.
Frazeologik ma'no. Frazemaning voqelikka nisbat beriladigan lugaviy mazmuni (nimanidir anglatishi, ifodalashi) frazeologik ma'no deyiladi. Masalan, tuyaning kallasiday frazemasi "hajmi odatdagidan ancha katta, yirik" ma'nosini, yurakbagr(i) qon bolib ketdi frazemasi "diltang bol, ziq bol" ma'nosini anglatadi: Qovunga qarang. Har biri t u ya n i n g k a l l a s i d a y. Juda saralangan (Oybek). Y u r a kb a g r i m q o n b o l i b k e t d i... ertadan beri yolgiz otiribman (Oybek).
Frazeologik ma'no tarkibini semik tahlil qilish bilan ham ideografik semalar ajratiladi. Masalan, ta'b(i) xira frazemasi sifatlarning ruhiy holat bildiruvchi leksiksemantik guruhiga mansub. Bu guruh sifatlarning lugaviy ma'nosi tarkibida "kayfiyat", "hishayajonning ijobiysalbiyligi", "his-hayajonning kuchlikuchsizligi" kabi ideografik semalar ajratiladi. Ana shu semalar asosida yuqoridagi frazemaning ma'nosini "kayfiyati biroz yomon holatda" deb ta'riflash mumkin.
Frazeologik butunlik va frazeologik chatishma. Frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan lugaviy ma'no bilan uning tarkibidagi leksemalar anglatadigan lugaviy ma'nolar orasidagi munosabat asosida frazemalarning ikki ma'no turi farq qilinadi: 1) frazeologik butunlik, 2) frazeologik chatishma.
Ma'nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar asosida izohlanadigan, shu leksik ma'nolarning umumiy maxraji sifatida gavdalanadigan frazema frazeologik butunlik deyiladi: toydan ilgari nogora chal, yog tushsa yalagu(n]dek, katta ogiz kabi. M i s o l: Mehmonning qizarganini payqagan keksa boy oz xotinining k a t t a o g i z va betamizligidan achchiqlanib yuzini teskari burdi (Oybek).
Ma'nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar asosida izohlanmaydigan, bu leksemalarga xos leksik ma'nolarni hisobga olmaydigan frazemaga frazeologik chatishma deyiladi: bosh(i)ni olib (chiqib ket), opka(si)ni qoltiqla kabi. M i s o l: Bordiyu Siz ham tisarilsangiz, Sizdan ham qolimni yuvib, qoltigimga uraman-u, b o sh i m n i o l i b hayyo-hayt deb chiqamanketaman (Hamza). Ovchi uzoqdan o p k a s i n i q o l t i q l a b chopib keldi (Ertakdan).
Frazeologik chatishmaga xos ma'no tarkibidagi leksemalarning ma'nosiga hatto zid boladi. Masalan, oyog(i)ni qol(i)ga ol frazemasidan anglashiladigan ma'no ("masofani ota tez sur'at bilan bos ") tarkibidagi leksemalardan bevosita anglashiladigan ma'nolarga zid: oyoqni qolga olgandan keyin, jadallik u yoqda tursin, umuman hech qanday harakat bolishi mumkin emas.
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma uchun umumiy belgi - ularda semantik va grammatik sintezga intilishning mavjudligi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) Тarkibida ikki va undan ortiq leksema qatnashadi, 2) Yaxlit bir ma'no gavdalanadi, 3) Тarkibidagi leksemalar o‘z leksik ma'no mustaqilligini yo‘qotadi, 4) Erkin bog‘lanma bilan omonimiklik holatida bo‘ladi, 5) Frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin, 6) Nutqda yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi, 7) Boshqa tilga yaxlitligicha tarjima qilinadi.
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasidagi farq - ulardagi umumiy belgining (semantikgrammatik sintezga intilishning) me'yorida:
1a. Frazemaning ma'nosi tarkibidagi leksemalarning ma'nosiga bogliq, shu leksik ma'nolarning oziga xos sintezidan iborat boladi.
1b. Frazemaning ma'nosi tarkibidagi leksemalarning ma'nosiga bogliq emas, bulardan kelib chiqmaydi.
2a. Frazemaning ma'nosini uning tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar asosida izohlash mumkin.
2b. Frazemaning ma'nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar asosida izohlanmaydi, frazemadan anglashiladigan ma'noni tushunishda qandaydir shartlilik mavjud bo‘ladi.
3a. Тarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar ma'lum darajada hisobga olinadi.
3b. Тarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar hisobga olinmaydi.
4a. Frazemaning yaxlit ma'nosi fonida tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolar ham sezilib turgani sababli bunday frazemaning ma'nosi ko‘p qirrali, boy boladi, murakkab holatda gavdalanadi; ichki obraz hayot boladi.
4b. Faqat frazemaning yaxlit ma'nosigina mavjud boladi, bu ma'noning gavdalanishida tarkibidagi leksemalarning ma'nosi qatnashmaydi; ichki obraz songan boladi. Shunga kora frazemaning ma'nosi ancha sodda holatda gavdalanadi.
5a. Ma'nosini tarkibidagi qismlar asosida izohlash imkoniyatining borligi bilan bunday frazema yasama leksemalarga oxshaydi.
5b. Ma'nosini tarkibidagi qismlar asosida izohlash imkoniyatining yoqligi bilan bunday frazema tub leksemaning bosh leksik ma'nosiga oxshaydi.
Baho semasi. Frazema mazmun jihatining voqelikka munosabat bildirish belgisiga baho semasi deyiladi. Baho semasining leksemalardagi va frazemalardagi mavqei farqli.
Baho semasi leksemalarning kopida betaraf boladi, yaqqol ifodalanib turmaydi; ba'zan esa baho semasi leksemani turlicha ma'no munosabatiga kiritish, turlicha qollash bilan hosil qilinadi. Frazemalarning kopida esa baho semasi uning mazmun jihatida doimiy tarkibiy qism bolib qatnashadi, ba'zan frazemaning lugaviy ma'nosini butunlay qamrab oladi.
Frazemalar odatda voqelikni nomlab-gina qolmay, uni baholaydi ham. Frazemalarning tilda yashashini oqlab turadigan asosiy sabablardan biri - shu. Masalan, quyidagi matnlarda ishlatilgan frazemalar ma'lum voqelikni nomlaydi (yer-u kokka ishonma - "ota darajada ardoqla "; bosh(i)ga kotar II - 'yuksak darajada izzathurmat qil "; mukka(si)dan ket - "ozini tiya olmaslik darajasida berilib ket "); shu bilan bir vaqtda bu voqelikka munosabatni ham ifodalaydi (Avvalgi ikki frazemada ijobiy munosabat, keyingi frazemada esa salbiy munosabat ifodalanadi): I b r o h i m. Xursandmisan, xafa qilayotgani yoqmi? G u l s a r a. Yoq! Yeru kokka ishonmaydi, boshiga kotaradi (Yashin). Otang xurofatga mukkasidan ketgan odam (Yashin).
Frazemalar nutqda asosan lisoniy ma'nosi bilan ishlatiladi. Shuning bilan birga frazemani yangicha lugaviy mazmun bilan ishlatish ham uchraydi. Masalan, chakag(i) ochildi frazemasi odatda "kop ma'ra" (hayvonga nisbatan), "uzluksiz jovra" (kishiga nisbatan) ma'nolarini anglatadi. Oybek bu frazemani juda ustalik bilan yangi bir hodisa - pulemyotning oq uzishiga kochirgan. Bunday yangicha qollash muvaffaqiyatli chiqqan, yozuvchi 'uzluksiz oq uz' kabi yangicha ma'noni ifodalashga erishgan: Pulemyotning chakagi ochilib ketdi.
Frazemani yangicha nutqiy qollash hamma vaqt ijobiy chiqavermaydi. Masalan, quyidagi nutqiy qollash durust chiqqan, lekin kichik bir nuqson ham bor: Sevgining naqadar pok, naqadar muqaddasligini y e t t i u x l a b, t u sh i d a k o r m a g a n va uni muruvvatsiz qolda solgan chechak kabi xoksor qilgan ishq jalloblari-ning noziga quloq solgan xudo totiqushning bolalaridek birbiriga zor, intizor bolib, birbiriga yetisholmay xorzor bolib yurgan miskinlar ohiga nechuk quloq solmas ekan? (Mirzakalon Ismoiliy).
Bu matnda ishlatilgan yetti uxlab, tush(i)da korma frazemasi "hech qachon korma" ma'nosini anglatadi va korish mumkin bolgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yozuvchi bu frazemani yangicha matnda, yangicha qurshovda (sevgining pokligi, muqaddasligi birikmashakliga boglab) ishlatgan. Natijada bu frazema tamoman yangi ma'noni - " bilma " ma'nosini anglatish uchun xizmat qildirilgan. Bu bilan frazema-ning lugaviy ma'nosi togri taraqqiy ettirilgan. Lekin bu frazema mavhum belgi otlarini bevosita boshqarib kelishi orinli chiqmagan. Agar bu frazema togridan togri sevgini leksemashaklini quyidagicha boshqarib kelsa edi, muallif bu nuqsondan qutular edi: Pok, muqaddas sevgini yetti uxlab, tushida kormagan.
Badiiy nutqda frazemani noorin, notogri ishlatish hollari ham uchraydi. Bunday hol tilni bilmaslik, til qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik oqibatida yuz beradi. Masalan, quyidagi matnda frazema noorin ishlatilgan: K o r i n m a y d i ko z i m g a - Тor qafasda turganim. Esga tushar bog‘chada erkin sayrab yurganim (Adham Rahmat). Bu matnda ishlatilgan ko‘z(i)ga ko‘rinma II frazemasi "tatima" ma'nosini anglatib, qadrli, yoqimli kishi yoki narsaga qarata aytiladi; she'rdagi "tor qafas"ni bunday narsa deb bolmaydi.
Lugaviy ma'noning taraqqiy etishi frazemalarga ham xos bolib, asosan metafora yoli bilan kochirish natijasida voqe bolgan. Masalan, kongl(i)ga teg frazemasi asli biror ovqat tez-tez iste'mol qilinishi tufayli yoqmay qolishini anglatadi. Bu frazema keyinchalik ovqatdan boshqa narsalarga, shuningdek kishilarga qarata ham ishlatilgan; bunday kochirish natijasida bu frazemada " tabiatiga togri kelmay qolib yoqtirmaslik hissi uygondi" ma'nosi yuzaga kelgan: I) Mastava k o n g i l l a r i n g i z g a t e g i b yu r g a n d i r (Hakim Nazir). 2) Ammo har kuni bir xil narsani takrorlayverish uning k o n g l i g a t e g d i (Ibrohim Rahim).
Frazemaga xos ma'noning taraqqiyoti natijasida frazeologik ma'noning miqdori ozgaradi. Bir frazeologik ma'no asosida ikkinchi frazeologik ma'noning yuzaga kelishi ikki xil hodisaga - kopma'nolilikka yoki omonimiyaga olib keladi; bulardan bi- rinchisi kop (Frazeologik omonimiya oldingi sahifalarda tasvirlandi).
Bir frazema ba'zan zid mazmunli lugaviy ma'nolarni anglatadi. Masalan, yurag(i) qinidan chiq[ayoz]di frazemasi qattiq hayajonlanishni anglatadi, lekin bunday holat tashvishga ham, sevinchga ham boglanadi: 1) Qorqmayman deb bolmaydi, oglim. Shunaqa vaqtda odamning y u r a g i q i n i d a n ch i q i b k e t a d i (Abdulla Qahhor). 2) Qizning paranjisini korishi bilanoq yigitning y u r a g i q i n i d a n ch i q a y o z d i (Oybek). Buni enantiosemiya hodisasiga oxshatish mumkin.
2 §. Frazemalarning kopi bir ma'noli (monosemem). Masalan, bahr(i)dan ot frazemasi "foydali deb bilgan narsasidan voz kech" ma'nosini, "berdi"sini "aytguncha urib oldir" frazemasi "gapirib bolguncha, kutmay (chidamay) biror narsa de " ma'nosini, "daryodan bir tomchi" frazemasi qolgan qismiga nisbatan juda oz' ma'nosini anglatadi.
Kop ma'noli (polisemem) frazemalar ham anchagina bolib, bularning kopi - ikki va uch ma'noli. Masalan, bosh(i) aylandi frazemasi ikki ma'noni anglatadi: 1) "behud bol" ,2) "esankira"; bosh suq frazemasi uch ma'noni anglatadi: I) "gavdasi tashqarida qolib, boshini tiqqan holda qara " 2) " kir " ,3) " aralash ". Bosh kotar I frazemasi esa quyidagi tort ma'noni anglatadi: 1) " qara ", 2) " qilib turgan ishini toxtat " , 3) "qozgal ", "harakatga kel " , 4) "kurashga choglan " ("Ozbek tilining frazeologik lugati"ga qarang).
Frazeologik polisememiya deganda frazemaning ozi ikki va undan ortiq lugaviy ma'no anglatishi tushuniladi. Ozaro shaklan oxshash erkin boglanmadan va frazemadan anglashiladigan ma'nolar bir nuqtaga birlashtirilib, polisememiya deb qaralmaydi, chunki bular har xil hodisalar: erkin boglanma - nutqiy birlik, frazema - lisoniy birlik. Erkin boglanma bilan frazemaning shaklan teng kelish hodisasi omonimiklik deyiladi ("Frazeologik omonimiya" bahsiga qarang).
3 §. Frazemaning lugaviy ma'nosi birdan ortiq bolsa, xuddi leksemalarda qilinganidek bosh ma'no va hosila ma'no belgilanadi. Masalan, jar sol frazemasi "jarchi vositasida eshittir " (Bu ma'no eski ma'noga aylangan), "keragidan ortiq darajada borttirib xabar tarqat " ma'nolarini anglatadi. Birinchisi - bosh ma'no, ikkinchisi - shundan osib chiqqan hosila ma'no.
Do'stlaringiz bilan baham: |