Fransiyada uyg‘onish davri adabiyoti. Angliya uyg‘onish davri adabiyoti Reja: Fransua Rable va uning«Gargantyua va Pantagryuel»


Fransua Mari Arue Volter (1694-1778)



Download 41,07 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2022
Hajmi41,07 Kb.
#438172
1   2   3
Bog'liq
Fransiya ma'ruza

Fransua Mari Arue Volter (1694-1778). Volterni fransuz ma'rifatchilari yetakchisi desa bo‘ladi. Parijda amaldor oilasida tug‘ilgan. Kollejda o‘qish paytida sheor yoza boshladi. Juda tez mashhur bo‘lib ketdi. Ammo amaldorlardan biri de Roganga yoqmaganligi uchun kaltaklanadi va Bastiliya qamoqxonasiga tashlanadi. 3 yil mobaynila Angliyada yashadi. Umrining so‘nggi yillarini Fransiya va Shvetsariya chegarasidagi Ferney degan joyda o‘tkazadi. «Ferney patriarxi»ni ziyorat qilish uchun juda ko‘plab kishilar kelib turardilar. 1778 yilda Parijda vafot etdi.
Volter badiiy so‘z ustasi. Barcha ma'rifatchilar singari inson ongiga, aql-zakovatiga san'at orqali ta'sir ko‘rsatishni bosh vazifa deb bildi.
O‘zi dinga qarshi bo‘lsada, amalda deist bo‘lib qoldi. (Xudo – itoat uchun). «Xudo bo‘lmaganda baribir uni o‘ylab topilgan bo‘lardi». Klassitsistlar estetikasiga qarshi chiqqan Volter Rasin va Kornelp ijodiga yuksak baho beradi. Shekspirni Fransiyadagi birinchi targ‘ibotchisiga aylanadi. «Shekspir buyuk daho, ammo u qo‘pol, dag‘al asrda yashadi va uning ppesalarida anna shu dag‘aliklar ta'sirini ko‘rish mumkin». Volter ijodi ko‘p qirrali bo‘lib, (epik, falsafiy dostonlik, odalar, satira, sheoriy novellalar) 52 ta pesa yozdi. ( 24 tasi tragediya).
1718- yilda birinchi tragediyasi «Edip»ni yozadi. Bundan tashqari yana 4 ta tragediyasida u antik davr mavzusiga murojaat qiladi va yana 5 tasida («Brut», «Sezarning o‘limi» va boshqalar) Rim tarixi syujetlariga murojaat qiladi. Volpter tragediya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. (tarbiyaviy ahamiyati). U ppesalarni ma'rifatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi qurol vazifasini o‘taydi.
«Edip»da u Sofoklga xos bo‘lgan taqdir oldida tiz cho‘kishini ko‘rmaymiz. Kohinlar xalqni soddaligidan foydalanuvchi yolg‘onchilar sifatida ko‘rsatiladi.
Agar Kornel ana shu mavzudagi pesasida «O‘z qiroli uchun jon bergan xalq baxtlidir» degan fikr ni ilgari surgan bo‘lsa, Volter – «o‘z yurti uchun jon berish – qirollar burchi» deydi. «Brut», «Zaira», «Muhammad» tragediyalari juda katta shuhrat qozongan. Qadimgi Rim tarixi. «Zaira» xristian qizi Zaira vaMisr sultoni Orosman o‘rtasidagi muhabbat . Nereston - Zairani akasi. Orosman Zairani rashk tufayli o‘ldiradi. Ikki xil g‘oya – gumanizm soflik va munofiqlik, bosqinchilik kurashi «Muhammad» tragediyasi. Muhammad obrazi Makka hukmdori Safir va uning bolalari Polpmira va Said, Napoleon bu ppesa haqida o‘z fikrlarini bildirgan. Volter «Genriada» epik dostoni haqida.
U o‘z ijodidagi shu turdagi yagona asarni yaratar ekan, o‘z oldiga ikki vazifani qo‘yadi: Fransiyaga milliy epos namunasini berish, (Vergiliy, Tasso singari) va shu bilan birga aql-idrokni, ideal hukmronni madh etish. Asarda olim ma'budlarni o‘rnini Nizo, fanatizm alvastisi singari figuralar egallagan. Dante qahramoni singari Genrix IV do‘zaxga va osmonu falakka - taqdirlar qasriga sayohat qildi.
«Orlean qizi» dostonida Janna. Janna D’ark nomi bilan bog‘liq cherkov safsatalarini fosh qiladi. Ruanda 1431-yil o‘tda yondirilgan qahramon qiz haqida. Falsafiy qissalarida Volter zulm, adolatsizlik, diniy jaholat, inson erki masalalariga to‘xtaldi.
«Kandid yoki optimizmi» (1758). Asar qahramoni Kandid sofdil, aqlli yigit. Uning ustozi faylasuf Panglos dunyodagi barcha narsalar ezgulikka olib boradi deb bilim beradi. Avvaliga bu falsafaga ishongan Kandid ongida (bir qancha davlatlar kezib chiqqandan so‘ng) Panglos falsafasiga ishonch yo‘qoladi. U har holda dunyoda qandaydir aqlga muvofiq keladigan narsa bo‘lishi kerak, deb o‘ylaydi. Qahramon yer yuzida shunday yerni - sarobni axtaradi. Shunday tuzum deb Volter Eldorado mamlakatini tasvirlaydi. Bu yurtda tillayu javohirlarning hisobi yo‘q Qirol olijanob, insonparvar. Sud qilish, jazolash kabi xodisalar yo‘q. Ammo Eldoradoga olib boradigan yo‘l tog‘lar, baland qoyalar bilan to‘silib yotadi. Amalda unga borish mumkin emas. Muallif asar oxirida qahramon mehnat qilish kerak, degan xulosaga keladi. “Mehnat bizni uch xil falokatdan: zerikish, nuqson va muhtojlikdan xalos qiladi”. XV-XVI asrlarda Yevropa mamlakatlarida o‘rta asr feodalizmidan kapitalizmga o‘tish davri bo‘ldi. Bu davr Uyg‘onish yoki Renessans nomini oldi. Shaharlarning rivojlanishi, manfaktura-larning paydo bo‘lishi, keng savdo munosabatlarini o‘rnatilishi natijasida o‘rta asr feodal tartiblari inqirozga uchradi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlarning ochilishi davri bo‘lib tarixga kirdi (Amerikaning ochilishi, Hindistonga savdo yo‘lining ochilishi). Bu davrda yangi milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Ilm-fan, sanoat, madaniyat, adabiyot beqiyos darajada rivojlandi. Aql-idrokka, o‘z kuchiga, yaxshilikka ishonch Uyg‘onish davri odamlariga xos fazilatdir. Angliyaning o‘sha davr falsafiy qarashlari Frensis Bekon taolimotida o‘z aksini topdi (F.Bekon ingliz materializmning otasi 1561-1625). Angliyada Uyg‘onish davri Italiya, Fransiya, Ispaniyadan kechroq boshlandi. XV-XVI asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko‘p feodal baronlar o‘zaro urushlarda halok bo‘ldilar. Tyudorlar sulosasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq hokimyat kuchaydi. Genrix VIII ning islohatlari natijasida ko‘plab monastirlar yo‘qotildi. Mamalakat Rim papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o‘zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uilpyam Tindal «Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha Yelizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyati tez suroatlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tormor qilgan Angliya uchun dengiz yo‘llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko‘plab dehqonlar o‘z yerlaridan mahrum bo‘ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi). Ilk ingliz Uyg‘onish davrining nomoyondasi Tomas Mor (1478-1535) edi. U Oksford universitetini tamomlab, o‘z davrining yirik siyosiy arbobi aylandi. (Genrix VII davrida lord kansler qirolning 1-vaziri bo‘ldi. Qirol maslahatchilariga qarshi chiqqanligi uchun Genrix VIII buyrug‘i bilan qatl etilgan). T.Morning eng mashxur kitobi - «Yangi Utopiya oroli haqida» asaridir. (1516 y). «Utopiya» («Yo‘q joy») da yozuvchi davridagi jamiyat haqida tanqidiy fikrlar bildirilgan. Asar nafaqat falsafiy, shuningdek badiiydir. Kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, 1-qismida muallif o‘ziga zamondosh bo‘lgan Angliyani tanqid qildi. 2-qismda esa Utopiya orolidagi tartiblar tasvirlanadi.
T.Mor birinchi bo‘lib jamiyatda xususiy muksiz yashash mumkin degan fikrni bildiradi. Utopiyada xususiy mulk bekor qilingan, xalqlar o‘rtasida diniy, irqiy, tenglik o‘rnatilgan. Aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf qilingan. Dehqonlar jamoa bo‘lib yashaydilar. Birgalikda mehnat qiladilar. (Isroilda hozir bunday jamoalar bor). Utopiyada oltinning qadri yo‘q. Lekin bu jamiyatda qullar bor.
T.Mordan keyin shunga o‘xshagan bir qator asarlar yaratildi. T.Komponellaning «Quyosh shahri», F.Bekonning «Yangi Atlantida», Garingtonning «Okean» E.Kabening « Ikariyaga sayohat» asarlari shular jumlasidandir.
Ingliz Renesansning ilk davrida sheoriyat yetakchi o‘rin egalladi. Birinchi ingliz gumanist shoirlari Uayet va Sarrilar arstokratlardan edilar. Qirol Genrix VIII davrida Uayet Tauer qamaldi. Sarri esa qatl etildi. Tomas Uaet (1503-1542) Italiyaga sayohat qilgan davrida Petrarka sheoriyatiga maftun bo‘ldi. Uning she’rlarini ona tiliga tarjima qildi. Keyinchalik o‘zi ham ingliz tilida sonetlar yozdi.
«Sevishganlarning qarama-qarshi tuyg‘ulari» sonetida lirik qahramon bir vaqtning o‘zida qo‘rquv va quvonch tuyg‘usini xis qiladi. Sevgi o‘zida hamma qarama-qarshiliklarni jam qilgan. U hayot va o‘lim, urish va tinchlik kabi muhimdir. «O‘zgaruvchan orzu» sonetining lirik qahramoni orzulari ro‘yobga chiqishini juda istaydi. Lekin taqdir u bilan og‘ir xazil qiladi. Natijada qahramonning orzulari orzuligicha qoladi.
Genri Govard Sarri (1517-1547) ham asosan sonet janrida ijod qildi. Petrarka sonetlardagi Laura Sarri syujetlarning qahramoni Jeralpdinining o‘ziga xos praobrazi bo‘lib xizmat qildi. Sonetlarning birida shoir Jeralpdini Florensiya qizi deb atasa ham, bu obrazda o‘sha davr ingliz aristokratlarini sezish mumkin.
«Vinzordagi tutqinlik» soneti Sarrining eng yaxshi sheorlaridan biri hisoblanadi. Shoir o‘z do‘sti Rigmandning o‘limidan chuqur qayg‘uga botib, beg‘ubor yoshlik yillarini eslaydi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq sheorni olib kirdi, « Eneida» ni ingliz tiliga tarjima qildi. Keyinroq Marlo va Shekspirlar ham o‘z tragediyalarida oq sheordan foydalandilar.
XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta shuhrat qozondi. Asr oxiriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr mavjud edi. Robert Grin (1550-1592) qissa va dramalar muallifi sifatida mashxur bo‘ldi. Uning qissalari novella va sheorlardan iborat edi.
Grinning 6 qissasi saqlanib qolingan. Uning «Aragon qiroli Alp fons» (1587) , «Qirol Yakov IV tarixi» (1598), «Vokfild dalasi qo‘riqchisi Jor Grix haqida maroqli komiediya» komediyalari alohida ajralib turadi. Grin bu asarlarida London jamiyatidagi kamchiliklar ustidan kuladi. Dramaturg asarlarida ingliz afsonalaridan unumli foydalanadi. Grin demokratizmi uning Veklid dala qo‘riqchisi Jorj Grik komediyasida o‘zining yaqqol ifodasini topgan. Komediya qahramoni Jorj oddiy xalq vakili bo‘lib, poetik buyoqlarda tasvirlangan. Qissada qo‘zg‘alon ko‘targan xalq orasida afsonaviy qahramon Robin Gud paydo bo‘ladi. Grin, o‘z mafaatlarini ko‘zlab isyon ko‘targan feodallarga qarshi kurashib, qahramonlik ko‘rsatadi. Ko‘rsatgan jasorati uchun qirol unga ritsarlik unvonini taqdim etmoqchi bo‘ladi, lekin Jorj undan voz kechadi. Kristofor Marlo (1564-1593). Marloning «Doktor Faustning fojiyaviy taqdiri» dramasi Iogan Shpis tomonidan chop etilgan xalq kitobidagi Faust haqidagi afsona asosida yaratilgan. Olim Iogann Faust zamonasidagi fanlar va diniy akidalardan qoniqmay, odamning paydo bo‘lishi haqida bilishni xoxlaydi va qudratga erishish yo‘llarini izlaydi. Buning uchun qora magiyaga murojaat qilishga tayyor bo‘ladi. Faust o‘z ruxini do‘zax xukmdorlari – Lyusifer, Velezuval va Mifestofelga sotadi. 24 yil davomida qudratli insonga aylanadi, va nihoyat azoblarga duchor bo‘ladi. Faust obrazida bilim kuchi, inson aql-zakovati ulug‘lanadi. K.Marlo biz uchun Amir Temur siymosini adabiyotga olib kirgan dastlabki G‘arb mualliflaridan biri ekanligi bilan qadrlidir. Uning «Sohibqiron Temur» asarida buyuk sarkarda hayoti tasvirlanadi

Download 41,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish