O’rta ta’lim
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta‘lim kollej va litseylarda amalga oshiriladi. Kollejda o‘qish majburiy ta‘lim bo‘lib, 4 yil davom etadi va 3ta siklga bo‘linadi.
1. Moslashuv sikliga 6-sinf kiradi. Bu sinfga boshlang‘ich sinf bitiruvchilari imtihonsiz qabul qilinadi.Bu sinfda o‘quvchilar chet tilini tanlaydilar, mustaqil o‘qishga o‘rganadilar.
2. Markaziy sikl.
Markaziy sikl 5-4-sinflarni o‘z ichiga oladi.Bu siklning maqsadi boshlang‘ich sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishdir.5-sinfda lotin tilini fakultativ fan sifatida o‘rgana boshlaydi, 4-sinfda ikkinchi chet tilini tanlaydi.
3. Kasbiy yo‘naltirish sikli
Bunga 3-sinf kiradi.Umumiy ta‘lim, texnik yoki kasbiy yo‘nalishni tanlashga tayyorlaydi. Qadim yunon tilini o‘rganadi.Bu sikl oxirida o‘quvchilar milliy imtihon topshiradi va kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guvohnoma oladilar. 3-sinfoxiridao‘quvchilarumumiyyokitexnologiklitseyning 2-sinfigaqabulqilin yoxud kasbiy litseylarga hujjat topshiradilar.
1.3.O’rta va oliy ta`lim. Sirtqi ta`lim va kadrlar bilan ta`minlanish.
Sirtqi ta’lim xususiy ѐki davlat ta’lim shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufayli maktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallangan. Sirtqi ta’lim katta ѐshlilar uchun uzluksiz ta’limning muhim shoxobchasi bo‘lib qolgan.
Ular o‘z ixtiѐrlari bilan, o‘z mablag‘lariga ѐki korxonalar mablag‘i hisobiga o‘qiydilar. Fransiyada sirtqi ta’lim 1 mln kishini qamrab olishi mumkin.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiѐtini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi, o‘qish yakunlangach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar.
Oliy maktablar fransuz ta‘lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. U davlat tizimidagi oliy universitet ta‘limiga zid hisoblanadi va xalqaro miqyosda qiyosiy tasnifga kirmaydi. Fransiyada oliy maktabda o‘qish universitetda o‘qishdan ortiq hisoblanadi.Universitetlarga imtihonsiz qabul qilinadi.Oliy maktabga esa katta konkurs asosida murakkab kirish imtihonlarini topshirish zarurdir.
Oliy maktablarga kirish qanchalik qiyin bo‘lsa, kasbiy istiqbollar shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta‘minlash kafolatlanadi, eng zo‘r ishchi o‘rinlarga joylashadi.
Sorbonna ─ Fransiyaning eng qadimgi va mashhur universiteti.
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap tomonida joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi:
1. Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda huquq, iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika, informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi.
2. Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga yaqin talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili, ispanshunoslik, sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil oladilar.
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/
Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri.Unga 1621 yil asos solingan.Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng universitet Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan. 1970 yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan:
1. L.Paster nomidagi Strasburg universiteti ─ o‘z ichiga tibbiy, aniq va tabiiy, yer haqidagi ta‘limot fakultetlarini, matematika
bo‘limini, fizika institutini, Yer fizikasi, kimyo, fiziologiya va bioximiya, botanika, zoologiya, umumiy biologiya, geologiya, geofizika fakultetlarini va 2 ta kollejni oladi.
2007 yil 15 yanvar kuni Universitetga 1847 talaba qabul qilindi.Shulardan 3000 tasi chet ellikdir.
2. Mark Blox nomidagi 2 ─ Strasburg Universiteti ─ 10 ta fakultetni o‘z ichiga qamrab olgan. Bular: san‘at, tarixiy fanlar, gumanitar fanlar, filologiya, lingvistika, falsafa, ijtimoiy fanlar, sport ta‘limi, katolik va pravoslav teologiyasi. Bu yerda 13000 ga yaqin student o‘qib, 25 % i ajnabiylardir.
3. Robert Shuman nomidagi 3 ─ Strasburg Universiteti ─ 160 ta mutaxassislik bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. 10000 ta‘lim oluvchilar bo‘lib, 1500 chet el talabalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |