Fransiya maktabgacha ta’lim tizimi. Buyuk britaniya maktabgacha ta’lim tizimi. Reja: Kirish I bob. Fransiya maktabgacha ta’lim tizimi


I BOB. FRANSIYA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI



Download 40,8 Kb.
bet2/8
Sana01.11.2022
Hajmi40,8 Kb.
#859240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FRANSIYA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI BUYUK BRITANIYA MAKTABGACHA TA’LIM

I BOB. FRANSIYA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI
1.1.Fransiyada ta`lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinaѐtgan «Ta’lim haqidagi qonun»i 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki tashqi siѐsatidagi islohotlar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or texnologiyalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayѐrlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda davlat maktablari, xususiy maktablar, oraliq maktablar mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiѐti, o‘qish va ѐzuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalab bo‘ladi, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan qo‘shimcha saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiѐti bazaviy fan, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya kabi fanlar esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayѐr holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 ѐsh), o‘rta guruh (4-5 ѐsh), katta guruh (5-6 ѐsh). Maktabga tayѐrlov guruhi (5-6 ѐsh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu ѐshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayѐrlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 ѐshdan 11 ѐshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, ѐzish hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish 5 yil bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. CHuqurlashtirilgan bosqich.
Tayѐrlov bosqichi - 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish va ѐzishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.
Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo‘lib bu bosqichda o‘qish 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayѐrlov siklida predmetlar bo‘yicha olingan bilimlari yanada takomillashtiriladi.
Boshlang‘ich maktabning 3 - bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayѐrlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich bosqichida «Fuqarolik ta’limi», «Nafosat ta’limi» ham o‘qitiladi. Nafosat ta’limiga musiqa, tasviriy san’at, sport kiritilgan. O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, ularni rag‘batlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘ѐbga chiqarish, ta’limda uzluksiz va vorislikni ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘yilgan bosh talabdir.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la mas’ul ekan uning uslub tanlashiga mustaqil harakat qilishiga ham to‘la erkinliklar beriladi. 1990 yildagi hukumat qaroriga muvofiq maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga u ѐki bu fanga moyilligiga qarab differensiyalashtirish, ya’ni tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berildi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin.
O‘quvchilar 11 ѐshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda bo‘lib, birinchi bosqichda fransuz tili va adabiѐti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tibbiy fanlar o‘rgatiladi.
6-5-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi; 4-3-sinflarda esa o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar.
SHundan keyin o‘quvchilar 15 ѐshdan 18 ѐshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2- sinf kichik, 1- sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ishi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan ѐshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat maishiy xizmat ko‘rsatish informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliѐtini ham ko‘zda tutadi.
Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi. Poytaxti – Parij. Hududi– 551000kv.km.Aholisi – 61024316.Davlat tili – fransuz.Dini – katolik (90%).Pul birligi – evro. Fransiyada savodxonlik darajasi: umumiy savodxonlik – 99%. Erkaklar – 99%.Ayollar – 99%. Ta‘lim tizimiga jalb etilganlar: Umumiy soni – 15 mln. Shundan: Boshlang‘ich ta‘lim – 6-7mln. O‘rta ta‘lim – 4,8-5 mln. Oliy va undan keyingi ta‘lim – 2,5-3 mln.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari:
• Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh
• Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh
• O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh
• Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim.
Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega.2004 yil 15 martda yangi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kiribkelishi, o‘quv predmetlaridagi integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingiqismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln.kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir.Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi.

Download 40,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish