Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi


Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari



Download 35,7 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2022
Hajmi35,7 Kb.
#343903
1   2   3   4
Bog'liq
Fransiya

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Fransiya dunyoning yuqori taraqqiy etgan sanoat, katta qishloq xo’jaligi resurslariga ega bo‘lgan mamlakatlaridan biridir. Sanoatning asosiy tarmoqlari (YIMning 1/4 qismi): mashinasozlik, kimyo, avtomobil, samolyotsozlik, elektronika, metallurgiya, tog‘-kon, to’qimachilik, oziq-ovqat. Unumdor yerlarning katta maydonlari, zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishi, hukumat subsidiyalari Fransiyani G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yetakchi davlatga aylantirdi. Mamlakat iqtisodida tobora xizmat ko’rsatish sohasining salmog’i ortmoqda. 2012-yil YIM miqdori 2064,5 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 33,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya.



   Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 34568 km (11674 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari — 1551400 km (803000 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari — 15000 km. Asosiy portlari: Bordo, Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan.

  Tarixi. М. a. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi. Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987-yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi keladi. G’arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podsho hokimiyatining cheklanishiga (1789-yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi. 1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799-yili Napoleon Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o’rnatdi va 1804-yilda o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik urushlari natijasida Fran­siya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi. 1812-yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan tugadi. 1814-yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815-yilda Napo­leon qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo magMubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo’ldan boy berdi. Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob burjua monarxiyasining o’rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848-yilgi inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852-yili monarxiyani qayta tikladi. 1853- 1856-yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi. 1871-yil-Parij Kommunasining tuzilishi va halokati. Ill Respublika Konstitutsiyasi 1875-yilda qabul qilindi. 1914-1918-yillarda Fransiya I Jahon urushida ishtirok etdi va g‘alaba qozondi. Uning natijalariga ko’ra, Versal shartnomasi bo‘yicha Elzas va Lotaringiyani o‘ziga qaytarib oldi. Shuningdek, Saar viloyati, Togo va Kamerun ham Fransiyaga o‘tdi. I Jahon urushi davrida Fransiya nemis qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi: mamlakat 2 qismga bo’lindi (bosib olingan hududlar va Muxtor Fransiya davlati). 1944-yili Normandiyaga ittifoqchi qo’shinlar tushirildi va Fransiya ozod qilindi. 1946-yili IV Res­publika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fransiya 1949-yili NATOga a’zo bo‘lib kirdi. 1945- 1954-yillarda Vyetnamdagi mustamlaka urushlari natijasida Fransiya Hindixitoyni boy berdi. 1957-yilda mamlakat YI a’zosi bo’ldi. 1958-yilda ijroiya hukumat huquqlarini kengaytirgan yangi Konstitutsiya (V Respublika) qabul qilindi. 1960-yili Fransiyada mustamlaka tizimining parchalanish jarayoni boshlandi. 1962-yili Jazoir mustaqillikka erishdi. 1966-yili Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi. Fransiya 1970-1990-yillarda Yevropa integratsiyasining faol tarafdori bo‘lib keldi. 2005-yilda kelib chiqishi Osiyo va Afrikadan bo‘lgan muhojirlarning morozilik chiqishlari qator tartibsizliklarni keltirib chiqardi. 2007-yil may oyidagi prezidentlik saylovlarida N. Sarkozi g’olib chiqdi.

  Fransiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatildi va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik samarali tus oldi.
Download 35,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish